Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
38 
Men ana shunda olibsotar bo‘laman-qolaman! 
Olibsotar oriqdan-oriq qo‘y boqadi. Olibsotar tozidan-tozi qo‘y boqadi. 
Erta bozorda ana shu tozi qo‘y oshig‘i ustidan teshadi. 
Olibsotar ana shu teshikka og‘iz qo‘yib puflaydi. Lunj shishirib-lunj shishirib puflaydi. Chiranib-
chiranib puflaydi. 
Qo‘y bir o‘lib tiriladi. Qo‘y bir o‘limdan qoladi. 
Qo‘y bir kechada semiradi. Qo‘y puflanmish shar misol tarang bo‘ladi. 
Olibsotar azonlab qo‘yni bozor soladi. 
Molbozorda moljallob degich kimsa bo‘ladi. 
Moljallob uchun kirim bo‘lsa bo‘ldi — buzoqni ho‘kiz deya sotib beradi. Moljallob uchun kirim 
bo‘lsa bo‘ldi—echkini qo‘y deya pullab beradi. 
Ana shu moljallob qo‘yni maqtab-maqtab pullab beradi. 
Dalalarim ana shu qo‘y bo‘lib-bo‘lib qoladi! 
Kattalar ana shu moljallob bo‘lib-bo‘lib qoladi! 
Men ana shu olibsotar bo‘lib-bo‘lib qolaman! 
39 
To‘rtinchi terimda qor yog‘adi. 
Havodan qish nafasi keladi. 
Kechalari halqob suvlar muzlaydi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
134
Dalalarim bilch-bilch loy bo‘ladi. 
Men shilt-shilt loy botib ko‘sak teraman. 
Men qunishib-qunishib ko‘sak teraman. 
Men qalt-qalt qaltirab ko‘sak teraman. 
Men hovuchlarimga uflab-uflab ko‘sak teraman. 
Ko‘saklar toshday-toshday metin bo‘ladi. 
Ko‘saklar muzday-muzday sovuq bo‘ladi. 
Tosh-metin ko‘saklardan qo‘llarim tilim-tilim bo‘ladi. 
Muz-muz ko‘saklardan qo‘llarim yiring-yiring bo‘ladi. 
TO‘QQIZINCHI BOB 
 
1
It bemavrid-bemavrid hurdi. 
Men uyqumda eshitib yotdim. 
It jon-jahdi bilan hurdi. It qahr bilan hurdi. 
Uyqum qochdi. Choponimni yelkam tashlab tashqariladim. 
Tun toshday-toshday zim-ziyo bo‘ldi. 
Timirskilandim-timirskilandim — tashqi chiroqni yoqdim. 
It xiyol zabtidan tushdi. 
Men darvoza tarafladim. 
Darvoza odob bilan tik-tik etdi. Darvoza nazokat bilan tik-tik etdi
«Kim bo‘lsa-da, o‘zimizdan bo‘lmadi, — deya o‘yladim. — O‘zimizdan bo‘lsa, taraq-turuq uradi». 
— Kim u? — dedim. 
— Biz idoradan keldik! — dedi bir ovoz. —Birinchi terimda so‘yish uchun qo‘y olib keldik! Men 
darvoza zulfiniga qo‘l uzatdim. 
— O‘ynab qo‘yay, qo‘ylaringdan! — dedim. — Yarim kechada qo‘yim nimam? 
Rais yubordi, rais! Ocha qoling! 
— Birinchi terim ertamatan boshlanadi. Erta-matan olib kelardilaringiz-da? 
— Endi, rais mash’al brigadirimiz ertalab shoshib qolmasin, dedi-da. Ocha qoling, qo‘yingizni ola 
qoling! 
— O‘ynab qo‘yay, raisdan-da! — deya-deya darvoza zulfinini oldim. 
Shunda, uchta odam zabt bilan ichkari yopirildi. Birovi ko‘kragimga to‘pponcha tiradi. Ikkovi 
hovliga avtomat o‘qtaldi. 
— Qimirlama! — deya zug‘um etdi to‘pponchalik. — Qo‘lingni ko‘tar! 
— Nima gap! — deya hang-mang bo‘ldim. 
— Qo‘lingni ko‘tar, deyapman! 
Men qo‘llarimni ko‘tarib-ko‘tarib turdim. 
— Qo‘ynini kovlanglar! — dedi to‘pponchalik. Avtomatchilar qo‘ynimga qo‘l tiqib-qo‘l tiqib 
ko‘rdi. Cho‘ntaklarimni bosib-bosib ko‘rdi. Uyatli-uyatli joylarimni ushlab-ushlab ko‘rdi. Ushlamagan 
joylari qolmadi! 
— Yo‘q! — deya to‘ng‘illadi avtomatchi. 
— To‘pponchang qaerda? — dedi to‘pponchalik. 
— To‘pponcha? Qandaychikin to‘pponcha? — deya hayronlandim. 
— Ko‘p talmovsirama, senlarda pulemyot ham bor! 
— Ketmonimdan bo‘lak balom yo‘q! — dedim. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish