Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

5-
jadval
Turistlar xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional 
normativ-huquqiy jihatlari 


520
Turistlarga 
qanday 
huquqlar berilishi lozim 
Qanday chora-tadbirlar 
ko‘rilishi kerak 
Davlat sektori hamda 
xususiy 
sektor 
nima 
qilishi kerak 
Turistning shaxsiga yoki 
mol-mulkiga jiddiy tajovuz 
qilinishi munosabati bilan 
eng tez aloqa vositalari 
yordamida o‘z oilasiga 
xabar berish 
Turist kelgan mamlakatda 
uning shaxsiga yoki mol-
mulkiga jinoiy tajovuz 
qilinishi munosabati bilan 
uning hayotini va mol-
mulkini 
saqlab 
qolish 
maqsadida 
uni 
o‘z 
mamlakatiga 
tez 
repatriatsiya qilish 
Turistlarning xavfsizligini 
ta’minlash 
va 
ularni 
himoya qilish masalalari 
bo‘yicha 
xabardorlik 
darajasini oshirish uchun 
turizm 
xodimlari 
va 
jamoatchilik 
orasida 
axborot tarqatish 
Milliy ijtimoiy sug‘urta 
tizimi doirasida tez va 
muvofiq tibbiy yordam 
olish 
O‘g‘irlangan 
va 
keyinchalik topilgan mol-
mulkni 
turist 
kelgan 
mamlakatga qaytarish 
Turistlarning xavfsizligini 
ta’minlash 
va 
ularni 
himoya 
qilish 
uchun 
bevosita yoki bilvosita 
javobgar bo‘lgan turli kasb 
egalarini 
tayyorlashni 
barcha zarur vositalar bilan 
rag‘batlantirish 
Chet ellikdan garov puli 
kiritishni talab qilmasdan, 
turistga tajovuz qilgan 
shaxslarga qarshi milliy 
sudda 
sud 
ishi, 
shu 
jumladan 
jinoyat 
ishi 
ochish 
hamda 
yuridik 
yordam olish 
Turistlarga yoki mahalliy 
aholiga 
qarshi 
bunday 
harakatlarga boshqa yo‘l 
qo‘ymaslik uchun ishni 
sudda ko‘rish 
Turistlar hayoti va mol-
mulkini qo‘riqlash chora-
tadbirlari 
va 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqish, salbiy oqibatlarga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 
sayohat 
paytida 
sodir 
bo‘luvchi 
barcha 
jarayonlarni tartibga solish 
Bundan tashqari, turistik ahamiyatga molik infratuzilma ob’ektlari mavsum 
paytida o‘qtin-o‘qtin yuzaga keladigan turistlarning katta-katta oqimlarini atrof 
muhitga va umumiy ovqatlanish sohasidagi sanitariya holatiga salbiy ta’sirlarsiz 
qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishini ta’minlashni qonun yo‘li bilan tartibga solish 
chora-tadbirlari ham ko‘rilishi lozim. Sog‘liqni saqlash chora-tadbirlarini ko‘rish 
lozim deb topilgan hollarda turistlarga ularning salbiy ta’sirini mumkin qadar 
cheklash ham muhim ahamiyatga ega.
Ba’zan turistlar ekspluatatsiya, zo‘rlik ishlatish ob’ektlariga aylanadilar. Bu 
munosabat bilan mazkur jinoiy xatti-harakatlarning tashkilotchilariga nisbatan 
qattiq choralar ko‘rish zarur, aks holda mamlakat turistik safarga chiqish tavsiya 
etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Boshqa tomondan, 
shunday salbiy hodisalar ham uchrab turadiki, ba’zan turistik firmalar ma’lum 
shaxslarni fohishaxonalarda ishlash, norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish 
uchun chet elga turist sifatida maxsus yuboradilar. Vaholanki, mazkur sohalar 
ko‘pincha uyushgan jinoyatchilik ta’siri ostida bo‘ladi.
Turistlar bilan jismoniy (yoki yuridik) shaxslar o‘rtasida yuzaga keluvchi 
bahslarni suddan tashqarida tez hal qilish uchun JTT ekspertlari tegishli organ, 
masalan, umumiy yoki maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan Iste’molchilarning 


521
huquqlarini himoya qilish jamiyati yoki shikoyatlar bo‘yicha vositachi organ 
tuzishni tavsiya etadilar. Turistlar ularga murojaat etib, yuzaga kelgan 
muammolarni hal qilishlari mumkin, chunki bu ularning huquqiy manfaatlari, shu 
jumladan xavfsizlik sohasidagi manfaatlari bilan bog‘liq.
Turistlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlatlararo hamkorlik ham, 
ayniqsa, tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, yirik avariyalar va epidemiyalar sodir 
bo‘lgan hollarda, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Boz ustiga, turistlar hayoti 
yoki mol-mulkiga jiddiy tajovuz qilingan, ayniqsa, ular terroristik aktlar natijasida 
jabr ko‘rgan hollarda qabul qiluvchi mamlakat zudlik bilan turistlar kelgan 
mamlakatga (agar imkoniyat bo‘lsa, diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari 
orqali) jabr ko‘rgan shaxslarning sog‘lig‘i hamda yuqorida zikr etilgan hodisaning 
tafsilotlari to‘g‘risida barcha zarur axborotni taqdim etishi shart.
Turizm bo‘yicha 1989 yil Gaaga Deklaratsiyasining 8-tamoyilida shunday 
deyiladi: «Turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish, 
shuningdek ularning qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zarur 
shartidir». Bu munosabat bilan ekspertlar quyidagilarni taklif qiladilar:

turistik safarlar, sayohatlar va tashriflarni soddalashtirish chora-tadbirlarini 
turistlarning hamda turistik ob’ektlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni 
himoya qilish chora-tadbirlari bilan birga amalga oshirish; 

bu maqsadda turistlarning hamda turistik ob’ektlarning xavfsizligini 
ta’minlash va ularni himoya qilishga yo‘naltirilgan samarali siyosatni 
ishlab chiqish; 

turistlar foydalanganligi uchun alohida e’tibor berishni taqozo etuvchi 
turistik tovarlar, ob’ektlar va asbob-uskunalarni aniq belgilash; 

tegishli hujjatlar va axborotni tayyorlash hamda turistik ob’ektlarga xavf-
xatar tahdid solgan hollarda mazkur hujjatlar va axborotdan 
foydalanilishini ta’minlash; 

har bir mamlakatning qonunchilik tizimiga xos tartib-taomillarga muvofiq, 
turistlarni himoya qilish sohasidagi yuridik qoidalarni bajarish; 

turistlarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish masalalarini 
tartibga soluvchi chora-tadbirlar dasturlarini tuzishda davlatlar JTT 
doirasida hamkorlik qilishlariga erishish.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish