24 Saharmardonda futbol maydon taraf chopaman. Fizika bilagimdan ushlab qoladi.
— Dalada... o‘sha dalada... — deydi. O‘sha dala taraf chopaman.
Tutkunda ostidan bayroq bilan janda choponni olaman.
O‘qariq bo‘ylab qadamlayman-qadamlayman—dala qoq boshida oyoq ilaman.
Salqin sabolar etimni uvushtiradi.
Shunda, elas-elas samolyot ovozi eshitaladi.
Xiyol o‘tadi — samolyot o‘zi keladi. Samolyot dala uzra bir aylanib qaytadi.
Samolyot endi meni mo‘ljallab keladi.
Men apil-tapil janda cholonni yopinaman. Bayroqni oldin yelkamga olaman. Undan boshim uzra
ko‘taraman.