www.ziyouz.com kutubxonasi
122
— Meni Alloh taolo olam xalqini haq dinga chaqirmoqqa, alarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoq
uchun yubordi. Men Alloh tomonidan butun xalq uchun rahmat keltirdim. La’nat o‘qib,
odam bolalarini o‘ldirmak uchun kelganim yo‘q, — dedilar.
So‘ngra «Allohummahdi qovmiy vag‘firlahum, fainnahum la ya’lamun». Ya’ni: «Ey bor
Xudoyo, qavmimni haq yo‘lga solgin, yozuqlarini kechirgil, chunki ular bilmaydilar», deb
duo qildilar.
Bu Uhud urushida bir necha sahoba xotunlar ham urushga qatnashgan edilar. Alardin
biri Ummu Ammora otliq bir xotun erdi. Bu xotun ersa, eri Zayd ibn Osim va ikki o‘g‘li
bilan to‘rt kishi bo‘lib, urushga kirdilar. Bular haqida Rasululloh «Rohima kumullohu ahlal
bayti», ya’ni, «Alloh taolo barcha oilalaringni rahmat qilsin», deb duo qildilar. Ummu
Amora buni anglab:
— YO Rasululloh, yana duo qilgaysizkim, jannatda siz bilan birga bo‘lgaymiz, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Ey bor Xudoyo, bularni jannatda menga rafiq qilgaysan, — dedilar. Rasulullohdin bu
so‘zni onglagach: «Endi dunyoda nima musibat ko‘rsam parvoyimga kelmas», deb
mardonalardek urushga kirdi. Rasulullohning oldi-orqa, o‘ng-so‘llaridan hech ajralmay
yurib urushdi. Va shul kuni o‘n ikki joyidan yaralandi raziyallohu anho.
Yana bu g‘azotga kirgan xotunlarning birisi Ummu Ayman Barakadur. Bu xotun ersa,
Rasulullohni kichikliklarida ko‘tarib boqqan, otalari Abdullohdin meros qolgan dodaklari
erdi. Rasululloh buni asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisaga nikohlab berdilar. Bundan
Usoma ibn Zayd tug‘ildi. Mu’ta g‘azotida besh ming askarga bu o‘g‘ilning otasi Zaydni
bosh qo‘mondon qilgan edilar. Bu muborak xotun yaradorlarga suv bermak niyati bilan
Madinadan chiqayotganlarida, Uhud urushidan qochquvchilarga qarshi keldi. Alarning
yuz-ko‘zlariga qum tuproqlar sochib:
— Ey o‘limdan qo‘rqqan nomardlar, Rasulullohni dushmanlar qo‘liga qoldirib, uyalmay
nechuk kelursiz, yo‘q ersa, xotunlardek egirchak olib egiringlar, qilich-nayzalaringizni biz
xotunlarga topshiringlar, — deb shundoq so‘zlar bilan alarni qattiq uyaltirdi.
O‘zi Uhud maydoniga qarab jo‘nadi, ko‘rdiki, bu urush musulmonlar ziyoniga aylanibdur.
Rasulullohning vujudi-shariflari, bosh-oyoqlari degudek, bir qancha joylari yaralanibdur,
buni ko‘rib, toqat keltirolmay, qilich olib urushga kirdi. Kofirlar tomonidan Habbob degan
kishi bu muborak xotunni nishonga olib o‘q otdi, arablar odaticha, xotun va bolalarni
o‘lja olish bo‘lsa ham, alarni urish, o‘ldirish yo‘q edi. Ammo ul nomardning otgan o‘qi
Ummu Aymanga kelib tegib, yiqildi. Bu qilgan ishiga maqtanib, u kofir qattiq kuldi.
Rasululloh buni payqab turgan edilar. Bu holni ko‘rib, qattiq xafalandilar. YOnlarida o‘q
otib turgan Sa’d ibn Abi Vaqqosga uchida tig‘i yo‘q quruq yog‘och o‘q olib berdilar va:
«Buning bilan u kofirdan Ummu Ayman qasosini qaytargil» dedilar. So‘ngra Sa’d ibn Abi
Vaqqos tig‘siz yog‘och o‘qni unga qaratib otgan edi, xato qilmay, bo‘g‘iziga tegib, shul
onda yiqildi. Buning chalqancha tushib yiqilganini ko‘rib, Rasululloh ham kuldilar. Bir
zum ilgari Ummu Ayman yiqilganida bu kofir xush bo‘lib kulgan edi, xiyol o‘tmay bu ish
o‘z boshiga tushdi. Buni ko‘rib Rasululloh:
— Ey bor Xudoyo, Ummu Ayman qasosini Sa’d qaytardi, aning duosini sen har vaqt
ijobat qilgil, — dedilar.
Shuning uchun bu duo barakotidan Sa’d ibn Abi Vaqqosning duolari hamisha maqbul edi.
Ma’lumdurki, ushbu Uhud urushida dushmanlarning soni o‘n mingga yaqin edi. Bularga
qarshi qo‘yilgan islom qo‘shini mingga yetmas edilar. Yuqorida aytilishicha, urush
boshlanishi bilan musulmonlar g‘alaba qozongan bo‘lsalar, o‘zlari sabab bo‘lib, bu
g‘alabani qo‘ldan chiqardilar. Mana shuncha ko‘p dushman askarlari ichida qancha
bahodirlar bor ersa, barchalari Rasulullohni o‘ldirmak qasdida ustilariga hujum qilishib
ko‘rdi. Lekin, Alloh taolo Payg‘ambarimizni saqlab, alardin hech birlari maqsadlariga yeta
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |