Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
22
Bolalar bilan yotoq oldida bo‘ysira bo‘laman. 
Shtab deya atalmish xonadan oppoq sochli keksa odam chiqib keladi. 
Keksa odam ketidan direktorimiz bilan muallimlarimiz qatorlashib keladi. 
Direktorimiz yutuq-kamchiliklardan so‘zlaydi. 
Men ichimni ushlab-ushlab kuchanaman. Ikki ko‘zim futbol maydonida bo‘ladi. 
Direktorimiz bizni tag‘in-da yuksak-yuksak zafarlar sari chorlaydi. 
— O‘rtoqlar, endi so‘z rayon xalq maorifi bo‘limi mudiri, hammamiz uchun hurmatli va aziz 
o‘rtoq Dadaboevga! — deydi. 
Oppoq soch odam lo‘nda-lo‘nda so‘zlaydi. Oppoq soch odam munis-munis so‘zlaydi: 
— Aziz o‘quvchilar! Sizlarni qutlashdan oldin o‘rtoq direktorlaringizni alohida tabriklab 
qo‘ymoqchi edim. Boisikim — mana uch yildirkim, o‘rtoq direktorlaringiz kommunistik partiya safiga 
o‘tolmay yurib edi. Kuni kecha maktablaringiz Ko‘chma Qizil Bayroqni qo‘lga kiritishi bilanoq 
tegishli mutasaddi o‘rtoqlar direktorlaringizni kommunistik partiya safiga qabul qildi. Ustiga-ustakkim, 
ayni shu kunlarda o‘rtoq direktorlaringiz egizak qizaloq ko‘rdi, egizak qizaloq! Buni qarangkim — 
Ko‘chma Qizil Bayroq — kommunistik partbilet — egizak qizaloq! Aziz o‘quvchilar! Kelinglar
o‘rtoq direktorlaringizni ana shu qo‘sha-qo‘sha zafarlar bilan bir muborakbod etib qo‘yaylik! 
Oppoq soch odam shunday deya chapak chaladi. 
Muallimlarimiz bilan bolalar-da qo‘shilib chaladi. 
Men ichimni ushlab-ushlab tura beraman. 
— Qani, o‘rtoq direktor, — deydi oppoq sochli odam. — Endi shu qora ko‘zlarga qarata bir-ikki 
og‘iz dil so‘zlaringizni aytasiz endi. Sizning kommunistik partiya safiga o‘tishingiz uchun bu qora 
ko‘zlar ozmuncha ter to‘kdimi! 
Direktorimiz bir odim oldinlaydi. O‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yadi. Havolanib-havolanib bosh 
irg‘aydi. 
— O‘rtoqlar! — deydi. — Haqiqatan ham, hammamiz uchun hurmatli va aziz o‘rtoq Dadaboev 
aytganlariday, kommunistik partiya safiga qabul qilinish sharafiga erishishim oson bo‘lmadi! O‘tgan 
ikki yil mobaynida maktabimiz o‘quvchi-yordamchilari biror marta ham Qizil Bayroq olish sharafiga 
muyassar bo‘lolmadi! Bunda, ma’lum ma’noda o‘zim aybdor bo‘ldim! Paxta yig‘im-terimiga 
mas’uliyat bilan yondashmadim! Qattiqqo‘l bo‘lmadim! Partiyaviy printsipiallik ko‘rsatmadim! 
O‘rtoqlar, men ana shu yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarimdan tegishli xulosa chiqarib oldim! Mana, 
ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdim! Men bu muvaffaqiyatga rayon xalq maorifi mudiri, hammamiz 
uchun hurmatli va aziz o‘rtoq Dadaboevning bevosita va bilvosita rahnamoligi tufayli erishdim! Men 
siz o‘quvchi-yordamchilar nomidan, qolaversa, o‘zimning nomimdan, ana shu muvaffaqiyatlarim bosh 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish