Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
138
— Endi, chidaysiz-da, Dehqonqul Aqrabovich. Bilaman, butifos hidi anqib turadi, bilaman. U 
joylar bir vaqtlar zaharli dorilar saqlanadigan omborxona edi. U joylarga kirib bo‘lmas edi. Ilojimiz 
qancha, «o‘zbeklar ishi» uchun foydalanar bo‘ldik. 
— Kimlar uchun? 
— «O‘zbeklar ishi» uchun. Zaharli dori omborda o‘zbekdan boshqa xalq chiday olmaydi-da. 
Chunki o‘zbek xalqi yil o‘n ikki oy dalada zaharli dori sepib ishlaydi-da. Yil o‘n ikki oy zaharli dori 
hidlab yashaydi-da. Shu sababli o‘zbek xalqini zaharli dori omboriga joylashtirdik. Chiniqqan xalq-da, 
chiniqqan. 

Kunduzlari zaxda o‘tirib turdim. 
Kechalari toshdevor to‘ntarib qulflanmish kambardan-kambar taxtani tushirib yotdim. 
Butifos isi dimog‘im botmadi. Dalamda yotmishdayin osoyishta yota berdim. 
Darvozani daranglatib ochmish askar butifosdan aft burdi. Kaft bilan og‘iz-burun yopdi. 
Askar boshi bilan chiq, imosini berdi. 
Men uzun dahliz bo‘ylab yo‘l oldim. 
Ketimdan kelmish askar og‘zi burnidan kaftini oldi. Burchakda turmish satilga enkaydi. Tomog‘ini 
changallab-changallab o‘qchidi. 
— Uh, tuf, uh! — deya o‘qchidi. — Enam-ay, ay, enam-ay!.. 
— O‘rganib ketasiz-o‘rganib ketasiz! — deya dalda berdim. 
Askar achchiq bilan yelkamdan turtdi. 
— Yur, sendan so‘rayapmanmi, yur! — dedi. Men bir qalqib yo‘l oldim. 

Qorag‘ilof eshikdan ichkariladim. 
Ivan Ivanovich qulog‘idan telefondasta oldi. 
Shahodat barmog‘i bilan joy buyurdi. 
Men buyurilmish joy cho‘kdim. 
Ivan Ivanovich po‘latsandiqdan bir juzgir oldi. Juzgir varaqlab-varaqlab qaradi. 
— Dehqonqul Aqrabovich, — dedi. — Siz poraxo‘rlar bilan osh-qatiq bo‘lib keldingiz. Siz 
tekinxo‘rlar bilan oldi-berdi qilib keldingaz. Bor aybingiz shu. Bu esa, ayb sanalmaydi. Shu bois, men 
bir-ikkita savol beraman.. Siz esa, savollarimga lo‘nda-lo‘nda javob berasiz — bo‘ldi! Qanchalik 
haqqoniy javob berasiz — shunchalik tez ozod bo‘lasiz! Kelishdikmi? Serquyosh O‘zbekistonda paxta 
xom ashyosini «oq oltin» deydilar-a? O‘zbek xalqi g‘oyat zukko xalq — topib aytadi! Ana shu 
serquyosh O‘zbekistonda «oq oltin» terimi boshlandi! Tez-tez javob berasiz — ana shu «oq oltin» 
qo‘yniga yetib borasiz! 
— So‘rang-so‘rang, — deya bosh irg‘adim. 
— Xo‘-o‘sh, birinchi so‘rov: o‘rtoq Jamoliddinov, raisingizni oltinlarini qaerga ko‘mib edingiz? 
O‘yladim-o‘yladim — o‘ylab o‘yimga yetolmadim. 
— O‘ynab qo‘yay, so‘rovingizdan, — dedim. — Qandaychikin oltinni aytayapsiz? 
— Qandaychikin bo‘lardi — Muruntov oltini-da. 
— Oltin sariq bo‘ladi, deb eshitib edim. Ammo-lekin oltinni o‘zini ko‘rganim yo‘q. 
— Mumkin, ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin. Chunki raisingiz oltinlarni ochiqcha bermaydi-da. 
Raisingiz... manavilarni ko‘mib tashla... deb biror nima berib edimi? Ana shuni qaerga ko‘mib 
edingiz? 
— O‘ynab qo‘yay-o‘ynab qo‘yay, rais qaerda — men qaerda? Rais odam menga bir nima 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish