Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
119
Yer o‘z dardini aytayin dedi — yerda til bo‘lmadi. 
15 
Bozorni yaxshi ko‘raman! 
Noz-ne’matlar tovlana-tovlana turadi. Shirin-shakarlar bollana-bollana turadi. Achchiq-chuchuklar 
bo‘ylana-bo‘ylana turadi. 
Noz-ne’matlardan ko‘zim to‘yadi. Shirin-shakarlardan ko‘nglim to‘yadi. 
Bozorda yeganim oldimda bo‘ladi, yemaganim ketimda bo‘ladi! 
Men bozorda behishtda yurmishday-behishtda yurmishday bo‘laman. 
Men olmasam-da — narx-navoni so‘rab-surishtiraman. 
Men yemasam-da— qirmizi olmani kaftimda salmoqlab-salmoqlab ko‘raman. Iskab-iskab 
ko‘raman. 
Qirmizi olmadan kaftlarim rohatlanadi. Qirmizi olmadan dimog‘larim huzurlanadi. 
Men dunyoda borligimdan shukurlanaman! 
16
Ammo... bozorda bir ayb bo‘ldi. 
Bozor aybi... narx-navosi yomon bo‘ldi! O‘-o‘-o‘, yomon-yomon bo‘ldi! 
Bobotog‘ pistasi o‘n besh so‘m bo‘ldi. Vaxshivor yong‘og‘i to‘qqiz so‘m bo‘ldi. Dashnobod anori 
besh so‘m bo‘ldi. 
Toshdan qimmat-toshdan qimmat narx-navo bo‘ldi! 
Nima bo‘lsa bo‘ldi — baridan bir kilodan oldim. 
Ikki dona anor bir kilo keldi. 
Men anor salmoqlab-anor salmoqlab o‘yladim: dasturxonga ikkitagina anor qo‘ysa bo‘lmaydi. 
Katta mehmonlar nozikta’b bo‘ladi. O‘l-e, bor-yo‘g‘i ikkita anor qo‘yibdi-e, deydi. 
Shu bois, tag‘in bir kilo anor oldim. Jami to‘rtta katta-katta anor bo‘ldi. 
Dasturxonda to‘rt burch bo‘ladi. Ana shu to‘rt burchiga bittadan to‘rtta anor qo‘yaman. 
Dasturxonim binoyiday-binoyiday dasturxon bo‘ladi! 
Men anor pulini sanadim. Ich-ichimdan qirindi o‘tdi. Barmoqlarim qalt-qalt etdi. 
Bir pul qaradim, bir anor qaradim — to‘rtovgina anor uchun o‘n so‘m to‘lagim kelmadi. 
Qo‘llarim qalt-qaltini bilintirmayin deya, anor pulini qo‘shqo‘llab ushladim. Anorchiga 
qo‘shqo‘llab uzatdim. 
Ammo anorchi bildi — miyig‘ida kuldi. 
— Dashnobodi anor, pulingiz o‘zingiz bilan ketadi, — dedi. 
— Yaxshi anorlikka yaxshi anor... 
Men bir anor bir mehnat kuniga tushayapti-da, degim keldi — deyolmadim. Anorchini oldida past 
ketgim kelmadi. 
— Dashnobodi anorligi uchun oldim-da, — dedim. Anorchi qo‘lini ko‘ksi qo‘ydi. 
— Qulluq, osh bo‘lsin! — dedi. 
Anorga meni og‘zim tegarmidi? Tekkan bilan anor osh bo‘larmidi?.. 
Shunda, qishloqdoshimiz Qayum qorovul kelib qoldi. 
— Qani, Dehqonqul, bozorlabsan-da? — dedi. 
— Ha, tirikchilik. 
Qayum qorovul bir to‘rxalta bozorligimga ser soldi. Xiyol ko‘z olaytdi. Bir menga qaradi, bir 
bozorligimga qaradi. 
— Tinchlikmi, Dehqonqul? — dedi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish