Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


 Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari. 
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi - aniq bir mehmonxona va nomerlarning 
xizmat ko‘rsatish kriteriylari va standartlariga mos kelishini aniqlashdir. Har bir 
davlatda qabul qilingan klassifikatsiya standartlarning sifat parametri hisoblanadi 
va bu uning nufuziga, shakllanishiga, mijozlariga, xizmatlar narxiga ta’sir qiladi. 
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi xalqaro va milliy darajalarda, shuningdek, 
mehmonxonalar zanjiri, uyushmalari, ittifoqlari darajasida tartibga solib turiladi. 
Hozirda 30 dan ortiq klassifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ulardan nisbatan keng 
tarqalganlari quyidagilar: 
-yulduzlar tizimi (1dan 5gacha); 
-harflar tizimi(A,V,S,D); 
- "tojlar" yoki kalitlar tizimi; 
- ball tizimi; 
- razryadlar tizimi va boshqalar; 
Dunyoda yagona tizimning yuzaga kelishi uchun davlatlarning milliy 
an’analari, madaniy-tarixiy farqlar, sifat kriteriylari to‘siq bo‘ladi. Hozirda 
O‘zbekistonda mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimi 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan 
standart joriy qilingan. 
Har bir yulduz kategoriyasi quyidagilar bo‘yicha ma’lum standartlar 
talablariga javob berishi lozim: 
- binolar, inshootlar; 


477
- mehmonxona nomerlari; 
- hayot xavfsizligini ta’minlash tizimi; 
- qulaylik darajasi; 
- asosiy, qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar; 
- personallar malakasi va boshqalar. 
 
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy 
belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy 
xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) 
va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab 
qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari 
mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va 
maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu 
klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel 
kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir 
mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer 
fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy 
assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis 
madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar 
tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida 
erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat 
ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga 
imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq 
miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi 
sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi. 
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi 
butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida 
bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispaniyada 
mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti 
bo‘lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy 
harakterga ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib 
olinadi. Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va 
ittifoqlar o‘z klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu 
jumladan, yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), harflar tizimi (A-V-S-O), «toj» yoki 
«kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, 
balki xizmat ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning 
tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan 
uzviy bog‘liqdir. 
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 
70-90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab 
va servis darajasini belgilaydilar. 
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, 
boshqa binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi 
uchun jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga 
qo‘yilganiga qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. 
Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham 
universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona 
kategoriyalari belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi 
alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: 


478
yulduzsiz, birdan to‘rt yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa 
besh razryadga ega bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir. 
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning 
ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar 
klassifikatsiyasi harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi 
tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari 
xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya’ni ular 
apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan 
birga va boshqalar. 
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) 
klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq 
bo‘ylarida joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil 
daraxtlarga burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi 
otellarga tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi. 
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish 
(«shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, 
shuningdek samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va 
uncha qimmat bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan 
uyg‘unlashib ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. 
Shuningdek boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol 
sayyohlar uchun yanada jozibador qiladi. 
Mulkchilikka munosabat o‘zgarishi kondominium tizimida o‘z aksini 
topgan. Ya’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng 
tarqalgan va mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish