14 Uydan olib kelmish bor kiyimlarimni yetti qabat kiyib olaman. Telpagim quloqlarini tushirib
olaman. Iyagimdan aylantirib, boylab olaman.
Yo‘qlamani ana shunday shaylanib qarab o‘tiraman!
Nihoyat, direktorimiz keladi. Yo‘qlama boshlaydi. Oz teruvchilar otini aytadi.
Oz teruvchilar devor qoralab saf bo‘ladi.
Direktorimiz oz teruvchilar birovini lab-lunjidan cho‘zadi. Birovini telpagi bilan betiga uradi.
Birovini peshonasidan ketiga itarib tashlaydi.
Direktorimiz men bilan betma-bet bo‘ladi.
— Ey! — deya iyagimdan ko‘taradi. — Joning bormi o‘zi?! E, o‘l-e, odam bo‘lganing bilan-e!