www.ziyouz.com kutubxonasi
263
edilar. Shu joyga kelganlarida Allohdan vahiy kelib, munofiqlar bu masjidni nima
maqsad bilan bino qilganlarini Payg‘ambarimizga bildirdi. Bu masjidga kirmaslikka, unda
namoz o‘qimaslikka buyurdi. Boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun uni buzib, o‘t qo‘yib
yuborishga Alloh amr qildi.
Darhol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bahodirlardan ikki kishini chaqirib, ul
masjidni buzib, o‘t qo‘yib kelmakka buyurdilar. Bu ikkovlari buyruq olishlari bilan
yugurganlaricha o‘sha joyga borishdi. Birovlari esa qo‘liga yondirilgan o‘t olmish edi.
To‘g‘ri masjidga kirib bordilar. Qarasalar, munofiqlar masjid ichida o‘ltirmish ekanlar.
Ularga e’tibor qilmay masjidni bir chetidan buzib, o‘t qo‘ygani turdilar. Buni ko‘rgach,
masjiddagi munofiqlar ham barisi qochib chiqdilar. U ikki sahoba masjidni buzishib va
kuydirishib, Rasululloh qoshlariga kelishdi.
Alloh taolo bu masjidni Qur’onda «Ziror masjidi» ya’ni «Zararlik masjid» deb atamishdir.
Xudo rizoligi uchun solinmagan masjidlarning hukmi ham shunga yaqindur. Shunga
o‘xshash Islom shaharlarida masjidlar ko‘payishi, ularning oralari bir-birlariga yaqin
bo‘lishi qiyomat alomatlaridan hisoblanadi.
Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u joydan ko‘chib, yo‘lga chiqdilar.
Yiroqdan Madinaning qorasi ko‘rinib, Uhud tog‘iga ko‘zlari tushgach:
— Anavi ko‘ringan Toba shahri, bu ersa Uhud tog‘idur. Bizni tog‘ do‘st tutgay, biz ham
uni do‘st tutgaymiz, — dedilar.
Rasulullohning xabarlarini eshitgach, butun Madina xalqi — yoshu qari, xotun-bola
qolmay Saniyyatul vado’ degan tepa ustiga chiqib, Rasulullohni kutib oldilar.
Hojilarni, g‘oziylarni qarshi olmoq shu sababdan musulmonlarga sunnat bo‘ldi. Bular
ichida askarlikdan qochib, Madinada qolgan kishilar ham bor edi. Rasululloh aytdilar:
— Bularga hech kimarsa gapirmasin, ularning yuzlariga qarab boqmasin.
Shu so‘z bilan ota bolaga, og‘a iniga qarayolmasdan Madinaga kirdilar. Dastlab masjidga
kirib, ikki rakat namoz o‘qiganlaridan so‘ngra uylariga bormasdan xalq bilan ko‘rishgali
masjidda o‘ltirdilar. Shuning uchun ulug‘ safardan kelgan ummatlariga avval masjidga
tushib ikki rakat namoz o‘qish sunnat bo‘ldi.
Askarlikdan qochib, bu safardan qolgan kishilar ham kelishib, o‘z ayblarini yopmoq
uchun qasam bilan uzr aytishdi. Bularning aytgan so‘ziga, keltirgan hujjatlariga qarab,
yuzaki uzrlarini qabul qildilar. Ammo ichki ishlarini Allohga topshirdilar. Shu orada ansor
sahobalardan Ka’b ibn Molik kelib, Rasulullohga salom berdi. Bu kishi uzrsiz Madinada
qolganlardan edi. Avval g‘azablari kelib, so‘ngra:
— Kelgil, — dedilar.
Darhol oldilariga kelib o‘ltirdi. Unga qarab:
— Safarga atab bir tuya sotib olmish eding. Nechuk sen bu safardan qolding? — deb
so‘radilar.
Anda Ka’b ibn Molik:
— Yo Rasulalloh, dunyoda sizdan boshqa odam oldida o‘ltirgan bo‘lsam edi, yolg‘ondan
bo‘lsa ham uzr aytib qutulgudek so‘z topar edim. Agar yolg‘on uzr aytib sizni
qanoatlantirsam, Alloh meni g‘azab qilgaymu deb qo‘rqaman. Rostini gapirsam
achchig‘ingiz kelgay. Endi har qanday bo‘lsa ham to‘g‘risini gapiray. Alloh haqqi, Yo
Rasulalloh, hech qanday uzrim yo‘q edi. Sizdan qolgan kunlarimda safarga yetarlik
hamma jabduqlarim bor edi. Shundog‘ bo‘laturib menga nima bo‘ldi, bu muborak
safardan mahrum bo‘ldim, — dedi.
Rasululloh:
— Bu rostini aytadur. Sening haqqingda Alloh nima hukm qilsa, shuni ko‘rursan, —
dedilar.
Qolgan ikkovini ham chaqirib ulardan so‘rab edilar, ular ham rostini aytib: «Uzrimiz yo‘q
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |