www.ziyouz.com kutubxonasi
258
vafot etdi. Rasululloh uning ustida hozir edilar. Sahobalar chiroq yorug‘ida qabr qazib
tayyorlashgandan so‘ngra, lahad ichiga Rasululloh o‘zlari tushdilar. Hazrati Abu Bakr
Siddiq, Hazrati Umar o‘likni ko‘tarishib, go‘r ichiga tushirishib berdi.
Rasululloh uni ko‘tarib o‘rniga qo‘yar chog‘da: «Ey bor Xudoyo, men bundan rozi edim,
endi Sen ham bundan rozi bo‘lg‘aysan, deb duo qildilar. Rasulullohning xos xizmatchisi
Abdulloh ibn Mas’ud ham shu yerda edi. Shu so‘zni anglagach, koshki bu chuqur egasi
men bo‘lur ersam na bo‘lg‘ay edi, deb yig‘ladi. Boshqalar ham buning o‘rnida biz bo‘lsak
erdik, deb yig‘lashdi.
Endi bu kitobni yozuvchi Alixon Sog‘uniy shu so‘zni ustiga kelganimda, munglik
ko‘nglimdan qo‘zg‘algan qayg‘ularim qaynar suvidek bo‘lib ikki ko‘zimdan oqqani turdi. U
kishi ersa, Rasulullohning muborak yuzlarini ko‘rmish, ko‘p yillar suhbatlarida bo‘lib, shu
davlat uzra ajali yetgan edi, yana uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qutlug‘
qo‘llari bilan tuproqqa topshirib qabrga qo‘yib, undan rizo bo‘lganligini bildirdilar va
uning uchun Allohdan rizolik so‘radilar. Endi bundoq kishining va yillar bo‘yicha
Rasulullohning muborak yuzlariga qarab o‘ltirib suhbatlarini topishgan butun
sahobalarning nima armonlari bordur? Ularda hech armon yo‘qdur. Butun armon
qilg‘udek ishlar shu zamondagi uning ummatlari — biz g‘arib mo’minlarning boshiga
kelmishdur. Chunki biz g‘arib ummatlari bir ming uch yuz sakson yil u zotdan keyin
qolib, fisq-fasod, buzuqchilik, dinsizlik qoplagan eng oxirgi zamon ichida turamiz. Bu
davrning axloqsiz madaniyati ostida insonlardan farishtalik, ya’ni yaxshilik sifatlari
yo‘qoldi. Hayvoniy, shaytoniy sifatlari rivoj olganlikdan uning ta’siri o‘tmagan hech kishi
qolmadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar bergan qiyomat alomatlari ersa yer yuzida
zohir bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib: «Qiyomat kunining
alomatlaridan biri shuldurkim, bir kishi o‘lgan bir kishining qabri oldidan o‘tayotganida,
shu qabrga qarab: «Koshki sening o‘rningda men bo‘lsam edi, degay. U esa tirik
yurganidan o‘lganini ortiq ko‘rgay», degan edilar.
Endi bu kishiga nega bundoq deydur? Bu to‘g‘rida kelgan hadislar mazmunicha, u zamon
kishilariga har yoqlama balo va ofatlar yog‘ilib, dunYo hokimiyati har joyda dahriylar,
dinsizlar qo‘lida bo‘lgay. U kundagi musulmonlar ersa gunoh ishlarini oshkora qilgaylar.
Ular oldida halol-haromning farqi qolmagay. Shu bilan dinlari barbod bo‘lgay, islomiyat
axloq-odoblaridan ajragaylar, shariat hukmi o‘rtadan butunlay ko‘tarilgay. Zulm-xiyonat
ishlari barcha xalqni qoplagay. Yeb-ichib kiyganlari, topgan-tergan mollari butunlay
harom-xarishdan bo‘lgay. Shuning uchun qilgan duolari qabul bo‘lmagay. Rasululloh
payg‘ambarlar noibi degan olimlardan hech kim qolmagay, ular o‘rniga aldamchi,
yolg‘onchi, chala mulla — dinbuzarlar qolgaylar. Payg‘ambarimiz ularni o‘sha zamonning
eng yomon odamlaridur, derdilar. Fuqaro xalqning o‘z boshlari, oilalari, mol-dunyolari
ustidan u zamon hukumatlari ixtiyorsiz, nohaq hukmlar yurgizgaylar, hech kimda
hurmat-obro‘ qolmagay. Kishilarning ko‘pchiligi xor-zorlikda qolib, baraka ko‘tarilgay.
Insonlar shu holga yetganda tirik yurib qiynalgandan o‘lishni afzal ko‘rgaylar. Yuqoridagi
hadisni sharhini ko‘rib, qisqacha tarjimasini yozdim.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga aytdilar:
— Mendan keyin bir zamon kelur, men uni ko‘rmayman, sizlar ham uni ko‘rmanglar. U
zamon keldi ersa, chin olim so‘zini olmagaylar, ulug‘ odamlardan uyalmagaylar, din
so‘ziga quloq solmagaylar. Mana shundog‘ bo‘lib, din-dunYo ishlariga qattiqchilik kelgan
kunlarda har qancha qiynalsa ham, o‘z dinidan ajramay yurib o‘lgan bir musulmon yuz
shahidning savobini topgay. Qiyomatgacha bir toifa ummatim haq yo‘ldan adashmagay.
Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan qiyomatgacha haq yo‘ldan
adashmaydirgan shu toifa ummatlariga atab, ushbu kitobni yozdim. Ko‘nglim to‘q,
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |