421
16.2.Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan
shartnoma tuzish.
Xalqaro mehmonxona xizmatlari bilan turoperatorlar va turagentlar
o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan bitim va hujjatlar bizga ma’lum va
keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ulardan bittasi - 1970 yilda Xalqaro
mehmonxonalar uyushmasi va Turistik agentliklar uyushmalarining
Butunjahon Federatsiyasi rahbarligida
ishlab chiqilgan mehmonxona
konvensiyasidir. Konvensiya shartnoma tuzadigan tomonlar majburiyatlarini,
uning amal qilish sohalarini, mehmonxona shartnomalari turlarini, ularni
tuzishning alohida va umumiy qoidalarini, komissionlar darajasi va to‘lovlar
tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish shartlarini aniqlaydi. 1979
yil Mehmonxona konvensiyasiga qator o‘zgarishlar kiritildi va u "Xalqaro
mehmonxona konvensiyasi"
nomini oladi, 1993 yildan boshlab
mehmonxonalar va turagentliklar munosabatlari kodeksiga aylandi va
mehmonxona shartnomalarini tuzishda foydalanilmoqda.
Istalgan variantda ham quyidagi shartlarni ko‘zda tutish (kelishib
olish) kerak:
•
nomerlar narxi va bron qilish;
•
nomerlar turlari va ularning zarur miqdori;
•
xizmat ko‘rsatish (mavsum) davomiyligi;
•
bo‘sh davrlar;
•
turistlarning ketish grafiklari;
•
bir marta xizmat ko‘rsatish davomiyligi va muddatlari;
•
ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami;
•
ovqatlantirishni tashkil qilish shakli va miqdorini mehmonxona
restoranida ovqatlantirish variantlari;
•
turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatish vaqti;
•
dam olishda maxsus qulayliklar (masalan,
nogironlar, faxriylar uchun
vah.k.);
•
personallar gapirishi kerak bo‘lgan tillar;
•
turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish);
•
jarima sanksiyalarini e’lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish
muddatlari;
•
bekor qilish o‘lchami va muddatlari bo‘yicha jarima sanksiyalari;
•
ko‘p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar;
•
miqdor jihatdan kam kelish,
kelishlarning uzilishi, mehmonlarni
joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar;
•
boshqa spesifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan
foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo‘q, basseynning ish vaqti
va boshqalar).
Bundan tashqari, xizmatlar yetkazib
beruvchi hamkor berayotgan
kafolatlarga ham e’tibor berish lozim. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan
422
munosabatlarda (shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi
haqidagi shartni (narxlarni faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish
mumkin) ko‘rib chiqish kerak va bu shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab
chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: