www.ziyouz.com kutubxonasi
45
ko‘rkam ahloqlik, mana bunday ishlar farishtalik sifatlaridin bir namunadur. Odam
farzandlarida bu sifatlarning borligini ko‘rib turamiz. Agar farishtalik sifati tarbiyat topib,
quvvatlanar ekan, uning darajasi farishtadin ortiq bo‘lishi shubhasizdur. Mana,
payg‘ambarlarning vujud-shariflari bu so‘zni isbot qilishga ochiq dalildur.
Agar bundog‘ bo‘lmay, hayvoniy, shaytoniy tarafiga insonlar mayl qilsalar, shular
qatorida qolib, balki bulardin ham tubanroq tushib, asfalasofilin zindoniga giriftor
bo‘lgaylar. Shunga ko‘ra, Alloh taolo Rahmon rahim sifati ila insonlarga rahbarlik qilishga
bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yubormishdur. Ularning vazifalari esa insonlarning
asl gavharlari bo‘lgan farishtalik sifatlarini yuzaga chiqarishdur. Diniy tarbiyatlar berib,
shaytoniy sifatlardin alarni arig‘dab (tozalab), hayvoniy sifatlarini cheklashdur. Agar
inson farzandlari payg‘ambarlar tarbiyalaridin chetga chiqib, alarning ko‘rsatgan
yo‘llaridin yiroq yursalar, shaytoniy va hayvoniy sifatlari rivoj topib, iymon — islomdin
bahrasiz bo‘lgaylar. Xudo saqlasin, agar bu ikki buzuq sifatlar insonlar olamida rivojga
kirar ekan, aning natijasida qandog‘ ishlar paydo bo‘lishi ko‘z oldimizda ko‘rinmoqdadur.
Qiyomat qanchalik yaqinlashgani sayin insonlarda bu yomon sifatlar shunchalar
rivojlanishi mashhur hadis kitoblarida yozilmishdur.
Haqni botildin ajratish uchun Alloh taolo insonlarga aql gavharini ato qilishi buning misoli
bir oyna kabidur. Agar u musaffolik, tekislik sifati ila tursa, aning to‘g‘risiga kelgan har
bir narsa anda o‘z haqiqati ila ko‘ringay, agar bundog‘ bo‘lmay, aql oynasi zang boylab,
tekislik va safolik sifatidin ajragan bo‘lsa, aning qarshisiga kelgan to‘g‘rini egri, oqni qora
qilib ko‘rsatgay. Buning oldida yaxshi-yomon, umuman, barchasi barobar bo‘lgay. Mana
bundog‘ odamlarning aqllari, shaytoniy hayvoniy quvvatlariga asir bo‘lib, aning asli fitrati
buzilmishdur. Agar tamom umrini shu yo‘lda o‘tkazib, dunyodin tavbasiz ketar ekan,
abadiy shaqovatga (tuzalmasga), do‘zax azobiga tutilur. Endi bu asoratdin qutilish, bu
dardga davo topish uchun, Xudo tarafidin yuborilgan, Islom dini ko‘rsatgan yo‘ldin
boshqa hech qandoq aning chorasi yo‘qdur. Bu yo‘lning chin qalovuzi va aning haqiqiy
yo‘lboshchisi hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Alloh taolo
tarafidin bu zotga Qur’oni karim kitobi indirilmishdur. Insonlarning ikki dunyoda baxt-
saodatlik bo‘lishlari uchun, shu kitob birma-bir kafildur. Bayt:
«Haqni ko‘rgan, haqni bilgan, haq yo‘lining boshchisi
Bil, Muhammad Mustafodur, ul xudoning elchisi»
Do'stlaringiz bilan baham: |