www.ziyouz.com kutubxonasi
124
— deb so‘radi. Omonliklarini onglab: «Ey Abu Bakr, endi bizga har qancha musibat
yetsa, osondur», dedi. Ya’ni, Rasulullohni tirik ko‘rishdan umidlari uzilmish edi. Tirik
borliklarini anglagach, buning quvonchligida boshqa mehnat mashaqqatlarini unutdilar.
Yana sahobalardan Abdulloh ibn Jahsh, amir Hamzaning jiyanlari Uhud shahidlaridan
edi. Uhud urushiga chiqardin bir kun ilgari shundoq deb duo qildilar:
— Ey bor Xudoyo, erta urush maydonida qattiq ko‘ngillik, bir dushman bahodirini menga
yo‘liqtir. Ul meni o‘ldirgan so‘ngida, unga qanoat qilmay, ko‘zimni o‘yib, quloq
burunlarimni kesib tashlasin. Tongla qiyomat kuni sening dargohingga borganimda: «Ey
Abdulloh, nega quloq-burning kesilmishdur, deb so‘ragaysan. — Sening yo‘lingda,
payg‘ambaring yo‘lida kesildi, deganimda, «Rost aytursan», deb bu yo‘lda chinligimni
bildurursan, — dedi. Darhol duolari qabul bo‘lmish edi, o‘zi degandek kofir
bahodirlaridan Axnas ibn Shurayq degan kishi qo‘lida o‘ldirildi. So‘ngra quloq-burunlari
kesilib, ko‘zlari o‘yilib, shahidi a’lo darajasiga yetdilar.
Shu kundagi urushda chopib turgan qilichi temir sovutlar ustiga qattiq urganlikdan uzilib
ketgan edi. Rasululloh buni ko‘rib, darhol bir xurmo yog‘ochi shoxini olib, qo‘liga
berishlari hamon, ul yog‘och qilichga aylandi. Uning otini Urjun qo‘ydilar. Urjun, deb
arab tilida xurmo shoxini aytilur. Bu mo’jizalik qilich Abdulloh ibn Jahsh bolalari qo‘lida
uzoq yillar saqlanib keldi. Abdullohning onasi — Umayma Abdulmuttalib qizi
Payg‘ambarimizning ammalari edi. Bu er yigitni o‘ldirguvchi kishini ko‘p hayol o‘tmay,
shu maydonda Hazrati Ali o‘ldirdi.
Yana ulug‘ sahobalardin shu urushda Hazrati Hanzala shahid bo‘ldi. Madinaga Islom dini
kirmasdan ilgari, yerlik arablar raisi, yuqorida sifati aytilgan Abu Omirning o‘g‘li edi.
Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelganlaridan so‘ngra, ul kofir Islomdan yuz o‘girib,
o‘ziga qarashlik kishilar bilan Madinadan chiqib, Makka kofirlariga qo‘shilmish edi. Bu
urushda eng avval Rasulullohga qarab qarshi o‘q otgan kishi ham shul edi. Hazrati
Hanzala Xudo yo‘lida otasini o‘ldirish haqida Rasulullohdan izn so‘ragan bo‘lsa ham, bu
ishga ruxsat qilmadilar. Uhud so‘qishida kofirlar tarafida askar boshlig‘i bo‘lgan kishi Abu
Sufyon edi. Hanzala, raziyallohu anhu, Abu Sufyonga hujum qilib, aning otiga qilich
soldi. Andin yiqilishi barobar, qo‘rqqanidan Abu Sufyon qattiq qichqirib yubordi. Hazrati
Hanzala qilich ko‘tarib, Abu Sufyonni chopgali turganda, uning soqchilaridan Shaddod
ibn Asvad chaqqonlik bilan Hanzalaga qilich urib, ani shahid qildi. Rasululloh aytdilar:
— Na ishdurkim, maloikalar Hanzalani bulut ustiga ko‘tarib, kumush tos ichida
yuvayotganlarini ko‘rdim,— dedilar. Buning sababi ersa, Hazrati Hanzala shul kuni
Madina qizlarining biriga yangidan uylangan edi. Ertasi kuni urush boshlanmoqchi bo‘lib
qoldi. Yangi kelin ustida bir kecha qo‘nmoqqa Rasululloh izn berdilar. Shu kecha xotin
tush ko‘rsa, tushida osmon yorildi. Hanzala yoriqning u yog‘iga o‘tib g‘oyib bo‘ldi. Bu
ko‘rgan tushining ta’biricha, shu urushda uning shahid bo‘lishini xotini gumon qildi, uzun
tun o‘tib bir-birlariga yovuqlashmadilar (yaqinlashmadilar). Erta namozini o‘qigandin
so‘ngra bu ish voqe’ bo‘ldi. Mana shu chog‘da bular g‘usl-tahorat olmasdin ilgari borliq
askarlar tezdin dushmanga qarshi chiqsin, deb Rasulullohdin buyruq chiqdi. Buyruq
kechiktirilmasin, deb g‘usl qilmasdin, yugurib chiqib askar safiga qo‘shilmish edi.
Rasululloh bu xabarni onglagandin so‘ngra: «Hanzalani farishtalar yuvganlarining sababi
shu ekan» — dedilar. Bu muborak kishini butun Hadis kitoblarida «G‘asisul maloika» deb
ayturlar. Ya’ni, «farishtalar yuvgan kishi» — demakdur. Otasi Abu Omir bo‘lsa, tamom
umrini Rasulullohga dushmanlik qilib o‘tkazdi. Kundan-kunga Islom rivoj topganini
ko‘rib, hasadi oshib ketgandin arab yerida chidab turolmay, oxiri Shom viloyatiga qarab
qochdi. YOlg‘izdan-yolg‘iz qolib, har yerda urilib-surilib yurib, xor-zorlik bilan, iymondin
ulush ololmay, kofir qavmida o‘ldi. Buning o‘g‘li Hanzala, shahidi a’lolik darajasiga yetib,
aning jasadini bulut ustida farishtalar yuvdilar. O‘ylab qarasak, bu qandoq nozik,
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |