Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
eshitishlari bilan barobar, ular kelmasdin ilgari dushman ortidan chiqishga buyruq 
berdilar. «Kechagi Uhud urushiga chiqqanlardin boshqa hech bir kishi chiqmasun», 
dedilar. Ularning soni yetti yuzga yaqin edi. Shahid bo‘lgan yetmish necha kishidan 
boshqalari qolmay chiqdilar. Lekin ichlarida yaradorlari ko‘p edi. Besh-o‘n yerdan 
yarador bo‘lgan kishilar eran qilmadilar. Hazrati Talha ibn Ubaydulloh yetmish necha 
yeridan yaralik bo‘lsalar ham, yana bu askardin ajrab qolishga rozi bo‘lmadi. Shuning 
bilan Rasululloh Ibn Ummu Maktum muazzinni Madinaga voliy tayinlab, yo‘lga chiqdilar. 
Uhud urushida ko‘tarilgan g‘azot tug‘i Hazrati Aliga topshirilgan edi. Bu urushga 
chiqmaganlardin ko‘p kishilar bu safar birga chiqmoqqa tilagan bo‘lsalar ham, Rasululloh 
alarga ruxsat qilmadilar. YOlg‘izgina Uhudda mergan boshlig‘i bo‘lib, shu yerdan jilmay 
turib, shahid bo‘lgan Abdullohning o‘g‘li Jobirga ruxsat berdilar. Undan boshqa hech bir 
kimarsaga ruxsat bo‘lmadi. Buning sababi shul erdikim, Jobir aytdi: «Uhud g‘azotiga siz 
bilan chiqmoqchi edim, chiqolmay qolganim shu uchun bo‘ldikim, otamdin tug‘ilgan 
to‘qqiz qiz ichida men yolg‘iz o‘g‘il edim. Uhud g‘azotiga chiqar chog‘da otam aytdi: «Bu 
qizlar ustida qarab turgudek biror kishi bo‘lmasa, qandog‘ bo‘lg‘ay, umidim shuldirki, bu 
g‘azotda men shahodat topgayman, bularga qora bo‘lib sening turishing albatta 
kerakdur», dedi. Mana, otamning shu so‘zini qiyolmasdan nochorlikda sizdan ajrab 
qolgan edim. Endi bu safardin qolmasman, ruxsat qiling, yo Rasululloh», deb qattiq talab 
qilganidan keyin unga izn berdilar. Bu safarda Rasulullohdin boshqa otga mingan kishi 
yo‘q edi. Qolgan barcha sahobalar piyoda edilar. Shu chiqqanlaricha, yurib-o‘tirib askar 
Hamro ul Asad degan joyga yetdilar. Bu yer esa, Madinadan sakkiz mil yiroqda edi. 
Mana shu yerga yetganlarida Alloh taolo tarafidan bu oyat nozil bo‘ldi: 
«Allaziynastajobu lillahi var-rasuli mim ba’di ma asobahumulqarhu, lillaziyna ahsanu 
minhum vattaqov ajrun a’zim», ya’ni: «O‘tgan Uhud urushida shuncha ko‘p 
jarohatlangan bo‘lsalar ham, yana Alloh amriga va aning payg‘ambariga itoat qilib, 
yaxshilik qilguvchilarga, taqvo yo‘lini tutguvchilarga Xudo tarafidan ulug‘ savob 
bo‘lg‘uvsidir, Alloh taolo ularg‘a jannat ato qilg‘uvsidur» demakdur. 
Payg‘ambarimizning Madinadan chiqib, askar bilan shu joyga yetib kelganliklari alarga 
ma’lum bo‘ldi. Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayyaning ikkinchi urush ochmoqqa 
ra’yi yo‘q edi. Bu so‘zni anglagach, ul aytdi: 
— Ey Quraysh xalqi, bu urushda ersa o‘razimiz (baxtimiz) ochilib, bizlar g‘alaba 
qozondik. Urush obro‘yini oldik, endi qaytib borib, yana urush qilar bo‘lsak, qonlari 
qaynagan, o‘ch olmoqqa xumor bo‘lib, g‘azablangan, tajribalik dushmanlar bilan 
to‘nqashurmiz. Uhud urushida qatnashmagan kishilar ham yordamga chiqqaylar. Ana ul 
chog‘da urush bizning ziyonimizga chiqmagay, albatta, bizning foydamizga bo‘lgay, deb 
kim ayta olur. Endigi maslahat shulki, obro‘yimiz qo‘lda turgan chog‘da qaytganimiz 
yaxshiroqdur, — dedi.  
Buning ustiga Ma’badal Xuzoyi degan kishi Xuzoa qabilasining raislaridan edi, o‘zi iymon 
keltirmagan bo‘lsa ham, Rasulullohga xayrixohligi bor edi. Uhuddagi musulmonlarga 
bo‘lgan musibatni onglashib, kofir-musulmon, demay, butun qabila xalqi qattiq 
qayg‘urishgan edilar. Islom askari Hamroul Asadga tushganida, ul kishi kelib, 
Rasulullohga ko‘ngil aytib, shundoq dedikim: 
— Ey Muhammad, sizlarga bo‘lgan bu musibatga Xudo haqqi, bek og‘rindik, o‘z 
ustimizga tushgandek ko‘rib, bu ishga qattiq qayg‘urdik. Sendin boshqaga bu musibatlar 
bo‘lishini tiladik. Sening martabangni Alloh egiz qilishini suyub turdik. Lekin na 
choradurki, biz tilagandek bo‘lmadi, — dedi. 
Bu aytgan so‘zi Rasullulohga xush kelib, undin rozi bo‘ldilar. So‘ngra bu kishi u joydin 
jo‘nab, Ravho degan joyga kelganida Quraysh qo‘shiniga yo‘liqdi. Safvon ibn Umayya 
so‘ziga qaramasdin, Madina sari bormoqqa qasd qilishgan edilar. Shu orada Abu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish