www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
Shunda, ajab bir nimalarni ko‘raman. Ko‘zlarimni uqalab-uqalab ko‘raman.
Tevarak-boshim qip-qizil qon bo‘ladi! Tevarak-boshim sap-sariq qon bo‘ladi! Tevarak-boshim
to‘da-to‘da qon bo‘ladi!
Ko‘rmayin deya, chakkamni kaftimga qo‘yib olaman. Ko‘zlarimni yumib olaman.
Bir mahal birov yelkamdan turtadi.
Men seskanib ko‘zimni ochaman — boshimda Ziyod turadi.
— Uxlama, ichburug‘! — deydi.
Men lik etib turaman. Ketimga qarayman. Futbol maydonda tag‘in bir to‘da qon bino bo‘ladi.
19
Tushlik choy qaynay bermaydi. Men oftobda choy qaynashini qarab yotaman. Shu mahal dala
yo‘lidan bir mashina keladi. Mashinadan shlyapali odam tushadi.
— Hormanglar, bolalarim! — deydi. Brigadir bilan qo‘l berib ko‘rishadi.
— Uf-f, bir piyola choy ber-e, baraka topkur-e! — deydi.
— Choy endi qaynaydi, — deydi brigadir. Shlyapali odam xirmon bag‘rida yonboshlaydi.
Shlyapasini xirmonga tashlaydi.
Shu vaqt tag‘in bir mashina xirmon qoralab keladi.
Mashinadan direktorimiz tushadi.
Direktorimiz u yerda-bu yerda yotmish bolalarga baqiradi:
— Bu nima yotish?! — deydi. — Paxta fronti enangni uyimi?! Men hozir byurodan keldim!
Senlarni deb o‘rtoq Mavlonovdan eshitmaganlarimni eshitib keldim!
— Choy qaynasin, domla, choy qaynasin, — deydi o‘ninchi sinf.
— Sen tirranchalarga choyni kim qo‘yibdi?! Ana, ariq to‘la suv — ariqdan ich!
Shunda, shlyapali odam xirmondan bosh ko‘taradi,.
— O‘-o‘, domla, berman haydang! — deydi. Direktorimiz shlyapali odamga qaraydi-qaraydi —
taniyolmaydi. Taniyolmasa-da, shlyapali odam taraf yuradi.
Shlyapali odam yonboshlab yotmish ko‘yi qo‘l uzatadi.
— Kamnamosiz, domla? — deydi. Direktorimiz qo‘l berayinmi-qo‘l bermayinmi, zaylida qo‘l
uzatadi.
— O‘zlari kim bo‘ladilar? — deydi. Shlyapali odam kaftlrini ochib aytadi:
— Hasharchi. Mana shu bolalarday bir hasharchi, — deydi. — Choyingiz qaynamadi, domla. Endi
siz buyurganday, ariqdan ichamiz-da.
Shlyapali odam shunday deya, mashinasi taraf yo‘l oladi.
Direktorimiz shlyapali odam ketidan qarab turadi-turadi — brigadirga o‘ngaladi..
— Bu kim bo‘ldi? — deydi.
— Tanimayapsizmi? Raykom-ku.
— Raykom? Qanday raykom?
— Qanday raykom bo‘lardi — Mavlonov bova-da.
— O‘rtoq Mavlonovmi? U kishi dalada nima qilib yuribdi?
— Dalaga samolyot kelayapti. Samolyotdan oldin dalalarni qarab yuribdi.
— Iya, — deydi direktorimiz. — Oldinroq aytsangiz bo‘lmasmidi, iya.
Do'stlaringiz bilan baham: |