Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


Turizmda o‘ziga xos xavf-xatar omillari



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

Turizmda o‘ziga xos xavf-xatar omillari: 

turistik korxona yoki marshrut joylashgan hududda tabiiy va texnogen 
ofatlar ro‘y berishi, shuningdek favqulodda holatlar (shu jumladan 
turistlarga xizmat ko‘rsatiluvchi hududda jamoat tartibining holati bilan 
bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlar) yuzaga kelishi mumkinligi; 

foydalanilayotgan moddiy-texnik baza ob’ektlari (turistik mehmonxonalar, 
bazalar, kempinglar, arqon yo‘llari va ko‘targichlar, turistik trassalar, har 
xil transport vositalari va h.k.)ning texnik holati; 


524

joyning murakkab relefi (daryo ostonalari, tog‘ yonbag‘irlari, trassalarning 
qoyali, muzli uchastkalari va h.k.); 

xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (instruktorlar, ekskursiyachilar va h.k.)ning 
kasbiy tayyorgarligi darajasi; 

ma’lum turga va murakkablik toifasiga mansub marshrut bo‘ylab 
harakatlanishga turistlarni tayyorlash (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, jihozlash va 
h.k.); 

axborot bilan ta’minlash (gidrometeorologik prognozlar, turistik 
marshrutlar trassalarini tamg‘alash) bilan bog‘liq. 
Turistik korxona turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ 
hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lishi va o‘z faoliyatida ularga amal qilishi lozim. Bu 
unga turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ko‘pgina jiddiy muammolarni hal 
qilish imkonini beradi.
Turistik mehmonxonalar, bazalar va kempinglarda yashash xavfsizligi


turistlarga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini loyihalash va qurish chog‘ida 
qurilish normalari va qoidalarining talablariga; 

binolar, inshootlar va qurilmalardan texnik foydalanish xavfsizligining 
normativ hujjatlar bilan belgilangan talablariga rioya etish; 

amaldagi normativlarga muvofiq texnik jihozlash; 

turistlarning shaxsiy xavfsizligini va ularning mol-mulki asralishini 
kafolatlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, turistlarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida, 
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, transportda tashish va tayyorlash bo‘yicha 
normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etilishi lozim. Ayrim 
ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha barcha turistlarning o‘rta hisobda 3% ga 
yaqini oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida sayohatni davom ettirishdan voz 
kechishga majbur bo‘ladi.
Ekskursiya, safarlar va sayohatlar vaqtida turistlarni transportda tashish 
muayyan transport turlarida (avtomobil, temir yo‘l, havo, suv va boshqa transport 
vositalarida) yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga 
oshiriladi. Dunyo miqyosida transportda qayd etiladigan baxtsiz hodisalarning o‘ttiz 
mingtadan ortig‘i chet ellik turistlar ob’ektdan ob’ektga ketayotgan paytda sodir 
bo‘ladi. Bunday hodisalar jumlasiga aviahalokatlar, temir yo‘l transportining 
ag‘darilishi, avtohalokatlar (ular ayniqsa ko‘p uchraydi) kiradi.
Turistlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan turistik anjomlar amaldagi 
normativ hujjatlarning talablariga javob berishi kerak. Eskirgan anjomlardan 
foydalanish turistlarning shikastlanishiga, ba’zan hatto o‘limiga ham sabab bo‘ladi.
Har bir turistik korxonada favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, yong‘inlar va 
h.k.) vaqtida xodimlarning harakatlari rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 
bo‘lishi shart. Mazkur rejalarda qutqarish ishlarida qatnashuvchi mahalliy 
boshqaruv organlari bilan o‘zaro aloqa tartibi nazarda tutiladi. Turistik korxona 
rahbari favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilishga xodimlarning tayyorligi 
uchun javobgar bo‘ladi. Shu bois turistik firma Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha 
vazirlik bo‘limlari, qutqarish va tibbiyot xizmatlari, huquqiy targ‘ibot organlari 
bilan muntazam aloqa qilib turishi kerak.
Bundan tashqari, turistik korxonalar har bir muayyan xizmatning xavf-xatarli 
jihatlari va ularning oldini olish choralari bilan turistlarni tanishtirishlari shart. 
Turistlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun zarur axborot ularga oldindan, 


525
dam olish boshlangunga qadar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida berilishi lozim. 
Turistik trassadagi tabiiy qiyinchiliklarni, turistning zarur jismoniy tayyorgarligi 
darajasini, shaxsiy anjomlarning xususiyatlarini tavsiflovchi ma’lumotlar reklama-
axborot materiallarida hamda turistik yo‘llanmaga ilova qilingan axborot 
varag‘ining matnida ifodalangan bo‘lishi kerak.
Turistik xizmatlarga qo‘yilgan talablarning bajarilishi ustidan nazorat davlat 
boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amaldagi normativ 
hujjatlarga muvofiq, ko‘pincha turli usullardan foydalanish, xususan: 

vizual nazorat usulidan foydalanish (ob’ektni – uning intereri, uskunalari, 
anjomlari va shu kabilarni ko‘zdan kechirish) orqali; 

analitik nazorat usulidan foydalanish (hujjatlarni – brakeraj daftarlari, 
xodimlarning sanitariya daftarchalari va boshqa hujjatlarni tahlildan 
o‘tkazish) orqali; 

tibbiy nazorat usulidan foydalanish (xodimlarni tibbik ko‘rikdan o‘tkazish, 
sanitariya-epidemiologiya analizlari o‘tkazish) orqali; 

instrumental nazorat usulidan foydalanish (suvning, havoning sifatini 
aniqlash, uskunalarning texnik holati va ish rejimini tekshirish) orqali; 

sotsiologik nazorat usulidan foydalanish (turistlar va xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish) orqali amalga oshiriladi.
Nazorat mavsum boshida, turistik korxona va trassaning foydalanishga 
tayyorligini tekshirish chog‘ida, shuningdek joriy tekshiruvlar jarayonida amalga 
oshiriladi. Turistlar xavfsizligini ta’minlashning joriy tekshiruvlari binolar, 
inshootlar, transport vositalari, uskunalar, asbob-anjomlarni texnik ko‘rikdan 
(sinovdan) o‘tkazish, ovqat tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va 
transportda tashish shart-sharoitlari va muddatlarini tekshirish, safarga chiqishga 
turistlarning tayyorligini tekshirish rejalari va grafiklariga muvofiq o‘tkaziladi.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish