www.ziyouz.com kutubxonasi
265
suyunganlaridan kulib yaltirab ketgan edi.
— Ey Ka’b, senga bashorat bo‘lg‘aykim, tug‘ilgan kuningdan buyon bunday yaxshilik
yuzini ko‘rmagandirsan, tavbang qabul bo‘ldi, — dedilar.
— Bu iltifot sizdanmi, Yo Allohdanmi? — deb so‘radim.
— Yo‘q, bu ish mendan emas, balki Allohdan bo‘ldi,— dedilar.
Anda Ka’b aytdi:
— Muning shukronasiga butun molimni Xudo yo‘liga sadaqa qilurman.
— Yo‘q, ozrog‘ini sadaqa qil, qolgani bo‘lsa, o‘zingda tursin, shundoq qilganing
yaxshiroqdur, — dedilar.
Hazrat Ka’b:
— Yo Rasulalloh, men sizga rost so‘zlaganim uchun bu yaxshilikka yetdim. Endigi
qolmish umrimda, yolg‘onga yaqin kelmaslikka, chin so‘zdin boshqani gapirmaslikka ahd
qildim, — dedi.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu uchovlarini tavbalari qabul bo‘lishi
haqida kelgan Tavba surasidagi shu oyatni unga o‘qib berdilar:
«Va ala salosatillazina, xullifu hatta iza zoqat alayhimul arzu bima rahubat va zoqat
alayhim anfusuhum va zannu alla maljaa minallohi illa ilayhi summa toba alayhim,
liyatubu innalloha huvattavvabur-rohim». Ya’ni: «Tabuk g‘azotidan qolg‘on uch kishiga
ham Alloh tavba nasib qildi. Ular ersa xafalikdan shu holga kelganlar ediki, yer yuzi shu
kengligi bilan ularga tor bo‘ldi, g‘am-g‘ussaning ko‘pligidan o‘z joylariga ham o‘zlari
sig‘madi. Bildilarkim, Allohdan o‘zga sig‘inarlik hech o‘rin yo‘qdur. So‘ngra bular qilgan
gunohlariga tavba qildilar. Alloh taolo tavbalarini qabul qildi. Shu uchunkim, ul Alloh
tavba qabul qilguvchi bek mehribondur».
Yuqorida qissalari o‘tgan shu uch kishidan boshqa madinalik sahobalardan yana o‘n ikki
kishi uzrsiz, ruxsatsiz bu g‘azotga chiqmasdan Madinada qolishgan edi. Bulardan yetti
kishi Rasululloh bilan qanday ko‘rishishlarini bilisha olmay, oxiri o‘zlarini masjid
ustunlariga bog‘lashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ko‘zlari tushdi
ersa: «Anavilar kimlar?» deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, Abu Luboba va uning yo‘ldoshlaridur. Siz bilan safarga chiqolmay
qolganlari uchun pushaymon bo‘lishib, masjid ustunlariga o‘zlarini bog‘labdurlar.
Allohdan gunohlarini so‘rab, sizdan afv o‘tinadilar, — deyishdi.
Anda Rasululloh:
— Qasam qilurmankim, ularni Alloh o‘zi bo‘shatmaguncha, men bo‘shatmaydurman.
Keltirgan uzrlarini qabul qilmaydurman. Chunki ular dunYo rohatini meni suhbatimdan
ortiqroq ko‘rdilar. Mo’minlar bilan g‘azotga chiqishdan bosh tortdilar, — dedilar.
Rasululloh so‘zlari ularga yetgach, qattiq qayg‘urishib:
— Alloh gunohimizni kechib, o‘zi bo‘shatmaguncha hech vaqt biz ham o‘zimizni
bo‘shatmaymiz, shu bog‘langanimizcha Allohdan umid qilib turamiz, — deb aytishdi.
So‘ngra ular haqida Alloh taolodan bu oyat keldi:
«Va axaruna’tarafu bizunubihim xalatu amalan solihan va axara sayyian asallohu an
yatuba alayhim innalloha g‘afurur-rohim». Ya’ni, «Ulardan boshqalari ham qilgan
gunohlariga iqror bo‘lishib o‘kindilar, yaxshilik ishlari ham bor edi, bu yomon ishni ham
qildilar, yorlaqovchi rahmlik mehribon Xudo bularning ham gunohlarini kechirgusidir».
Tanbeh (eslatma): Kishi bir gunoh ishni qilgandan keyin, uning yomonlig‘ini ko‘ngli sezib
pushaymon bo‘lar ekan, albatta bu ish mo’minlikning belgisidur. Chunki dilida iymoni bor
kishi bir gunohni qilib qo‘ysa, ortidan unga pushaymon qilishi aniqdur.
Alloh saqlasin, har qancha gunoh ishlarni qilsa ham parvoyiga kelmasa, uning
yomonligini ko‘ngli sezmay, balki undan lazzatlansa, bunday odamning ko‘ngliga iymon
nuri aslo kirmagandur, yoki kirgan bo‘lsa ham u chirog‘ o‘chganligining ochiq alomatidur.
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |