www.ziyouz.com kutubxonasi
210
javobini berdi.
Uchinchisida Usmon ibn Talhaga borib shu so‘zni unga ham aytmoqchi bo‘lib edi, yana
ko‘ngliga keldi. Bu kishining otasi, amakisi, bir tug‘ishgan qarindoshlaridan to‘rt kishi
Uhud urushida o‘ldirilgan edilar. Chunki bu odam Quraysh ichida Abdariy urug‘idan
bo‘lib, urush kunlari askar safi oldida tug‘ tutib turmoq bularning xos vazifalari edi. Uhud
urushi boshlanishi bilan tug‘ ko‘targanlardan olti kishi ketma-ket o‘qqa uchirilmish edilar.
Alarning barchalari bir urug‘dan edi.
Bu voqea Xolidning yodiga kelib, so‘z aytishga jur’at qilmadi. Shunday bo‘lsa ham, u
nima der ekan deb:
— Ey Usmon, bizning holimiz Muhammad oldida, ovchidan qochib iniga kirgan tulkiga
o‘xshab qoldi. Agar unga bir mesh suv to‘ksalar, chiqmaslikka choramiz yo‘qdur, — dedi.
U ham bu so‘zni anglagach, qaraganicha to‘xtab qoldi. Bundan umidlanib Safvon,
Ikrimaga aytgan so‘zini unga aytib erdi, ul:
— Rost aytursan, shunday qilaylik, — deb, shu kecha ko‘rishur joylarini va’dalashdilar.
Tong otib qolganda shul joyda ikkovi topishib, ertalab yo‘lga chiqdilar. Hudda degan
manzilga kelgan chog‘da qarasalar, Amr ibn Os shu joyda o‘ltiribdur. «Marhabo, xush
ko‘rdik» deyishganidan keyin Amr ibn Os bu ikkovlarining qayoqqa borishlarini, nima
niyatda Makkadan chiqqanlari so‘radi, alar esa rostini aytib:
— Islomga kirish niyati bilan chiqdik,—dedilar. So‘ngra Xolid:
— Ey Amr, Alloh haqqi, har qancha yashirganimiz bilan haqiqat oshkora bo‘ldi. To‘g‘ri
yo‘l ochiq ko‘rinib Muhammadning payg‘ambarligida mening hech gumonim qolmadi.
Shunday bo‘lgach, endi qachongacha yo‘q bahonalarni qilib, haqiqat yo‘lidan chetlab
yuramiz. Biz uchun yaxshisi shul bo‘lgaykim, Muhammad oldiga borib, iymon keltiraylik,
— dedi.
Anda Amr:
— Men ham shul niyat bilan bu joyga keldim, — deb, uchovlari birgalashdilar. Alarning
iymon keltirishiga sabab shul edi.
Hijratning beshinchi yili Quraysh qo‘shini Xandaq urushidan ruhlari tushib qaytdilar.
Chunki bu urushda askarlarining sonlari to‘rt barobar ortiq ersa-da, o‘zlari uchun
foydalik hech qanday ish ko‘risholmay qaytgan edilar. Bu ishdan alarning ko‘ngillari
cho‘kib, ruhlari tushgan edi. Safardan qaytishib Makkaga kelgandan so‘ngra, Amr ibn Os
Quraysh kattalarining majlislariga kelib:
— Barchamiz ko‘rib turibmiz, Muhammad ishi kundan-kunga rivoj topib ko‘tarilgali turdi.
Ko‘zing ko‘rib turgach, bu ishga chidab turish mumkin emas. Shuning uchun men
Habashistonga hijrat qilmoqni ixtiyor qildim, — dedi.
Habash podshosi Najoshiy qoshiga borib, zamonga qarab vaqt kutib turgayman. Agar bu
ishda Muhammad yengib chiqar ekan, uning qo‘l ostida turib yashagandan Najoshiyning
qo‘l ostida turishimiz yaxshiroqdur. Bizlarga tarafdor qavmimiz agar yengar bo‘lsalar, u
chog‘da biz qaytib kelsak, yaxshilikdan boshqani alardan ko‘rmagaymiz, — dedi.
Buning so‘zini barchalari to‘g‘ri dedilar. Andoq bo‘lsa, Najoshiyga yaxshi ko‘rgan
narsalaridan tortiq yig‘aylik, deyishib qo‘y-echki terisidan ishlangan bir muncha yaxshi
raxt yig‘ishib berdilar. Shuning bilan Amr ibn Os Habashistonga yetgach, to‘g‘ri borib
Najoshiy saroyiga tushdi. Xuddi shu chog‘da Amr ibn Umayya Rasululloh tomonidan elchi
bo‘lib, bu ham borib qolgan edi. Hazrati Ja’far boshliq Najoshiy himoyasida o‘n yildan
beri turishgan muhojir sahobalarni Madinaga olib qaytmoq uchun Najoshiyga noma yozib
yubormish edilar. Buni ko‘rib Amir ibn Os o‘z yo‘ldoshlariga:
— Men Najoshiyga kirib, bu kishini bizga bering, deb so‘rab ko‘rgayman. Agar bizga
berdi ersa, to‘xtovsiz o‘ldiraylik, chunki u Muhammadning eng yaqin kishilaridandir. Agar
uni o‘ldirur bo‘lsak, Qurayshni rozi qilgan bo‘lamiz, — deb, shu maqsad bilan to‘g‘ri
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |