56-rasm. DT-75 traktorining gusenisa zvenosi.
1-tayanch katoklarini yo’lchalari, 2-qirralar, 3-prujina, 4-plita, 5-barmoq,
6- tishlar, 7- cheklagich.
O’rtadagi proushina 3 yulduzcha tishi bilan tishlashgani uchun qalinroq qilib yasalgan. Traktorni ishlash, ayniqsa, burilish paytida gusenisa zvenosi yo’ naltiruvchi gildirak, tayanch katogi va ushlab turuvchi g’ ildirakdan chiqib ketmasligi uchun unda yo’ naltiruvchi qirralar 2 mavjud.
Gusenisa zvenosining mustaxkamligini ta’minlash, uni tuproq bilan ilashish va yonga siljib ketishini oldini olish maqsadida tashqi yuzasida tishlar yasalgan. Ichki tomonida esa tayanch katoklari uchun yo’lchalar 1 mavjud. Gusenisa zvenolari bir-biri bilan yuqori uglerodli po’latdan yasalgan barmoqlar 5 yordamida sharnirli biriktirilgan. Barmoqdarni tushib qolmasligi cheklagich 7 orqali amalga oshiriladi.
57-rasmda T- 4A traktorini gusenisa zvenosi ko’rsatilgan. Bu gusenisa zvenolari xam DT-75 traktoriniki singari 42 tadan iborat bo’lib, ettita proushina, ulardan o’rtadagisi qalinroq qilib yasalgan.
57-rasm. T-4A traktorining gusenisa zvenosi.
1 -gusenisa zvenosi, 2-barmoq„ 3-parchin, 4-shayba, 5-bolt, 6-gayka.
U gusenisa zvenosi 1, barmoq, 2, parchin 3, shayba 4, bolt 5 va gayka 6 lardan iborat. Bu erda barmoqni chiqib ketmasligi parchin yordamida amalga oshirilgan. Gusenisa zvenosini tashqi yuzasida tuproq bilan ilashish xosil qilish uchun tishlar, ichkarisida esa tayanch katoklari uchun yo’lchalar mavjud.
Tayanch katoklari. Tayanch katoklari orqali traktorning ostovi xarakatga keladi va ular orqali traktorning og’irligi gusenisa zanjiriga, so’ng tuproqqa o’tkazilib, ilashish kuchi xosil qilinadi.
Tayanch katoklarini ishlash sharoiti nixoyatda og’ir xisoblanadi. Chunki, ular notekisliklardan o’tayotgan paytda traktor og’ irligini ko’p qismini qabul qiladi, burilish paytida u yondan ta’sir etuvchi kuch ostida bo’ladi, baxor va kuz paytlarida yomgir, loy va qor ta’siri ostida ishlaydi. Shuning uchun ularni ishlash muddatini oshirish masalasi muxim xisoblanadi.
Tayanch katoklarini ishlash sharoitidan kelib chiqqan xolda ularga quyidagi talablar qo’yiladi:
Tayanch katoklari qanchalik uzoq ishlamasin, ularni podshipniklarini ximoyasi ishonchli bo’lishi;
Traktorni xarakatiga bo’lgan qarshiligi minimal miqdorda bo’lishi;
Tayyorlash narxi past, tuzilishi sodda va ishlash muddati uzoq bo’lishi.
Tayanch katoklarini o’qlari xarakatlanuvchi va xarakatlanmaydigan, bir g’ildirakli va ikki g’ildirakli xillari mavjud. Traktorlarda asosan ikki g’ildirakli tayanch katoklari qo’llanilmoqda. Tayanch katoklarini tashqi sirtiga xar xil zarblarni so’ ndirish maqsadida rezinadan gardish o’rnatilishi mumkin. Asosan, tayanch katoklari yaxlit, quyma xolda tayyorlanadi.
T-4A traktorini xar bir gusenisa zanjiriga oltita, DT-75 traktorida esa to’rtta tayanch katogi joylashtirilgan.
58-rasmda DT-75 va T-4A traktorlari tayanch katoklarini tuzilishi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |