Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
Boridan yo‘g‘i yaxshi bo‘ladi! 
Boisi — g‘o‘za ostini ishlagich mazkur texnika keti bir ramalik. U baland shatakka taqiladi. 
Natijada traktordan xiyla keyinda turadi. Shu bois, yerdan risoladagiday ko‘tarilmaydi. 
Oqibat — to‘rt-besh qadam dala bosh-adoq g‘o‘zani qirqib-qirqib buriladi. Oqibat — to‘rt-besh 
qadam dala bosh-adoq oppoq paxtani nobudlab-nobudlab buriladi. 
Men yo to‘rt-besh qadam dala bosh-adoq g‘o‘zamni ekmasligim lozim bo‘ldi, yo eksam-da, to‘rt-
besh qadam g‘o‘zamni o‘rib-o‘rib tashlashim lozim bo‘ldi, yo... ana shu yangi texnikadan kechishim 
lozim bo‘ldi. 
Men yangi texnika bahridan o‘tdim. 
Chin-da, yangi texpika deya atalmish go‘rso‘xtani nima qilaman? Chin-da, dala bosh-adoq 
g‘o‘zalarimni kunpayakun etib nima qilaman? 
Eskisi traktor bortovoyiga taqiladi. Traktor ballonlari oralig‘iga taqiladi. Shu boisdan-da eskisini 
yerdan ko‘tarib olish g‘oyat o‘ng‘ay bo‘ladi. Eskisini burib olish g‘oyat qulay bo‘ladi. 
Eskisi bitta-da g‘o‘zamni qirqmaydi. Eskisi bitta-da g‘o‘zamga ziyon bermaydi. 
Men har yil ana shu eski texnika tufayli dalalarim bosh-adog‘idan yigirma tonna oppoq paxtamni 
omon olib qolaman. 
Yigirma tonna olpoq-oppoq paxta! 
Aytishga oson —og‘iz bir chetidan chiqadi-ketadi. 
Aslida — yigirma tonna oppoq paxta el-yurt uchun olamjahon-olamjahon naf bo‘ladi. 
Men kattalardan nordon-nordon gaplar eshitdim. 
Ammo dalalarimga eskisini soldim. G‘o‘zalarim ostini haydadim. 
Traktor tishlari tegmayin o‘tmish g‘o‘za uya oralari ko‘p-ko‘p qoldi. 
G‘o‘za uya oralari ana shundayin qola bersa — hosil cho‘g‘siz-cho‘g‘siz bo‘ladi. 
Men g‘o‘za uya oralarini ketmonim bilan yumshatib-yumshatib oldim. 
Pushta tuproqni egatlab tushirdim. Egat tuproqni pushtalab oldim. 
Oqibat — pushtada to‘planib-to‘planib yotmish oziq moddalar g‘o‘zalarim ostiga tushdi. 
G‘o‘zalarim avj-avj o‘sdi. 
11 
Og‘ilimizni biryog‘i qiyshayib qoldi. 
Men qarab-qarab qo‘ydim. Bu yil qishni o‘tkazar, deya o‘yladim. Ammo men o‘ylamishday 
bo‘lmadi. 
Qiyshaymish devor belidan ag‘nab tushdi. 
Tabiatim tirriq bo‘ldi. 
Og‘il oldilab sim chiroq sudrab bordim. Tut ayrisiga chiroq ildim. 
Og‘ilxona yop-yorug‘ bo‘ldi. 
Ag‘namish devorni ketmon bilan maydaladim — loyxona etdim. 
Yotar vaqti-yotar vaqti ariq yoqalab bordim. 
Suv boshida quloqchi yo‘q bo‘ldi. 
Paxtaga bormish suvdan o‘g‘irlab keldim. 
Suv men bilan baravar loyxonalab keldi. 
Cholvorimni tizzalab lippa urdim. Kaftlarimni tupuklab ho‘lladim. Ketmon olib loy kirdim. 
Devor kesaklarni tepib-tepib loy etdim. Ketmon bilan urib-urib loy etdim. Tepkilab-tepkilab 
pishitdim. Ustidan suv sepdim. 
Saharda vaqtliroq turib devor uraman, deya niyatlandim. 
Ammo saharda uxlab qoldim. 
Esnab-esnab loyxona keldim. Loy qaradim-loy qaradim — nima qilishimni bilmadim. Devor 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish