Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


 Xizmat ko‘rsatish sifati va uni boshqarish yo‘llari



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

5.4. Xizmat ko‘rsatish sifati va uni boshqarish yo‘llari. 
Zamonaviy turizm faoliyatini tashkil etuvchilaridan biri turistik xizmat 
ko‘rsatish sifatini tartibga solishdir. 


472
Mahsulot sifati - iste’molchilarning ma’lum istaklarini qondirishni 
ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir. 
Xizmatlar sifati - iste’molchilarning taxmin etiladigan yoki belgilangan 
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini aniqlaydigan xizmatlar tasniflarining majmuidir. 
Turistik xizmat ko‘rsatish sifati - dam olish va sayohat qilish chog‘ida 
turistlarning istak va ehtiyojlarini qondirish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlar va 
tadbirlar majmuidir. 
Turistik xizmat ko‘rsatishning kompleks harakteri turoperator ishining 
yagona sifat ko‘rsatkichini ishlab chiqishda qiyinchilik tug‘diradi. Turistlarga 
xizmat ko‘rsatish sifatini tushunishda turoperator ishi sifatini aniqlashning ikki xil 
yondashuvi: agentlik va iste’molchi yondashuvi mavjud. 
Bu muammoni agentlik yondashuvi natijasi «Turizm: praktika, problemi, 
perspektivi» (1998 g.№4) jurnalida chop etilgan, BANKO axborot xizmati 
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz. 
Turoperator ishi sifati ko‘rsatikichlari: 
1. Turagentlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlik; 
2. O‘zoq muddat mobaynida faoliyatning barqarorligi; 
3.Turistik xizmatlar sifati va narxlarining optimal munosabati; 
4. Personal professionalizmi, hamkorlarga individual yondashuv; 
5.Foydali narx siyosati (past narxlar, yuqori komissionlar, bonuslar tizimi, 
ovozlar miqdori); 
6. Taklif etilayotgan turistik xizmatlarning yuqori sifati; 
7.Axborot ochiqliligi, reklama tadbirlarining o‘ylanganligi, kataloglarning 
yuqori sifati; 
8. Ish va shaxsiy darajalarda xayrixohlik; 
9. Takliflar va qo‘shimcha turistik xizmatlarning keng ko‘lami; 
10. Xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha doimiy ishlash; 
11.Ofisning qulay joyda joylashganligi va shinamligi; 
12. Firma rahbariyati bilan ishonchli va do‘stona munosabat. 
Sifatni aniqlashning iste’molchi yondashuvi turistlarga xizmat ko‘rsatish 
sifati tushunchasini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan. 
Turistik xizmat ko‘rsatish nafaqat kompleksliligi, nomoddiyligi, his qilib 
bo‘lmaslik, tashish va saqlashga noqobilligi, shuningdek, ma’lum ijrochiga 
bog‘liqligi kabi maxsus omillar bilan ham harakterlanadi. Texnik 
nazorat 
mavjud va iste’molga yaroqsiz mahsulotni aniqlash va qayta ishlashga yuborish 
mumkin bo‘lgan sanoatdan farqli ravishda turistik xizmatlar qanday sifatda ishlab 
chiqarilsa, shunday qabul qilinadi va bu sifatga moddiy baza, resurslar, 
texnologiyalar, infrastruktura va boshqalar kabi ko‘pgina bevosita va bilvosita 
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Turmahsulot sifatini iste’molchi baholaganda ishonchlilik, 
xavfsizlik, axborot ishonarliligi, ruhiy qulaylik kabi xususiyatlar ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Turistik xizmat ko‘rsatish sayohatda, ovqatlantirishda, sport va ko‘ngil 
ochish tadbirlarida turli ehtiyojlarning butun kompleksini qondirishi lozim. 
Dasturiy turlar davomida davolanish, ish uchrashuvlari, safarlar kabi maxsus 
ehtiyojlar ham ko‘zda tutiladi.Xizmat ko‘rsatish sifatiga yuqorida sanalgan 
omillardan tashqari taklif etiladigan xizmatlar ko‘lami ham ta’sar qiladi. O‘z-
o‘zidan xizmatlar ko‘lami sifatni ta’minlamaydi. Bunda xizmatlar va mahsulotlar 
kompleksliligi, ularning ma’lum iste’molchiga yo‘naltirilganligi, shuningdek, 


473
xizmat ko‘rsatish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar o‘z vaqtida yetkazilishi 
zarur. 
Turizm resurs sifatida tabiiy-iqlimiy, madaniy-tarixiy va qabul qilinishi 
jarayonida odamlarga estetik, hissiy, ruhiy tomondan ta’sir qila bilishi lozim. 
Psixologik omillarning ta’sir qilishi sifatni baholashga subektiv yondashuv 
elementlarini kiritishi bilan «xizmat ko‘rsatish sifati» tushunchasi mohiyatini 
kengaytiradi va qiyinlashtiradi. 
Sifat kriteriylari turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli faoliyatlarni 
tasvirlaydigan ko‘rsatkichlar tizimi orqali izohlanadi va bu ko‘rsatkichlar 
yordamida turizm industriyasining turli korxonalari faoliyatini solishtirishimiz 
mumkin. 
Mehmonxona uchun bunday ko‘rsatkichlar - turistlarni joylashtirish tezligi, 
nomerlarning xizmat ko‘rsatish klassiga mos kelishi, barcha mehmonxona 
xizmatlarining aniq ishlashi, jamoat joylari hamda nomerlar tozaligi, qo‘shimcha 
xizmatlar eng asosiysi, turistlar tomonidan noroziliklarning yo‘qligi kabilar bo‘lishi 
mumkin. 
Ekskursion xizmat ko‘rsatishda sifatning asosiy ko‘rsatkichlari -bilish, 
ma’lumotlarning to‘liq va ishonchliligi, estetika, yo‘nalish optimalligi, nutq 
madaniyati va ekskursovod malakasi bo‘lishi mumkin.Turizmda tur sifatini 
xizmatlar tarkibi, darajasi, dasturi va animatsion yondashuv, gid malakasi 
belgilaydi. 
Turoperator faoliyatining ahamiyatli jihati shundaki, iste’molchiga tur 
sotilganidan keyin turist bilan munosabat tugamaydi. Yo‘nalishda turistlar oldindan 
puli to‘langan xizmatlarni oladilar. Turoperatorlar ko‘zlanayotgan xizmat ko‘rsatish 
darajasiga mos ravishda tur narxini aniqlar ekanlar, aynan o‘sha xizmatlar 
(boshqalarini emas) ko‘rsatilishini kafolatlash shart. 
Xalqaro turizm bozori allaqachon talabning darajalanganini tan oladi. Boylar 
uchun qimmat xizmatlar ko‘rsatadigan turlar; boy bo‘lmaganlar uchun - iqtisodiy 
turlar; buvilar, bobolar va ularning nabiralari uchun sayohatlar; o‘smirlar uchun 
avtobus sayohatlari; faqat ayollar uchun yaxta va sollarda sayohatlar; 
chekmaydiganlar uchun toza havoga safarlar; erkaklar uchun ov, baliq ovi va 
boshqalar. Maxsuslashtirilgan turlarni tashkil etish yo‘nalish va xizmatlarining 
tematik mosligi va xizmat ko‘rsatish dasturining optimalligini chuqur ishlab 
chiqishi lozim 
Turistlarga xizmat ko‘rsatishda turistlar bilan ishlaydigan gid malakasi katta 
ahamiyatga ega, chunki aynan shu odam o‘zining shaxsiy ishtiroki bilan xizmat 
ko‘rsatish sifatiga javob beradi. Gid yuqori malakadan tashqari, xizmat ko‘rsatish 
dasturi va u yoki bu xizmatlar turi o‘zgarishi ehtimollari bo‘yicha to‘la 
ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish