18 Og‘ilxona oldida kaftimni peshonam soyabonlab kun qaradim.
Shunda, oshxona derazasidan bir nima lip etib tushdi.
Y
O
,
qog‘oz, yo, latta uchib tushdi, deya o‘yladim.
Lip etib tushmish nima cholib ketdi.
Mushuk bo‘lsa kerak-ov deya, tikilib-tikilib qaradim: Nodir o‘g‘limiz pirillab chopib borayapti.
Bildim— oshxonadan bir nima olib qochdi.
— O‘-o‘-o‘, qayt! — deya baqirdim.
Nodir o‘g‘limiz qaytmadi. Quyunday-quyunday chopdi.
Men izidan quvib ketdim.
Bola bola-da — darrov holdan toyib qoldi.
Men yetib olib yelkasidan ushladim.
O‘g‘limiz yelkasini silkib olib chopaman deya, beti bilan yiqilib tushdi. Tuproqda yuztuban yotib