Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
73
Men bir amallab Ziyodni onasini eshakka mindiraman. Men bir amallab eshak no‘xtasidan 
yetaklab olaman. 
Ziyodni onasi paxtazorga boqib-boqib yig‘laydi: 
— Voy bolam-ay, paxtaga yo‘liqqan bolam-ay!..
Ziyodni onasi paxtazorga aytib-aytib yig‘laydi: 
— Voy bolam-ay, paxta urib ketgan bolam-ay!.. 
TO‘RTINCHI BOB 
 

Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda! 
O‘ynab qo‘yay! Maqoldan-da o‘ynab qo‘yay, shu maqolni aytmish eldan-da o‘ynab qo‘yay! 
Men dalalarimga temirtish soldim. Dalalarimni qirq santim o‘yib haydadim. 
Qirq santimdan chuquri havo ko‘rmagan yer bo‘ladi. Suv ko‘rmagan yer bo‘ladi. O‘lik yer bo‘ladi! 
Yer chuqur haydalsa — ana shu o‘lik yer yuzalab-yuzalab qoladi. 
O‘lik yerda chigit qiyg‘os unmaydi. O‘lik yerda g‘o‘za o‘z vaqtida yetilmaydi. O‘lik yerda paxta 
hayallaydi. 
Men temirtish bilan dalalarimni yonboshlab-yonboshlab haydadim. Men temirtish bilan dalalarimni 
palaxsalab-palaxsalab haydadim. 
Dalalarim osti ustun bo‘ldi, dalalarim usti ostin bo‘ldi. 
Dalalarimda ko‘rsichqonlar o‘rmalab chopdi. Dalalarimda ko‘rsichqonlar yo‘rg‘alab chopdi. 
Ha, o‘ynab qo‘yay, bidir-bidir yo‘rg‘alashlaringdan, o‘ynab qo‘yay, dedim. 
Ko‘rsichqon yer kovlay beradi, yer kovlay beradi — dalalarimni muloyimlayda-da. Ko‘rsichqon 
bir yer osti, bir yer usti bo‘ylab bidirlay beradi-bidirlay beradi — yer osti havo yo‘llarini ochadi-da. 
Ko‘rsichqon yer ostini shamollatib-shamollatib turadi-da. 
Shu boisdan ko‘rsichqon bor dala semiz-semiz keladi. Ko‘rsichqoni bor dala unumli-unumli keladi. 
Dalalarim g‘imir-g‘imir chuvalchang bo‘ldi. 
Men tag‘in-da xushvaqt bo‘ldim — chuvalchang bor dala dalamisan-dala bo‘ladi. Chuvalchang bor 
dala dalalar gultoji bo‘ladi. Chuvalchang bor dala dalalar xo‘rozi bo‘ladi! 
Boisi — chuvalchang yerda bor bo‘lmish jami nimani chiritib-chiritib o‘g‘it etadi. Chuvalchang 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
yerni qayta-qayta ishlaydi. Chuvalchang yerni mayin-maynn saqlaydi. 
Dalalarimda oppoq-oppoq qurtlar-da bo‘ldi. 
Temirtish izidan qarg‘alar ergashdi. Temirtish izidan qushlar ergashdi. 
Qarg‘alar oqqurt ovlab yedi. Qushlar chuvalchang terib yedi. 
Men qarg‘alar qilmishidan rozi bo‘ldim — oqqurt hesharotlar onasi bo‘ladi. Katta bo‘lsa, qanot 
olib uchadi. 
Qosh qoraydi. 
Men traktor chiroqlarini yondirdim. 
Chiroq yorug‘ida tulkilar qora berdi. 
Tulkilar temirtish ketidan ergashdi. Tulkilar qo‘ng‘iz terib-qo‘ng‘iz terib yedi. 
Tulkilar qaerdan keldi, qachon keldi —unisini yolg‘iz tovuqlar bildi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish