www.ziyouz.com kutubxonasi
194
Anda Ummu Gulsum:
— YO Rasulalloh, Xudo uchun, Payg‘ambar uchun hijrat qilib keldim. Men ersam xotin
kishidurman, o‘zingiz bilursiz xotinlarda bo‘shlik, chidamsizlik bo‘lg‘ay. Agar meni
Makkaga qaytarur ersangiz, alarning qiynovlariga chiday olmayman. Unda meni
dinimdan ajratgaylarmu, deb qo‘rqib keldim, — deb aytdi.
Bu so‘zdan ko‘p vaqt o‘tmay, bu xotinning Ammora, Valid degan ikki qarindoshi ortidan
quvlab keldilar.
Alar Rasulullohga yo‘liqishib, ko‘rishgandin so‘ngra:
— Ey Muhammad, o‘rtamizdagi yozilmish ahdnoma shartlari bo‘yicha qarindoshimizni
qaytarib berishing kerakdur, — deyishdi.
Rasululloh shartnomada xotin kishining so‘zi yo‘qdur, deb qabul qilmadilar. Shu orada
Allohdan oyat nozil bo‘ldi:
«YO ayyuhallazina amanu iza ja’akumul muminatu muhojirotin famtahinuv hunna».
Ma’nosi: «Ey mo‘minlar, agar xotinlar hijrat qilib Makkadan Madinaga kelsalar, alarni
sinab ko‘ringlar. Agar aniq Xudo uchun, din uchun hijrat qilib kelgan bo‘lsalar, unday
xotinlarni qaytarmanglar».
Kofirlar bilan musulmon orasida nikoh yurmasligi uchun bu oyat nozil bo‘ldi: — «La
xunna hillun lahum va lahum yahilluna lahunna».
Ma’nosi: «Mo‘min xotinlar kofirlarga halol bo‘lmagaylar. Mo‘min xotinlarni kofirlarga
nikoh qilmanglar va mo‘min kishilar kofir xotinlarga halol emasdurlar», demakdur.
Mana bu oyatlar nozil bo‘lgandan so‘ngra hijrat qilib kelgan xotinlarni hech narsa
qaytara olmas bo‘ldi. Va musulmonlar nikohida bo‘lgan kofir xotinlar, kofirlar qo‘lida
qolgan musulmon xotinlar erlaridan ajrashdilar. Shu bilan bu xotinni so‘rab kelgan og‘a-
inilari ham Makkaga qaytib ketishdi. Bu voqea Qurayshga eshitilgach, nochor bo‘lib
sukut qildilar.
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bu safardan qaytib Makka va Madina oralig‘ida Kuro’
(ul-g‘anam) degan joyga kelganlarida Fath surasi nozil bo‘lgan edi. Bu sura tushishi
bilan hammadan ilgari Jabroil alayhissalom kelib, Payg‘ambarimizni tabrikladi. So‘ngra
barcha sahobalar tabrikladilar. Suyungudek bir yaxshi ish bo‘lganida musulmonlar bir-
birlarini tabriklash rasmi shundan qolmishdur.
Anda sahobalardan birovlari aytdi:
— Bu safarimizda hech qandoq fath bo‘lmadi. Chunki Makka shahriga kira olmadik.
Baytullohni ziyorat, tavof qilishdin bizni to‘sib qo‘ydilar. Qochib kelgan mo‘minlar
kofirlarga qaytarildi. Ish bundoq bo‘lgach, qandoq fath bo‘lur edi?
Bu so‘z Rasulullohga yetdi ersa aytdilar:
— Bu safarda qilgan sulhimiz ulug‘ fathdir. Chunki kofirlar sizlarni urush-talashsiz
Makkadin chiqarishga rozi bo‘ldilar. Biz bilan sulh qilishni ular talab qildilar, ellik-oltmish
kishilari qo‘limizga asir tushib, bizning obro‘yimiz oshdi. Ularning ruhlari tushib,
ko‘ngillari cho‘kdi, biz esa eson-omon, salomat o‘z yurtimizga qaytdik. Bu sulhdan ilgari
bizdan ular qattiq nafrat qilishib, oramiz yiroqlashgan edi. Islomning qandoq ekanligini
bilmas, aning yaxshiligini tushunmas edilar. Endi ersa bu kelishuv sababidan oramiz
aloqalik bo‘lg‘ay. Muni bilingkim, butun dunyoning davlati va aning noz-ne’matlari
urushda to‘kilgan bir kishi qoniga arzimas. Na choradurkim, bilmagan-tushunmaganlar
hisobiga dunyoda ko‘plab qonlar to‘kilur.
Hammadan ortig‘i shuldurkim, bu safardan Xudo oldida ajrlik, savoblik bo‘lib yondinglar.
O‘tgan Uhud kunining voqeasi yodinglardan chiqdimi? U kunda qandoq og‘ir voqealar
o‘tdi. Kishi-kishiga qayrilisha olmay qoldi, u kuni eng ortinglarda turib sizlarga qichqirur
edim. Ikkinchi, Ahzob kunini ham eslanglar. U kunda ersa, bizning ustimizdan qandoq
og‘irchiliklar o‘tdi. Hijoz o‘lkasidagi butun arab qabilalari bir yoydan otilgan o‘qdek bizga
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |