Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


-chizma.Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o‘rni



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

6-chizma.Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o‘rni 
Ammo biroq ulgurji turoperator va chakana turagentlik funksiyalarini 
hamma vaqt ham aniq chegaralab bo‘lmaydi, negaki unisi ham, bunisi ham ulgurji, 
ham chakana operatsiyalarni bajarishi mumkin. Turoperatorlar ko‘pincha o‘z 
turlarini chakana sotish uchun xususiy agentliklar tashkil qiladilar. 
Turagentlik katta talab mavjud chog‘ida o‘z navbatida uncha katta 
bo‘lmagan ulgurji operatsiyalarni zimmasiga olishi mumkin. 
 
Tayanch so‘z va iboralar

tur, xalqaro tur, qabul qilish bo‘yicha turoperator, 
yo‘nalish bo‘yicha turoperator, agent bitimi, turlar narxi, turistik agentliklar ish 
texnologiyasi, turistik firma.
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1. Xalqaro turlarni tashkil etishning xususiyatlari nimadan iborat. 
2. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari nimalardan iborat. 
3. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli qanday. 
4. Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o‘rni qanday amalga oshadi. 
XI.Mavzu.Turoperatorlik xizmatlarida turistlar xavfsizligini ta’minlash 
Reja: 
11.1.Turistlar xavfsizligini va ularni himoya qilishni qonun yo‘li bilan ta’minlash. 
11.2.Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari. 
11.3.Xavfsizlik sohasidagi ayrim turistik tushunchalarni standartlashtirish. 
11.4.O‘zbekiston Respublikasining turizm xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari.
 
 
11.1.Turistlar xavfsizligini va ularni himoya qilishni qonun yo‘li bilan 
ta’minlash. 
O‘z-o‘zidan ayonki, turizm samarali faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi 
uchun milliy va xalqaro sayohatchilar va dam oluvchilarning hamda ularga tegishli 
mol-mulkning xavfsizligini, shuningdek turistik faoliyat ob’ektlarining xavfsizligini 
ta’minlash va ularni himoya qilish zarur. Xo‘sh, bunga qanday erishish mumkin? 
Jahon turistik tashkiloti ekspertlari buning quyidagi yo‘llarini taklif etadilar: 

sayohatchilar va dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash qoidalarini 
ishlab chiqish va amalga joriy etish; 

jamoatchilikka axborot berish;

shu jumladan favqulodda vaziyatlarda turistlarning xavfsizligi bilan bog‘liq 
muammolarni hal qilishning institutsiyaviy negizini vujudga keltirish; 

ikki tomonlama, mintaqaviy, submintaqaviy, mintaqalararo miqyosda va 
jahon miqyosida xalqaro hamkorlik. 
Ayni vaqtda, turistlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek turistik 
ahamiyatga molik joylarda xizmat ko‘rsatish sifatining yuqori darajada bo‘lishiga 
erishishni boshqa ijtimoiy yoki milliy manfaatlardan, xususan, qabul qiluvchi 
mamlakat hamda butun atrof muhit manfaatlaridan ajratish mumkin emas. O‘z-
o‘zidan ayonki, turizm hamda turistlarni himoya qilish sohasida xavfsizlik 
qoidalarini ishlab chiqish va amalga joriy etishda tashrif buyuruvchilar bilan qabul 


517
qiluvchilar manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash zarur. Gap shundaki, turizm 
mamlakatga fohishabozlik, qulfurushlik, kontrabanda, madaniy konfrontatsiya 
singari salbiy hodisalarni ham olib kirishi mumkin. qolaversa, o‘zi tashrif buyurgan 
mamlakatda jinoiy unsurlarga to‘qnash kelgan, tibbiy yordam olish, davlat 
organlarining himoyasiga umid qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan turist og‘ir 
ahvolda qolishi mumkin.
Ekspertlar qayd etishicha, turistlarning xavfsizligini ta’minlash va turizm 
sohasida himoya turistik ahamiyatga molik mamlakatda yoki joyda ko‘plab qoida 
va qarorlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular nafaqat turistik faoliyat ma’muriyati 
tomonidan, balki turli iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarda, xususan: 

sog‘liqni saqlash; 

jamoat tartibi (politsiya, bojxona, chegara xizmati); 

moliya (soliq xizmati, banklar); 

savdo va maishiy xizmat; 

transport; 

energetika, kommunikatsiyalar; 

atrof muhitni muhofaza qilish; 

aholini ish bilan ta’minlash va hududni rivojlantirish sohalarida faoliyat 
ko‘rsatuvchi boshqa bir qancha ma’muriy organlar tomonidan ham 
bajarilishi lozim.
Mazkur jarayonda xususiy sektorning ishtirok etishi ham muhim ahamiyatga 
ega. Zotan, dunyo bo‘yicha tashkil etiladigan barcha safarlar va tashriflarning 
kamida 7
/
10 qismi xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, alohida ehtiyot 
choralari bu miqyosda ham ko‘rilishi lozim. Turistik firmalar o‘zlari tashkil etuvchi 
turlarda sayohatchilarning xavfsizligini ta’minlash talablarini bajarishdan bo‘yin 
tovlamasliklari kerak. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi
qonuni 10-moddasiga binoan, «turistik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi 
lozim. 
Turistik 
faoliyat 
sub’ektining 
turistik 
xizmatlarni 
majburiy 
sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishning 
natijasi salbiy bo‘lishi, shuningdek sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistik 
faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib 
qo‘yishga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‘ladi». Ya’ni har qanday 
turning barcha xavfsizlik parametrlari tekshirib ko‘rilishi kerak, aks holda u turistik 
bozorda amalga oshirilish mumkin emas. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, 
turistlar to‘qnash keladigan har xil muammolar ko‘pincha ular sayohatning 
muayyan shart-sharoitlari, xususan, mamlakat, yashash, ovqatlanish xususiyatlari, 
chet 
elliklarga 
mahalliy 
aholining 
munosabati 
haqida 
oldindan 
ogohlantirilmaganligi bilan bog‘liq. Vaholanki, turist sayohatga taalluqli to‘liq va 
ishonchli axborot olish, shaxsiy xavfsizlik, o‘z huquqlarining himoya qilinishi, 
shuningdek o‘z mol-mulkining asralishi huquqiga ega (14-modda). Boz ustiga, 
qonunning 17-moddasiga muvofiq, turistik firma «turistlarga turni tashkil qilish
ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi shart».
Shunga qaramay, mavjud qonunlar va qarorlarga amal qilmaslik, shuningdek 
ularning nomukammalligi turistik faoliyat sohasida jiddiy muammolarni yuzaga 
keltirmoqdaki, ularni hal qilish uchun turizm masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
shaxslar turizmda xavfsizlik masalasiga global miqyosda va surunkali asosda katta 
mas’uliyat bilan, faol yondashishlari talab etiladi. Ayrim tadqiqotlarga qaraganda, 
turistlarning xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar har 10 holatdan 4 tasida 


518
xavfsizlik uchun mas’ul organlar o‘z vazifalarini bajarmasligi oqibatida kelib 
chiqadi. Yuqorida zikr etilgan qonunning 15-moddasiga binoan, turist bojxona va 
chegara nazorati qoidalariga, borilgan mamlakatning qonun hujjatlari talablariga 
rioya etishi shart. Agar u mazkur qoidalarni buzgudek bo‘lsa, o‘z shaxsiy 
xavfsizligini xavf ostida qoldiradi. Boshqa tomondan, qonunning 18-moddasiga 
muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi hududida turistlarning xavfsizligi davlat 
tomonidan kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda 
xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar 
bo‘yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash mintaqaviy 
dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar». Bu mazkur 
muammoga davlat alohida ahamiyat berishini ko‘rsatadi.
Turistlarni terroristik aktlardan va umuman jinoiy qilmishlardan himoya 
qilishga, shuningdek turistlarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, 
ularning sog‘lig‘ini saqlash va atrof muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor 
berish lozim. 
O‘z-o‘zidan ayonki, turistlarning hamda turistik ob’ektlarning xavfsizligini 
ta’minlash va ularni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari hamisha jinoyatchilik 
va zo‘rlik ishlatishni bartaraf etishga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va 
saqlashga (ayniqsa, turistik faoliyat hududida) yo‘naltirilgan boshqa barcha qonun 
hujjatlariga bog‘lab ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi lozim. Masalan, O‘zbekistonda 
turizm bilan bog‘liq faoliyat nafaqat turizm to‘g‘risidagi qonun bilan, balki alohida 
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘rmon, korxonalar, tashqi iqtisodiy faoliyat, 
reklama, ommaviy axborot vositalari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risidagi qonunlar, muayyan xizmatlarga belgilangan davlat standartlari, 
shuningdek Jinoyat, Soliq, Bojxona kodekslari bilan ham tartibga solinadi. Ayrim 
baholashlarga qaraganda, O‘zbekistonda turizm faoliyati sohasida ellikka yaqin 
yuridik hujjatlar, shu jumladan qonunlar va hukumat qarorlari amal qiladi.
Bundan tashqari, Jahon turistik tashkiloti o‘z hujjatlarida boshqa 
mamlakatlarga turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish 
sohasidagi milliy siyosatning tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, turistik faoliyat 
hududida, masalan, epidemiyalar, terroristik aktlarni amalga oshirish xavfi, 
shuningdek sayohatchilar va ularning mol-mulkiga qarshi jiddiy va ko‘p sonli 
jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish 
masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus organ tuzishni tavsiya etadi. Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Turizmni 
rivojlantirish 
idoralararo 
kengashi 
O‘zbekistondagi mana shunday tashkilot hisoblanadi. Mazkur Kengash tarkibiga 
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi (milliy turistik ma’muriyat huquqida), Ichki 
ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, 
Davlat Soliq qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning vakillari 
kiradi.
Bundan tashqari, turistlar to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-
xatarlar (kasallik, o‘g‘rilik, repatriatsiya)dan ularni sug‘urtalashni ta’minlash, 
xususan, bu sohadagi kelishuvlarni, ayniqsa, sug‘urta kompaniyalari, barcha turistik 
korxonalar va boshqa manfaatdor tomonlar (aholi, hokimiyat organlari) o‘rtasidagi 
kelishuvlarni rag‘batlantirish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‘rish lozim.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish