30 Qosh qoraya berib-qosh qoraya berib, daladan qaytaman.
Ichkari hadahalayman — Ziyod oshnam holini so‘rayin deyman.
Ammo Ziyod oshnam joyida yo‘q bo‘ladi.
Tashqarilarni aylanib-aylanib qarayman — Ziyod oshnam yo‘q bo‘ladi.
Oshpaz qiz o‘choq boshida hiq-hiq yig‘lab o‘tiradi.
— Ziyod ketdi, —deydi. — Ziyod endi qaytib kelmaydi...
Bolalar bir burchakda g‘uj bo‘lib oladi. Nima qilishlarini bilmaydi.
— Nima qilib turibsizlar? — deydi oshpaz qiz. — Kosalaringni olib kelinglar, ovqat suzib
beraman.
— Ziyod qani? — deyman.
— Ziyod ketdi, deyapman-ku, Ziyod ketdi...
— Ziyod qayoqqa ketdi?
— Ziyod... norasida ketdi!
Bolalar duvv-duvv yig‘laydi. Bolalar ho‘ng-ho‘ng yig‘laydi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Yig‘lamagan bola qolmaydi.
Men bari aybni o‘zimdan ko‘raman.
— G‘o‘za ichida uxlama, deganimda, Ziyod oshnam ketmas edi... — deya yig‘layman.