Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
Najoshiyning oldiga kirdi. 
Habashlar odaticha Najoshiyga qarab bosh qo‘ydi, buni ko‘rib, Najoshiy:  
— Xush kelding do‘stim, u yoqning tansiq narsalaridan bizga nima keltirding? — deb 
so‘radi. 
Keltirgan tortiqlarini aning oldiga yetkazdilar. Bu ham qiziqib, u narsalarni qabul qildi. 
Buni ko‘rgach, ko‘ngli ko‘tarilib: 
— Siz podshodan bizning bir talabimiz bordur, bu ham bo‘lsa dushmanimiz 
Muhammadning elchisi sizga kelmishdur. O‘tgan urushlarda Muhammad bizlarning bir 
necha raislarimizni o‘ldirgan edi. Agar shu kelgan kishini bizga berur bo‘lsangiz, 
Muhammad o‘ldirgan kishilarimizning biri o‘rniga qasos qilib o‘ldirur edik, — dedi. 
Bu so‘zni anglashi bilan Najoshiyning qattiq g‘azabi keldi. Oldiga chaqirib olib, Amrning 
burniga bir musht urdi. Buning zarbidan burun tarnovi singudek bo‘ldi. Bu ishning 
xijolatidan yer yorilgan ersa, anga kirib qutulg‘ay edi. 
So‘ngra Amr hushiga kelgach: 
— Agar podshoh bu so‘zni yoqtirmasligini bilsam, hech qachon bunday so‘zni gapirmas 
erdim. Uning tutgan dini barcha dinlarga qarshi bo‘lganligidan bu so‘z sizga xush 
kelgaymu deb o‘ylagan erdim, — dedi. 
Anda Najoshiy aytdi: 
— Ey Amr! Muso payg‘ambarga Allohdin vahiy keltirgan Jabroil alayhissalom ul kishiga 
ham vahiy keltirib turgay. Endi shunday ulug‘ Allohning payg‘ambari yubormish elchisini 
menim oldimda qanday o‘ldira olursan? Qasam bilan ayturman, uning keltirgan dini 
albatta haq dindur. Misr podshosi Fir’avn payg‘ambar Muso oldida qanday yengildi, unga 
qarshilik qilib oxiri butun lashkarlari bilan suvda g‘arq bo‘ldilar. Shunga o‘xshash 
Muhammadning dushmanlari ham bir kuni undan albatta yengilgaylar. 
Najoshiyning so‘zidan ta’sirlanib Amr:  
— Agar sizning qo‘lingizda iymon keltirib, Islomga bay’at bersam bo‘lg‘aymu? — dedi.  
Anda Najoshiy: 
— Yaxshi bo‘lg‘ay, — deb qo‘lini sunib andin bay’at oldi. Amr ibn Os Najoshiyga shu 
yerda bay’at berib, aning qo‘lida musulmon bo‘ldi. So‘ngra u yerdan chiqib Madinaga 
bormoqchi bo‘lib, Hudda degan manzilga kelib turganida Xolid ibn Valid va aning 
yo‘ldoshi Usmon ibn Talha kelishib qoldi. Ular bilan ko‘rishib, uchovlari bir-birilarining 
maqsadlarini anglashgandan so‘ngra Madinaga qarab yo‘lga tushdilar.  
Lekin bularda: «Rasululloh bilan qanday ko‘rishamiz?» degan qattiq xijolatlari bor edi. 
Madina shahrining ichiga kirmay turib, Harra degan joyga kelganlarida to‘xtashib, shu 
yerda tuyalarini bog‘ladilar. Bular ko‘rishmay turib, bularning kelayotgan xabarlari 
Rasulullohga yetgan edi. Buni anglagach, Rasululloh suyunganlaridan sahobalarga 
qarab: «Makka shahri o‘z jigarporalarini yubormishdur», dedilar. 
Bularning kelishlari ersa barcha musulmonlarga ko‘p quvonchlik bo‘ldi. Xolidning akasi 
Valid bularni to‘sib chiqmish edi. Ko‘rishgandan so‘ngra alarga: «Ildamroq yuringlar, 
chunki Rasululloh kelganlaringni anglab, suyunganlaridan sizlarni kutib o‘tiribdurlar», 
dedi. Shunday bo‘lsa ham o‘tmishdagi Rasulullohga qilgan qarshilik ishlaridan qattiq 
hijolatda edilar. Hammadan ilgari hazrati Xolid xijolatlik bilan kelib Rasulullohga salom 
berdi. Suyunganlaridan muborak yuzlari nurlanib yaraqlab, tabassum bilan aning 
salomiga javob qaytardilar. Hazrati Xolid ham darhol kalima aytib, iymon keltirdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolidning hidoyat topib Islomga kirgani uchun 
Allohga hamdu sano aytgandan so‘ngra dedilar: 
— Ey Xolid, men burundan bilur edim, Alloh taolo senga aql gavharidan nasiba bermish 
edi. Oxiri o‘shal aql seni yetaklab haq yo‘lga keltirmishdur. Islomning haqligi senga 
yashirin qolmas deb o‘ylar edim. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish