Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
140
qurilgan cherkov, ha, cherkov! Siz zindonda emas, cherkovda yotibsiz. Shuvelyan yo Vladikavkaz 
zindonlariga tushganingizda kuningazni ko‘rardingiz! Bilasizmi, Shuvelyan zindoni o‘z vaqtida nima 
edi? Tuyaxona edi! Vladikavkaz zindoni esa oqposhsho lashkarlari otxonasi edi! U zindonlardagi 
shart-sharoitlar ham o‘z oti o‘zi bilan tuyalar hamda otlar uchun mo‘ljallangandir. Shunday ekan, 
shukur qiling, Dehqonqul Aqrabovich, shukur qiling. Siz cherkovda yotibsiz, cherkovda! 

Tag‘in qorag‘ilof eshikdan hatladim. 
— Qalay, Dehqonqul Aqrabovich? — deya ko‘ngil so‘radi Ivan Ivanovich. 
— Baharnav-baharnav... 
— Yaxshi o‘tiribsizmi? 
— Baharhol-baharhol... 
— Xo‘sh, o‘ylab bo‘ldingizmi? 
— Nimani o‘ylab bo‘laman? 
— Demak... o‘ylamaysiz? 
— O‘zi... nimani o‘ylayin? 
— Demak, bir-birimizga qarab o‘tira beramiz? 
— O‘tir, desangiz, o‘tira beraman. 
Ivan Ivanovich joyidan turdi. Derazadan tashqari qaradi. Qo‘llarini cholvori cho‘ntagi tiqdi. 
Ivan Ivanovich Lenin bilan Dzerjinskny orasida borib keldi. 
Borib keldi-borib keldi — birdan aynidi-qoldi. 
— Men seni o‘ylataman! — dedi. — Shunday o‘ylataman — O‘zbekiston faylasufi bo‘lib 
o‘ylaysan! 
Ivan Ivanovich tugma bosdi. Jon-jahdi bilan bosdi. 
Askarlar kirib keldi. 
— Manavini... 
Ivan Ivanovich gapni oxirini imo-ishoralar bilan aytdi. 
Askarlar meni oldiga soldi. Dahlizma-dahliz haydadi-haydadi — bir darvozadan ichkari tepib 
yubordi. 

Men dalbanglab-dalbanglab bordim-bordim — zindon kindigida serrayib qoldim. 
Tevarak-boshimlab alang-jalang bo‘ldim. Zindondan o‘laksa go‘sht hidi anqidi. 
— Xush kelibsan, Jamoliddinov, xush kelibsan! — degich gangir-gungur ovoz eshitildi. 
Nimqorong‘i burchakdan ikkita qora keldi. Qoralar shunday burnim ostiladi. Qoralardan qo‘lansa 
ter sasidi. Ko‘nglim aynidi. Illa chidab turdim. Qoralar birin-ketin qo‘l berdi. 
— «Sadist», — dedi. 
— «Sokol», — dedi. Qoralar meni gir-gir aylandi. 
Qoralar olchoq-olchoq gir-gir bo‘ldi. Qoralar yaltoq-yaltoq gir-gir bo‘ldi. 
— Muborak shariflarini bilamiz: Jamoliddinov! Ammo ismlarini bilmaymiz? 
Qoralar burnim ostida qars-qars barmoq o‘ynatdi. 
Qoralar kaftlarini quloqlari yelpana etdi. 
— Labbay? — dedi. — Ismlarini eshitaylik?
Men miq etmay tura berdim. 
— Aytmasang, aytma! Aytmasang, biz seni ramziy ot bilan ataymiz: churban, churban! Bo‘ladimi? 
— Menga qara, churban! Tiling bormi? Bo‘lsa gapir? 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish