www.ziyouz.com
kutubxonasi
138
— Endi, chidaysiz-da, Dehqonqul Aqrabovich. Bilaman, butifos hidi anqib turadi, bilaman. U
joylar bir vaqtlar zaharli dorilar saqlanadigan omborxona edi. U joylarga kirib bo‘lmas edi. Ilojimiz
qancha, «o‘zbeklar ishi» uchun foydalanar bo‘ldik.
— Kimlar uchun?
— «O‘zbeklar ishi» uchun. Zaharli dori omborda o‘zbekdan boshqa xalq chiday olmaydi-da.
Chunki o‘zbek xalqi yil o‘n ikki oy dalada zaharli dori sepib ishlaydi-da. Yil o‘n ikki oy zaharli dori
hidlab yashaydi-da. Shu sababli o‘zbek xalqini zaharli dori omboriga joylashtirdik. Chiniqqan xalq-da,
chiniqqan.
5
Kunduzlari zaxda o‘tirib turdim.
Kechalari toshdevor to‘ntarib qulflanmish kambardan-kambar taxtani tushirib yotdim.
Butifos isi dimog‘im botmadi. Dalamda yotmishdayin osoyishta yota berdim.
Darvozani daranglatib ochmish askar butifosdan aft burdi. Kaft bilan og‘iz-burun yopdi.
Askar boshi bilan chiq, imosini berdi.
Men uzun dahliz bo‘ylab yo‘l oldim.
Ketimdan kelmish askar og‘zi burnidan kaftini oldi. Burchakda turmish satilga enkaydi. Tomog‘ini
changallab-changallab o‘qchidi.
— Uh, tuf, uh! — deya o‘qchidi. — Enam-ay, ay, enam-ay!..
— O‘rganib ketasiz-o‘rganib ketasiz! — deya dalda berdim.
Askar achchiq bilan yelkamdan turtdi.
— Yur, sendan so‘rayapmanmi, yur! — dedi. Men bir qalqib yo‘l oldim.
6
Qorag‘ilof eshikdan ichkariladim.
Ivan Ivanovich qulog‘idan telefondasta oldi.
Shahodat barmog‘i bilan joy buyurdi.
Men buyurilmish joy cho‘kdim.
Ivan Ivanovich po‘latsandiqdan bir juzgir oldi. Juzgir varaqlab-varaqlab qaradi.
— Dehqonqul Aqrabovich, — dedi. — Siz poraxo‘rlar bilan osh-qatiq bo‘lib keldingiz. Siz
tekinxo‘rlar bilan oldi-berdi qilib keldingaz. Bor aybingiz shu. Bu esa, ayb sanalmaydi. Shu bois, men
bir-ikkita savol beraman.. Siz esa, savollarimga lo‘nda-lo‘nda javob berasiz — bo‘ldi! Qanchalik
haqqoniy javob berasiz — shunchalik tez ozod bo‘lasiz! Kelishdikmi? Serquyosh O‘zbekistonda paxta
xom ashyosini «oq oltin» deydilar-a? O‘zbek xalqi g‘oyat zukko xalq — topib aytadi! Ana shu
serquyosh O‘zbekistonda «oq oltin» terimi boshlandi! Tez-tez javob berasiz — ana shu «oq oltin»
qo‘yniga yetib borasiz!
— So‘rang-so‘rang, — deya bosh irg‘adim.
— Xo‘-o‘sh, birinchi so‘rov: o‘rtoq Jamoliddinov, raisingizni oltinlarini qaerga ko‘mib edingiz?
O‘yladim-o‘yladim — o‘ylab o‘yimga yetolmadim.
— O‘ynab qo‘yay, so‘rovingizdan, — dedim. — Qandaychikin oltinni aytayapsiz?
— Qandaychikin bo‘lardi — Muruntov oltini-da.
— Oltin sariq bo‘ladi, deb eshitib edim. Ammo-lekin oltinni o‘zini ko‘rganim yo‘q.
— Mumkin, ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin. Chunki raisingiz oltinlarni ochiqcha bermaydi-da.
Raisingiz... manavilarni ko‘mib tashla... deb biror nima berib edimi? Ana shuni qaerga ko‘mib
edingiz?
— O‘ynab qo‘yay-o‘ynab qo‘yay, rais qaerda — men qaerda? Rais odam menga bir nima
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |