www.ziyouz.com kutubxonasi
67
tutib, keltirur bo‘lsa, yuz qizil tuya berurman», deb yana jar chaqirtirdilar. Shuning bilan
Payg‘ambarimiz Savr tog‘ining g‘orida uch kun yotdilar. Shu kunlarda Hazrati Abu
Bakrning cho‘ng qizlari Asmo, o‘g‘illari Abdulloh, qullari Omir ibn Fuhayra mana shu
uchovlari keraklik xizmatlarni bajarib turdilar. Butun xalq ichidagi xabarlarni, Quraysh
raislarining qilgan qattiq harakatlarini Abdulloh yetkazur edi. Osh-ovqatlaridin Asmo
xabar olur edi. Omir ibn Fuhayra Abu Bakr Siddiqning qo‘y-echkilarini o‘tlatgan bo‘lib,
g‘or atrofiga tushgan kishi izlarini alarga bostirib yo‘qotur edi. Shundog‘ qilib, uch kun
o‘tgandan keyin, Hazrati Ali ilgari tayyorlab qo‘yilgan uch tuyani kechalab, tog‘ tagiga
kelturdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |