www.ziyouz.com kutubxonasi
192
Anda Rasululloh aytdilar:
— Ey Umar, men rozi bo‘lg‘on ishga nechuk sening roziliging yo‘qdur?
Bu so‘zga qarshi Hazrati Umar:
— YO Rasulalloh, siz Xudoning haq payg‘ambari emasmisiz, bizlar haqlik uzra bo‘lib,
kofirlar botillik uzra emaslarmu? Biz haq din uzradurmiz, kofirlar esa botil din uzradurlar.
Biz o‘ldurulsak jannatga kirishimiz, kofirlar esa do‘zaxga ketishlari aniq emasmu? —
dedilar.
Anda Rasululloh:
— Albatta, aniqdur, — dedilar.
— Endi so‘z shundoq ersa, biz nechuk bu xorliqqa rozi bo‘lamiz? Bu shartnomadagi og‘ir
shartlarni qabul qilmoq biz uchun haqoratdur.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Ey Umar, men bo‘lsam Xudoning payg‘ambaridurman, unga qarshilik qilmasman, ul
meni hech vaqt yordamsiz tashlamagay.
Bu javobdin so‘ng Hazrati Umar ham rozilik berdi, bu ish Alloh izni bilan bo‘layotganini
bilgach, yana savol qildilar:
— Yo Rasulalloh, bu safarga chiqar chog‘imizda Makka shahriga kirgaymiz. Baytullohni
tavof qilgaymiz, deb aytgan edingiz. Endi bu sulhnomaning shartlariga ko‘ra Makkaga
kirmay, Baytullohni ziyorat qilmay, Madinaga qaytmoqchi bo‘ldik. Bunday bo‘lgach, bu
haqda aytgan xabaringiz qandoq bo‘ldi? — dedi.
Anda Rasululloh:
— Ey Umar, Makkaga kirib, Baytullohni ziyorat qilamiz deganim aniqdur. Ammo shu yili
Makkaga kiramiz deb aytganimni eshitdingmi?
Hazrati Umar:
— Eshitganim yo‘q, yo Rasulalloh, — dedilar.
Rasululloh:
— Andoq ersa, albatta bu aytgan so‘zimning bo‘lishi haqdur. Kelasi yili Makka shahriga
kirib, Baytullohni ziyorat qilurmiz, — dedilar.
Rasululloh deganlaridek, bir yildan so‘ngra shu kelgan askarlar Makkaga kelib,
Baytullohni ziyorat qildilar.
Shuning bilan sulhnoma yozilib bo‘lgach, Haramga atalgan tuyalarni so‘yib, go‘shtlarini
faqirlarga taqsim qilib bermakka buyurdilar. Bu tuyalarning soni yetmishga yaqin bor
edi. Bular ichida bir bug‘ro tuya bo‘lib, aning Arabistonda nomi chiqqan edi.
Ul ersa ilgari zamonda Abu Jahlning tuyasi edi. Badr urushida Abu Jahl o‘ldirilib, bu tuya
o‘lja olinmish edi. Sulh tamom bo‘lgach, bu atalmish tuyalarni keltirib so‘ymoqchi
bo‘ldilar. Shu vaqtda bu tuya qochib Makkaga kirib, Abu Jahlning qo‘rasiga borib
to‘xtadi. Tuya orqasidan Amr ibn G‘anama degan sahoba quvlab yetib keldi. U kishi ersa
ansor sahobalaridan erdi. Makka mushriklarining yosh-yalanglari bu tuyani ko‘rishib, uni
bermaslik uchun janjal qildilar.
Anda Suhayl ibn Amr:
— Agar bu tuyani olmoqchi ersangiz, buning bahosi uchun Muhammadga yuz tuya
tenglab ko‘ringlar. Agar qabul qilur ersa, u chog‘da olsangizlar bo‘lur. Yo‘q esa, bu
tuyaga tegina ko‘rmanglar. Tuzgan ahdnomamizni o‘zimiz buzgan bo‘lurmiz, — deb
alarni qaytardi.
Shuning bilan bir tuyaga yuz tuya bermoqchi bo‘lishib, o‘rtaga kishi qo‘ydilar. Anda
Rasululloh:
— Agar Baytullohga hadya qilib atalmagan bo‘lsa edi, bu yuz tuyani qabul qilur edim.
Xudo yo‘lida atalgan narsani o‘zgartib bo‘lmag‘ay, — deb so‘zlarini rad qildilar.
Shuning bilan barcha tuyalar bo‘g‘izlanib, go‘shtlari faqir-miskinlarga tarqatildi. Hadyi
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |