www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
— Gulya, — deya, hamkasabasi taraf yurdi qiz. — Gulichka, uydan gollandskiy sir olib
kelganman, obed qilmaymizmi?
5
Ostimda mototsikl, boshimda shlyapa — garmselday-garmselday yeldim.
Shlyapamni oyna solib-oyna solib yeldim.
Yoril-e, Dehqonqul-e, yoril-e, dedim.
Bir-ikki chaqirim yeldim — shlyapamni oyna soldim. Tag‘in bir-ikki chaqirim yeldim — tag‘in
shlyapamni oyna soldim.
Rais bo‘lib ket-e. Dehqonqul-e, rais bo‘lib ket-e, dedim.
Shunda xiyol o‘ylab qoldim. O‘zimni yer urmishday bo‘ldim. Past ketmishday bo‘ldim.
Chin-da, rais kim bo‘pti? Shlyapsi bo‘lgan bilan... mototsikli yo‘q! Davlatni mashinasiga kuni
qolgan.
Unda... raykom bo‘lib ket-e, dedim. Shunda, o‘zimni o‘zim bilmishday bo‘ldim.
Rais bilan raykom o‘rtasi bo‘lib ket-e, dedim.
Do'stlaringiz bilan baham: |