547
To‘g‘ri marketing yordamida ommaviy taqsimot tizimini iqtisodiyligiga
erishish uchun ko‘pgina turxizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga boshqa firmalar
xizmatini sotishda vositachi bo‘lishi zarur. Masalan, shaxsiy marshrutlari soni 1-2
ta dan oshmaydigan ko‘pgina turoperator firmalar “Narus Viaggi” (Italiya),
“Pactour”, “Frektravel” (Turkiya), Italiya va Turkiyaga turlarni sotish bo‘yicha
barcha davlat o‘z vakilligini ochish tajribasizligi sabablidir. Ularni boshqa
turoperatorlarni turxizmatlari bilan birga sotishga to‘g‘ri kelardi, oxir oqibatda
turagentliklar tarmog‘ini egasiga aylanib qolishi mumkin. Ularga distribyuterlarni
keng tarmog‘i orqali ishlash yanada osonroqdir.
Lekin hatto turoperator taqsimotni shaxsiy kanallarini tashkil etish
imkoniyatiga ega bo‘lgan taqdirda ham, ko‘pgna hollarda agar o‘zining asosiy
biznesiga kapital qo‘yilmalarni oshirsa u ko‘proq foyda olib ishlaydi.
Vositachilardan foydalanish asosan turxizmatlarni keng ochiq yo‘lini
ta’minlashda va ularni maqsadli bozorgacha yetkazishdek kattagina samaradorligi
bilan izohlanadi. Turagentliklarda turoperatorlarga nisbatan ko‘proq tajribga,
aloqaga, faoliyat imkoniyatlarga egadir.
Ammo, turfirma sotishni qanday tizimidan foydalanishdan qat’iy nazar u
taqsimotga sarflanadigan harajatlarni pasaytirishga intiladi. Yangi texnologiya va
yangi quvvatli kompyuterlar yordamida ba’zi turfirmalar taqsimot tizimiga sarf-
harajatlarni optimallashtirishga erishdilar
Kompyuterlardan tashqari, taqsimot ayrim hollarda samarali tartibga
solishga, ishlab chiqarish yoki marketingga tortiladi. Taqsimotni samaradorlik
darajasini nazorat qilish va o‘lchash juda mushkul. ayniqsa bunga ba’zi marketing
qarorlari ta’sir ko‘rsatadi: mijozlarga xizmat ko‘rsatish siyosatida ba’zi uncha katta
bo‘lmagan o‘zgarishlar taqsimotdagi sarf-harajatlarni anchagina oshiradi; ularni
rag‘batlantirish natijasi hisoblangan sotishni maksimallashtirish taqsimot sohasidagi
xizmatchilarni qo‘shimcha shtatiga sarflanadigan moddiy harajatlarga olib kelishi
mumkin; sotish pul aylanmasini oshirish qarori yana taqsimotdagi harajatlarni
oshiruvchi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harajatlar va aylanma fondlar darajasini
iqtisodiy jihatdan foyda olmaslikka olib kelishi mumkin.
Bunday xolatda shunday savol tug‘iladi: taqsimot ustidan va unga
sarflanadigan harajatlarni kamaytirish ustidan samarali nazoartni amalga oshirish
uchun turfirmalarni a’lo darajadagi boshqaruv apparatorlari nima qilmoqdalar?
Do'stlaringiz bilan baham: