Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
27 
Mashina keldi. 
Xursandoy bilan Norguloy juhudi atlas kiyib keldi. 
— Ana atlas, mana atlas! — dedi Ideologiya. — Qalay, o‘rtoq rejissyor? 
Rejissyor boshmaldoq narraytirib ko‘rsatdi. — Bravo! — dedi. 
— Ana, o‘zbek sovet xotin-qizlari! — dedi Ideologiya. — Ana endi burjua-mafkurachilarimizni 
boplaymiz. Ana endi Boymirza Hayit, Vali Qayumxonlar ekranda o‘zbek sovet xotin-qizlari obrazini 
ko‘rib, og‘ziga urgan itday bo‘lib qoladi! 
Rejissyor labiga barmoq yuritib-barmoq yuritib ko‘rsatdi. 
Terimchilar tushunmadi. 
— Lolab deyapti, — dedi raisimiz. 
— Ha, yashang, rais aka! Lolab, lolab! — dedi Jingalasoch, — pomidorrang bo‘lsa, ekranda yaxshi 
ko‘rinadi! 
— Kolxozimiz piri badavlat kolxoz! — dedi raisimiz. — Lekin shu... lolab yo‘g‘-a! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129
— Lolab mineral o‘g‘it emas, rais aka! Lolab kolxozda bo‘lmaydi! — dedi Jingalasoch. — Lolab 
xotin-qizlarda bo‘ladi! 
— Bilaman, bilaman, — dedi raisimiz. — Kolxozimizda lolab qo‘ygich xotin-qizni o‘zi yo‘q-da? 
— Bor, — dedi Xursandoy. — Bitta bor. Maktabda o‘ris tili muallimi lolab qo‘yadi. 
— Ana, bor ekan-ku, rais aka? — Endi... maktab bor edimi... 
Raisimiz lattachaynar bo‘ldi. Bir kun qaradi, bir yer qaradi. 
Endi Ideologiya raisimiz joniga ora kirdi. 
Ideologiya sumkasidan barmoqday bir nimani oldi. Terimchilarni mashina taraf imladi. 
— Kelinglar! — dedi. Terimchilar mashina pana bo‘ldi. 
— Xayriyat-e! — deya kaft ishqadi Jingalasoch. — Kolxoz bo‘yicha bitta zamonaviy ayol bor 
ekan! 
— Uyam raykom... — ming‘illadi raisimiz. 
 
28
Xursandoy birinchi egatdan tushdi, Norguloy ikkinchi egatdan tushdi. 
— Bo‘ldi! — dedi Jingalasoch. — yirik planda shu ikkita terimchi bo‘ladi. Uyog‘ida kim qanday 
tushsa tushaversin — uyog‘i shunchaki fonda ko‘rinadi! 
— O‘ziyam, yirik-yirik ko‘ringulik terimchilar-da! — dedi raisimiz. — Har birovi mavsum 
oxirigacha sakkiz tonnadan oshirib «oq oltin» terish majburiyatini olgan! 
— Mashina bo‘l-e! — dedi Jingalasoch. — Deyarli mashina! 
— Bularni oldida mashina nima degan gap! — dedi raisimiz. — Mashina buziladi, otkaz qiladi. 
Bular na buziladi, na otkaz qiladi! 
Ideolopiya ikkita lo‘ppi chanoq uzib oldi. Puf-pufladi. Silab-siypadi. Norguloy bilan Xursandoyni 
quloqlari ustiga qistirib qo‘ydi. 
Ideologiya Norguloy bilan Xursandoyni o‘rim-o‘rim sochini yelkasidan olib ko‘ksiga tushirib 
qo‘ydi. 
Ideologiya boshqa terimchilarga-da ko‘z-ko‘z etdi. 
— Sizlar ham ana shunday qilinglar! — dedi. Boshqa terimchilar-da quloqlariga chanoq taqdi. 
Boshqa terimchilar-da o‘rim sochlarini ko‘ksilari tushirdi. 
Ideologiya Xursandoy qabatini oldi. 
Jingalasoch Norguloy qabatini oldi. 
Apparatlar shir-shir surat olib boshladi. 
29 
— Ona tabiatimizda necha xil rang bo‘lsa, barcha-barchasi paxtazorda mujassamdir! — dedi 
Jingalasoch. — Ha, paxtazorda kamalak ranglarning jamiki jilolari jamuljam! Paxtazorda xotin-
qizlarning piyola jarangidek sho‘x kulgisi yangraydi! So‘ng, laparlar, askiyalar, qo‘shiqlar, eshitaladi! 
Jingalasoch Xursandoy bilan Norguloyga mikrofon tutdi. 
Xursandoy bilan Norguloy yuzlarida tabassum o‘ynadi. Tishlarini oqini ko‘rsatib jilmaydi. 
«Paxta ishqi» ashulasini aytib-aytib paxta terdi: 
Tun demay, kunduz demay, boshingda men parvonaman, 
Sog‘inib qoldim, ochil, kulsin, sevinsin har tomon... 
— Ha, dalada hurkak tog‘ ohusidek xotin-qizlar turnaqator bo‘lishib paxta termoqda! Biri qo‘yib 
biri qo‘shiq aytadi, boshqalari jo‘r bo‘ladi: 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish