Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

 
11.2.Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari. 


519
Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro 
tajriba Jahon turistik tashkiloti (JTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib 
boriladi. Turizm Hartiyasida va Turist kodeksida (JTT Bosh assambleyasining VI 
sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) 
sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili JTT 
Ijroiya Kengashi qoshida sayohatlarning xavfsizligi uchun javob beruvchi Turistik 
xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Shu yili JTT 
«Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya 
qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda 
JTT tashabbusi bilan Esterund (Shvesiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar 
chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da 
turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik 
xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat 
davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Fuqaro aviatsiyasi 
xalqaro tashkiloti (ISKAO), Atrof muhit bo‘yicha BMT dasturi (YUNEP), Jinoyat 
politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol), BMT Bolalar fondi (YUNISEF), Iqtisodiy 
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), Jahon savdo tashkiloti singari xalqaro 
va nohukumat tashkilotlari turizm masalalari bilan bevosita yoki bilvosita 
shug‘ullanadi. Ko‘pgina iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, jumladan, Jahon banki, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar ham turizm muammolari bilan 
shug‘ullanadi.
Turizmni rivojlantirishning davlat normativ-huquqiy hujjatlari bilan bevosita 
yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan ayrim funksional jihatlari 5-jadvalda keltirilgan. 
Darvoqe, turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish sohasida o‘z 
siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun JTT davlatlarga o‘z siyosiy va 
ma’muriy tizimlari doirasida, bir tomondan, barcha miqyoslardagi vakolatli 
departamentlar bilan hamda, ikkinchi tomondan, mehmonxona egalarining 
tashkilotlari, turistik agentliklar, aviakompaniyalar va turizmda xavfsizlik bilan 
bog‘liq masalalarni hal qilishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tashkilotlar va organlar 
bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishni tavsiya etadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va 
organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida 
ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti 
yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish 
tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar 
ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar. O‘zR «Turizm 
to‘g‘risida»gi qonunining 18-moddasiga muvofiq, «turistik faoliyat sub’ektlari 
turistlarning xavfsizligini ta’minlash, ular jarohatlanganda, kasallanganda va 
boshqa hollarda tibbiy va o‘zga xil yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-
tadbirlar ishlab chiqadilar». Xullas, turistik firmalar marshrutlarning xavfsizligini 
qonun tartibida tekshirishlari shart.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish