Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
18
Men bolish yonboshladim. 
Bolishimni ayolimiz bolishiga qo‘shdim. 
Qo‘limni ayolimiz bo‘yni ostidan oshirdim. Boshini bilagimg‘a oldim. Peshonamni peshonasiga 
tekkizdim. Ko‘zlarimni yumib yotdim. 
Shunda... ayolimiz sochlaridan... ayolimiz sochlaridan... butifos... butifos hidi keldi! 
Ko‘zlarim yalt etib ochildi. 
«Yo, pirim-e, hali dalaga butifos sepmadik, butifos hidi qaerdan bino bo‘ldi? — deya o‘ylay-o‘ylay 
topdim. — Ayolimiz Jarariqdan molga o‘t olib keladi. O‘tni boshida ko‘tarib keladi. Bu hid o‘tgan yili 
sepilib, haliyam o‘tlarda yotmish butifos hidi bo‘ldi». 
Men ko‘zlarimni chirt yumdim. Men butifos hidini bilib-bilmaslikka oldim. Men butifos hidini 
ko‘rib-ko‘rmaslikka oldim. 
Ayolimiz yelkalarini silab-siypadim. 
Ayolimiz silab-siypovlarimni o‘zicha o‘yladi... Ayolimiz silab-siypovlarimni o‘zicha yo‘ydi... 
— Sidirg‘a yotsin, — dedi. — Suv sovuq...
Qo‘limni yelkasidan olib tashladi. 
Ko‘nglim uvishdi. Ko‘nglim ezildi. Ko‘nglim o‘yildi! 
Men bolishimni ayolimiz bolishidan xolisroq oldim. 
«Endi... bu zot-da... ayol-da? — deya ko‘nglim kuydi. — Ayoldir-da, ana, noz etayapti-ku? 
Ayoldir-da, ana, nozlanayapti-ku?» 
Men yuzlarimni bolish bosdim. 
«Kim bo‘lsa-da... bolalarimni onasi, — deya ko‘nglim iydi. — Kim bo‘lsa-da... pushti kamarimdai 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
bo‘lmish bolaginalarimni onaginasi», — deya ko‘nglim iydi. 
Shunda, yag‘rinlarim ayolimiz tafti nafasini tuydi. 
— O‘-o‘y? — dedi ayolimiz. — O‘-o‘y?.. Ayolimiz qapishib-qapishib keldi. Men o‘zimni 
uxlamish oldim. 
— Birday shunday etadi, — deya yorildi ayolimiz. — Dardimnn aytayin deyman, chappa burilib 
yotib oladi... 
— Nima darding bor, ayta ber. 
— O‘-o‘y, ayollar Xo‘jai Obigarmga tomoshaga borayapti ekan. 
— Ha-a. 
— Bari erkagi bilan borayapti ekan. 
— Ha-a. 
— Xo‘janov muallim ayoli bilan bosh bo‘lyapti ekan. 
— Ha-a. 
— Bir hafta yotib kelar ekan. 
— Bir hafta? Paxta nima bo‘ladi?
Ayolimiz aytib-aytib yig‘ladi: 
— Shunday deyishini bilib edim. Men bechora ishni ostida chirib ketaman... 
— Endi, sen o‘zingni Xo‘janovni ayoliga teng etma-da. Xo‘janov muallim, ayoli magazin mudir. 
Ularda biryog‘i pul katta, biryog‘i dam olish kuni degan gaplari bor. Sen bilan bizda nima bor? Na pul 
bor, na dam olish kun bor, o‘z otimiz o‘zimiz bilan kolxozmiz. 
— Men bechora ishni ostida o‘lab ketaman... 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish