Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
Odam degan o‘n kiloyam paxta teradimi-a? O‘n kilo-ya?! 
Men, direktorimiz meni kamsitayapti, deb bilaman. Men, direktorimiz bugungi muvaffaqiyatimni 
ko‘rib-ko‘rmaslikka olayapti, deb bilaman. 
Boisi — bugun o‘n bir kilo tergan bo‘laman, o‘n bir kilo! 
Shu bois, o‘zimni-o‘zim oqlayman: 
— O‘n bir kilo... — deya ming‘illayman. Direktorimchz og‘iz to‘ldirib-og‘iz to‘ldirib uv-uvlaydi. 
— U-u-u, o‘n bir kilo! — deydi. — O‘n bir kilo-ya, u-u-u! Buncha paxtani qanday qilib terding-e? 
Qoyil-e! 
Muallimlarimiz piq-piq kuladi. 
— Sichqon bir kunda iniga yiqqan paxta o‘n bir kilo bo‘ladi! — baqiradi direktor. — Jasadingni 
qara! Jasadingdan eshak hurkadi! O‘l-e, shu kuningga-e! Menga qara, qachon normani bajarasan?! 
Ayt, qachon, qachon, qachon!.. 
G‘o‘zapoya yelkalarim oralab-oralab tushadi. Zarbli-zarbli tushadi. Tars-tars tushadi. 
Ikkita ko‘k ko‘sak yelkalarimdan oyoqlarimga uchib tushadi. 
Ust-boshim yetti qabatligadan ko‘k ko‘sak tayoq o‘tmaydi. 
Ko‘k ko‘sak tayoq endi qo‘llarim oralab-qo‘llarim oralab tushadi. 
Tayoq o‘tadi — ana shunda o‘tadi! 
— Enajon, o‘ldim-e, enajon-e!.. — deya zor-zor yig‘layman. 
— Bajaraman de, bajaraman de!.. 
— Bajaraman, jon domla, bajaraman! Direktorimiz bir oppoq tolani boshi uzra ko‘z-ko‘z etadi» 
— Ana, ko‘rayapsanmi, ana! — deydi. — Paxta sirtidan ana shunday oppoq bo‘ladi! 
Direktorimiz tolani chigitlaydi. Ichidan chigitini oladi. 
Direktorimiz qop-qora chigitni ko‘z-ko‘z etadi. 
— Paxta aslida mana bunday ichi qora bo‘ladi! — deydi. — Paxta — ichi qora mato! Paxta 
odamzotni indamay boplaydi! U dunyo-yu, bu dunyo o‘ngarilmas qiladi! Byuroda o‘rtoq Mavlonov 
ana shunday dedi! 
Direktorimiz yoqamdan changallaydi. Yerdan dast ko‘tarib oladi. Tag‘in yer tashlaydi. 
— Paxta sen mafkurasi buzuqni ko‘zingni o‘yib oladi! — deydi. — Bilasanmi, sen kimsan? Sen — 
bosmachisan, bosmachi! 
Men chinqirib-chinqirib yig‘lab qo‘ya beraman. Men yer tepib-er tepib yig‘lab qo‘ya beraman. 
Men jon-jahdim bilan direktorimizni tizzasiga yopishaman. 
Men direktorimiz tizzasinn tatalab-tatalab tashlayman. Men direktorimiz tizzasini tishlab-tishlab 
tashlayman. 
Muallimlarimiz oracha etadi. 
— Ana, ko‘ryapsizlarmi, o‘rtoqlar? — deydi direktorimiz. — Qazisan, qartasan, axir naslingga 
tortasan! Buning otasi Aqrab bosmachi edi! Sovet tuzumi dushmani paxta terarmidi! 
15 
Alp-alp odimlab boraman. «Qo‘lingni ko‘tar, bosmachi!» Miltiq o‘qtalib-o‘qtalib boraman. 
«Qimirlama, bosmachi!» 
Miltiq tepkasini sharaq-shuruqlatib boraman. «Otaman, bosmachi, otaman!» 
Bir qo‘l yelkamdan ushlayda. Betlarimga shapatilaydi. 
— Ko‘zingni och, Jamoliddinov, ko‘zingni och! — deydi. 
Ana shunda o‘zimga kelaman. 
Tun qora bo‘ladi. 
Yo‘l chapi paxtazor bo‘ladi, yo‘l o‘ngi yotoq bo‘ladi. 
Men yo‘l o‘rtasida bo‘laman. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish