www.ziyouz.com kutubxonasi
44
o‘tirgan odamlarga undin haqqimni olib berishlari uchun arz qilgan edim, alar sizni
ko‘rsatdilar. Xudo xayr bersin, yaxshi kishi ko‘rinasiz, mening haqqimni olib
berarmikinsiz, deb keldim, — dedi.
Darhol Payg‘ambarimiz: «Yaxshi bo‘lur, yur bo‘lmasa», deb o‘rinlaridin turib, Abu Jahl
uyiga qarab yurdilar. Bu ishni payqab o‘tirishgan Quraysh raislari buni ko‘rishib:
«Muhammad bu borishida Abu Jahl ila qandog‘ muomala qilgay, buni bilishimiz kerak»,
deb yashirincha bir odam yubordilar. Payg‘ambarimiz badaviyni boshlab to‘g‘ri Abu
Jahlning uyiga kelib, aning eshigini qoqdilar. Abu Jahl ichkaridin turib: «Kimdir?» deb
edi, Payg‘ambarimiz: — «Muhammaddurman, bu yoqqa chiqgil», dedilar. Ovozlarini
eshitishi bilan, qo‘rqqanidin o‘ngi (rangi) o‘chib, yuzi sarg‘aydi, darhol eshikni ochib edi,
Payg‘ambarimiz: «Bu kishini haqqini hozir ado qil», dedilar. Abu Jahl hech qandoq
qarshilik qilmasdin, shoshilganicha uyidin pul olib chiqib, badaviy haqqini topshirdi.
Payg‘ambarimizga u badaviy ko‘p tashakkurlar bildirgandin so‘ngra, yana Quraysh
majlisiga kelib: «Sizlar ko‘rsatgan odamning Xudo xayrini bersin, Abul Hakamdin tamom
haqqimni olib berdi», deb Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladi. Bular bo‘lsa, bu ishni
Payg‘ambarimizga aziyat yetkazish qasdida qilgan edilar. Alloh taolo irodasi bilan,
Payg‘ambarimizga ionat bo‘ldi. Quraysh raislari xijolatlikka qolib, Abu Jahlga nafrat aytib
turganlarida yuborgan kishilari keldi. «Nima voqea bo‘ldi?» deb andin so‘radilar. Ul:
«Abu Jahlning Muhammad haqida qilgan muomalasi bek (cho‘ng) taajjub ishdur.
Ko‘rganim shuldurki, Muhammad badaviy bilan to‘g‘ri borib, Abu Jahl qopqasini qoqdi.
Qarasam, Abu Jahl qo‘rqqanidin rangi o‘chgan, ruhsiz holda chiqib keldi. Muhammad
badaviyni ko‘rsatib, buning haqqini darhol ado qil, dedi. Ul ham yugurganicha uyidin pul
ko‘tarib chiqib, badaviyning haqqini topshirib berdi», deb aytdi. Bu so‘zga hayron bo‘lib
turib edilarki, Abu Jahl o‘zi kelib qoldi. Alar yoppasiga: «Bu qandog‘ nomuslik uyat ish,
dushmanlarimizni suyuntirding, o‘zingga nomus keltirding», deb unga nafratlarini
bildirdilar. — Bu choqqa davr Muhammadga bundoq yumshoqlik qilganingni ko‘rmagan
edik».
Anda Abu Jahl:
— Meni ko‘p ayb qilmanglar, chunki bu ishda mening ixtiyorim yo‘qdur, endi bu sirni
aytishga majbur bo‘ldim. Shundoqki, men o‘tirib edim, tuyuqsizdin eshik qoqilib,
Muhammadning ovozini eshitdim, ixtiyorsiz ko‘nglimga qattiq bir qo‘rqinch tushdi.
Yugurib chiqib edim, ko‘rdimki, badaviy oldida Muhammad turibdi, aning ortida tishlari
nayzadek, boshi sandiqdek, haybatlik bir bug‘ro tuya og‘zini ochib turganini ko‘rdim.
Agar men qarshilik ko‘rsatsam, ustimga hujum qilgudek ko‘rinur, — dedi.
Subhonalloh, bu qandoq ajab ishdurki, shu qadar ulug‘ mo’jizalarni ko‘rishib tursalar
ham, bundin hech qandoq ibrat olmadilar.
Endi, ey mo‘min, ogoh bo‘lginkim, Payg‘ambarimizning aytishlaricha, insonda uch turlik
sifat bordur.
1. Hayvonlik.
2. Shaytonlik.
3. Farishtalik xislatlaridur.
Alloh taolo odamni yaratganida, aning vujudiga bu uch turlik sifatini qo‘ymishdur.
Shuning uchun har bir insonda shu uch xil maxluqning sifatlari ko‘rinmoqdadur.
Shundoqki: yemak-ichmak, uxlamoq, jimo qilmoq (er-xotin qo‘shilishi), mana bular
ersa, hayvonlarning sifatlaridur. Insonlardagi urush-talash, o‘ldirishlar, yorish-yirtish,
bir-birlariga ozor berishlar, mana shular bo‘lsa, it-bo‘rilar kabi yirtqich hayvonlarning
sifatlaridur. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad qilish, xalq ichida buzuqchilik qilib, fitna-
fasod ishlarini qo‘zg‘ash, bular shaytoniy ahloqlardin bir namunadur.
Ilmdo‘stlik, ilmsevarlik, adolatparvarlik, taqvogarlik, rahmdillik, butun olijanoblik,
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |