Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
135
— Senlarda-ya? Hali ko‘ramiz! Qani, ichkari boshla! 
Avtomatchilar yelkamdan turtib-turtib ichkari haydadi. 
To‘pponchalik to‘pponchasi bilan derazamizni zir-zir urdi. 
Ichkari chiroq yondi. 
Onamiz uy o‘rtasida serrayib turdi. 
Bolalar uyg‘onib qoldi. 
Bolalar onamiz oyoqlariga osildi. Bolalar uyqusirab-uyqusirab yig‘ladi. Bolalar ko‘zlarini nim 
ochim-nim ochib yig‘ladi. 
Onamiz bir menga olazarak boqdi, bir avtomatchilarga olazarak boqdi. 
Bir avtomatchi avtomati qo‘ndog‘i bilan onamizni turtib yubordi. 
Onamiz ketilab tisarildi-tisarildi — burchak suyanib qoldi. 
Bolalar onamiz girdida g‘uj-g‘uj bo‘lib oldi. 
Avtomatchilar avtomat qo‘ndog‘i bilan sandiq usti bo‘g‘jomalarni ag‘darib-ag‘darib tashladi. 
Avtomatchilar sandiq qulf-zulflaryni sug‘urib-sug‘urib tashladi. 
Bir sandiqda ayolimiz rahmatlikdan qolmish kiyim-kechak taxloqlik bo‘ldi. 
Avtomatchilar ayolimiz rahmatlikdan qolmish kiyim-kechaklarni avtomat uchi bilan ildirib-ildirib 
otdi. 
Avtomatchilar ayolimiz rahmatlikdan qolmish kiyim-kechaklarni avtomat uchi bilan silkib-silkib 
otdi. 
Avtomatchilar ayolimiz rahmatlikdan qolmish kiyim-kechaklarni avtomat uchi bilan qoqib-qoqib 
otdi. 
Avtomatchilar ayolimiz lozimini otmadi — meni bag‘rimni otdi! 
Bag‘rim bir o‘pirilib tushdi! 
Shunda... ayolimiz lozimi ulog‘idan chiroq ilashib qoldi. Ayolimiz lozimi ulog‘idan chiroq yopinib 
qoldi. 
Ana shunda uy-ich nimqorong‘i bo‘ldi. 
To‘pponchalik lozimni olib tashlamoq bo‘lib qo‘l uzatdi. Tag‘in, birdan qo‘l tortdi. 
— T-fu!.. — deya lozim tupurdi. 
To‘pponchalik ayolimiz lozimilab tupurmadi — meni betimlab tupurdi! Bag‘rim ikki o‘pirilib 
tushdi! 
To‘pponchalik ayolimiz lozimini to‘pponcha uchi bilan olar bo‘ldi. Bir to‘pponcha qaradi, bir 
lozim qaradi. 
To‘pponchasini lozim tekkizishdan hazarlandi! 
To‘pponcha bilan onamizga ishora berdi. 
— Manaviningni olib tashla! — dedi. 
Onamiz hadaha lozim oldi. Lozim qo‘ltiqlab burchakladi. 
— Iloyim, shu qilg‘ilig‘ing o‘zingga ursin, o‘zingga bo‘lmasa, bolangga ursin! — deya ming‘-
ming‘ qarg‘adi. 
Avtomatchilar sandiqlarni ag‘darib-ag‘darib qaradi. Gilam ostilarini bosib-bosib qaradi. Deraza 
tokchalarini taq-taq urib qaradi. Devorlarni chertib-chertib qaradi. 
Uy-ich itirqin-itirqin bo‘ldi! 
Avtomatchilar devor bosh-adog‘ qosovsimon apparat yugurtirib-yugurtirib ko‘rdi. 
Avtomatchilar oshxona titdi. Avtomatchilar omborxona titdi. 
Avtomatchilar molxona titdi. 
Uy-tash itirqin-itirqin bo‘ldi! 
— Oltinlaring qaerda? — dedi to‘pponchalik. 
— Oltin? Qanday oltin? 
— Apparatimiz yonib ko‘rsatmayapti. Yaxshilikcha, o‘zing ayt! Bo‘l-bo‘l! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish