www.ziyouz.com kutubxonasi
261
qulubil yaqinu, valirtiyabu kufrun van-niyahatu min amalil jahiliyyati. Valg‘ululu min juso
jahannama val kanzu kayyun min-nanari. Vash-she’ru mim Mazomiyri iblis. Val-xomru
jam-maulismi, van-nisou hibola tush-shaytoni, vash-shabobu sho’batun minal jununi. Va
sharrul makosibi kasbur riba va sharrul maokili aklu malilyatimi. Vas-sa’yidu man vu’iza
big‘oyrihi vash-shaqiyyu man shaqiya fi batni ummihi. Va innama yasiyru ahadukum ila
mavzi’i arba’ati azru’in, valmru biaxirihi va malokul amali xovatimuhu, va sharrur-ru’ya
ru’yal kazbi. Va kullu ma huva atin Qoribun, va sibabul mo‘mini fisqun va qitoluhu
Kufrun va aklu lahmihi mim ma’siyatillohi, va hurmatu malihi kahurmati damihi va man
yataallo alallohi yukazzibuhu, man yag‘fir yug‘farlahu. Va man ya’fu ya’fullohu anhu va
man yakzimil g‘ayza ya’jurhullohu. Va man yasbir alar-raziyyati yu’avvizuhullohu va
man yatba’is-sum’ata yusammiullohu bihi. Va man yatasabbar yuza’’ifullohu lahu va
man ya’silloha yu’azibhu, summastag‘fara salosan».
Xutbaning tarjimasi quyidagicha:
«Hamd-sanodan so‘ngra aytadurmanki, so‘zlarning eng to‘g‘risi Qur’on so‘zidir.
Insonning eng ishonchlik narsasi uning iymonidur. Dinlarning yaxshisi Ibrohim Halilulloh
tutgan Islom dinidur. Yo‘llarning yaxshisi Muhammad alayhissalomning yo‘lidur.
So‘zlarning sharofatligi Allohning zikridur.
Ergashmoqqa eng loyiq narsa shu Qur’ondur. Din ishlarining ulug‘i farzlaridur, eng
yomoni aning qo‘shimchalaridur. Ravishlarning yaxshisi payg‘ambar ravishlaridur.
O‘limlarning yaxshisi shahidlar o‘limidur. Ko‘rlarning ko‘ri Islom dinidan chiqishdur.
Ilmning yaxshisi, oxiratda foydaligidir. Boshlashning yaxshisi ergashilganidur. Ko‘rlikning
eng yomoni dil ko‘rligidir. Ustingi qo‘l ostingi qo‘ldan yaxshidur. Oz bo‘lib yetarlik bo‘lsa,
ozdirgan ko‘pdan yaxshidur. Uzrlarning eng yomoni o‘lim yetganda aytilganidur.
Pushaymonlar yomoni oxirat pushaymonidur. Ba’zi bir ixlosi yo‘q kishi, namozga kech
kelur. Qaysi birlari yolg‘ondan Alloh zikrini tilida qilur. Til yolg‘oni gunohlarning zo‘ridir.
Boylikning eng yaxshisi ko‘ngil boyligidur. Ozuqlarning eng yaxshisi taqvo ibodatdur.
Barcha yaxshilik boshi Xudodan qo‘rqmoqdur. Ko‘ngil saqlagan narsalarning eng yaxshisi
Allohga ishonmoqdur. Din ishlarida gumon qilmoq kufrdur. YOqa yirtib, soch yulib
yig‘lamoq, johiliyat odatlaridir. Yashirin xiyonatlar tamug‘ toshlaridur. Zakotsiz yig‘ilgan
oltin-kumushlar do‘zax tamg‘asidur. YOmon qo‘shiqlar aytish shayton surnayidur.
Chag‘ir (aroq) ichish barcha buzuqlik onasidur. Xotunlar (yomonlari) shayton tuzog‘idur.
YOshlik telbalikning bir butog‘idur. Kasblarning eng yomoni sudxo‘rlikdur. Shaqqiy
(yomon) onasidan tug‘ilgandayoq shaqqiy tug‘ilur. Har bir kishining borar joyi to‘rt gaz
yerdur. Har ishga oxirida baho berilur. Barcha ishning asosi tuganchisidur. Tushlarning
yomoni yolg‘onchining tushidur. Har kelguvchi bizga yaqindur. Musulmonni so‘kmoq
gunohdir, unga qurol ko‘tarmoq kufrdur, uni g‘iybat qilmoq ulug‘ yozuqdir (gunohdir).
Mo’minning qoni haromdur. Shunga o‘xshash aning moli ham haromdur. Bir ishni
qilurman deb qasam ichganlar uni qilolmaydilar, Alloh uni yolg‘onchi qilur. Kishi xatosini
kechirganni Alloh kechirur, uni afv qilganni Alloh afv qilur. Achchig‘ini yutgan kishilarga
Alloh ulug‘ ajr berur. Musibat ko‘rib sabr etguvchilarni o‘rnini to‘ldirur. RiYo qilguvchi
kishilarga Alloh ham riYo qilur. Ko‘plab sabr qilguvchilarga savob qatma-qat bo‘lur.
Amrini tutmaganlarni Alloh azob qilur.
Ey bor Xudoyo, mening va ummatlarimning gunohini kechirgil», deb uch marta aytdilar.
So‘ngra xalqqa qarab:
— O‘zim uchun, sizlar uchun Allohdan afv o‘tinaman,— deb so‘zni to‘xtatdilar.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda yigirma kun turganlaridan keyin
ko‘pchilik sahobalarning maslahatlari bilan Madinaga qaytmoqchi bo‘ldilar. Qaytishlari
ersa tog‘ yo‘li bilan dovon oshib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Askar ichidagi munofiqlardan o‘n
ikki kishi yashirincha:
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |