www.ziyouz.com kutubxonasi
213
HAVOZIN VOQEASI
Yana shul yettinchi yilning barot oyida Rasulullohga shunday xabar yetdikim,
Makkagacha ikki-uch kunlik Turba degan yerda Havozin qabilasidan bir firqa kishilar
chiqib, Islomga qarshi harakatda bo‘lmishlar. Buni anglab Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam o‘ttiz kishilik bir bo‘luk askarga Hazrati Umarni boshliq qilib, alar ustiga
yubordilar. Kechasi yurib, kunduzi yashirinib, dushman yeriga kelib qarasalar, alardan
hech narsa bu joyda qolmabdur. Bularning kelishlarini bilib qolishib, oldinroq tog‘ma-tog‘
qochib ketmish edilar. Bu yerdan boshqa yoqqa o‘tishga Rasulullohdan ruxsat bo‘lmagan
edi. Shu bilan hech yerda dushmanga uchrashmay, urush-talashsiz Madinaga qaytib
keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |