www.ziyouz.com kutubxonasi
266
Xudo yorlaqab bu balodin qutulmas ersa, bunday kishi bir kuni cheksiz qiynovga
qolishida hech gumon yo‘qdur.
Aql oldida yomon bilan yaxshining, albatta, chegarasi bo‘lishi kerak. Lekin nafs—
shaytonning oldida uning chegarasi yo‘qdur. Iymon aqlga, shayton nafsga
yo‘lboshchidur. Haqiqatda esa, inson aqli hech vaqt yomon yo‘lga yurgisi kelmaydi.
Chunki inson aqli har bir ziyonlik narsadan uni qaytarib turguvchi Xudo tomonidan
qo‘yilgan aning qorovulidir. Endi bu qorovul o‘z erki, kuch-qudrati, quvvati o‘zi bilan
turgan taqdirdagina unga topshirilgan vazifani bajara oladi. Agar bu qorovul shaytonga
yengilib, bu uni yetaklab olur ekan, u holda butun ishlar teskarisiga aylanadi. Sog‘ni
telba, hushyorni mast yetaklaganidek bo‘ladi. Yo‘q esa asli yaratilishda nafsning bilagini
Alloh taolo aqlga topshirgan edi. Chunki sog‘ odam boshlamasa, telba kishi qanday yo‘l
topib yura olgay? Agar aqlga nafs yo‘lboshchilik qilsa, har ikkovi ham halok bo‘ladi.
Endi aqlning erkin bo‘lishi, uning o‘z kuchi, o‘z sifati bilan buzilmay turishi uchun Alloh
taolo tomonidan yuborilgan dinning qonunlariga itoat qilish, albatta, lozimdur. Agar
shunday bo‘lmas ekan, aql oynasi zang bog‘lab o‘z safosidan ajrab, haqni botildan,
yomonni yaxshidan farq qilolmaydi. Agar bu ikkovi o‘z chegarasidan chiqmagan
bo‘lsalar, ul holda hech vaqt bir-birlaridan ajramaydilar. Balki shariat aqlni, aql shariatni
har ishda tasdiqlaydi.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Yuqoridagi oyat Allohdan kelgani uchun o‘zlarini masjid
ustunlariga bog‘lamish yetti kishining tavbalari qabul bo‘lib, barchalari bo‘shandilar.
So‘ngra ular kelib:
— Yo Rasulalloh, buning shukronasi uchun butun mol dunyomizni Xudo yo‘lida sadaqa
qildik, — dedilar.
Anda Rasululloh:
— Bu to‘g‘rida Allohdan menga buyruq yo‘qdur, — deb qabul qilmadilar.
Shu chog‘da Allohdan vahiy kelib, ushbu oyat tushdi:
«Xuz min amvalihim sadaqotan tutahhiruhum va tuzakkiyhim va salli alayhim, inna
salotaka sakanun lahum, vallohu sami’un alim».
Ya’ni, «Bu kishilarning mollaridan sadaqa olgilkim, ularni gunohlaridan sadaqa poklaydi.
Xayr-barakalarini ziyoda qiladi. Ularga sen duo qilg‘ilkim, sening duoying ko‘ngillariga
orom bo‘ladi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk safaridan kelgach, tinchlik bilan Madinada
uch oygacha turdilar. Hijratning to‘qqizinchi yili zulqa’da oyining oxirlarida Hazrati Abu
Bakr Siddiqni shu yilgi hojilarga amir qilib, Makkatullohga yubordilar. Chunki Ibrohim
Halilullohning zamonidan boshlab xayrli haj qilish arablarga odat bo‘lgan edi. Islomiyat
boshlangandan keyin ham ilgarigi odatlaricha haj qilishib turdilar.
Lekin ularning qilgan hajlarida islomiyatga to‘g‘ri kelmaydigan ishlar ko‘p edi. Shunday
bo‘lsa ham Makka fath bo‘lguncha Rasululloh sabr qilib, Makka shahri olingandan keyin
bu ishni bajarishga Hazrati Abu Bakr Siddiqni buyurdilar. U kishi ham uch yuz askar olib
Makkaga yurdi. Mana shu kunlarda ersa Payg‘ambarimizga vahiy kelib, Tavba surasi
nozil bo‘ldi. Bu surada kelgan bir necha oyatning mazmunicha musulmonlar arab
mushriklaridan butunlay aloqani uzishga va haqqa bo‘ysunmagan mushriklar bilan jihod
qilishga buyurilmish edi.
Bu sura boshida: «Alloh va Allohning payg‘ambari kofirlardan, mushriklardan bezordur.
Bular bilan hech qanday aloqa qilmanglar. Mundan keyin o‘rtanglarda hech bir to‘g‘rilik
ahdnoma, shartnomalar tuzilmasin», degan mazmunda oyat keladi.
Bundin so‘ng Allohning amri bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklardan
butun aloqani uzdilar. Qarshilik qiluvchilarga urush ochdilar. Haqqa bo‘ysunmagan
mushriklar bilan jihod qilmoqqa, agar taslim bo‘lib haq yo‘lga kirmasalar, alarni
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |