Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
qo‘shiniga qo‘shilib birga kelgan edi. Bu qilgan yomonligi o‘z boshiga yetib, bu yo‘li yana 
qo‘lga tushib qoldi. Rasululloh buni ko‘rgach, ani o‘limga buyurdilar. Ul aytdi: 
— Ey Muhammad, mening gunohimni kechgil, yosh qiz bolalarim uchun o‘limdan meni 
qoldirgil, ikkinchi bundoq qilmaslikka ahd berayin, — dedi. Anda Rasululloh aytdilar: 
«La yo‘ldag‘ul mu’minu min juhrin marratayni». Ya’ni: «Mo‘min kishi bir teshikdan ikki 
qayta o‘zini chaqtirmag‘ay, sen bizni bir yo‘li aldading, endi yana bizni aldayolmagaysan, 
— dedilar. 
Mana bu so‘zdin Rasulullohning butun ummatlari ibrat olgaylar. Bir ziyon ko‘rgan ishdan 
ikkinchi saqlanmagan kishi oqillar qatorida bo‘lmag‘ay. Ayniqsa, siyosat egalari, askar 
boshliqlari mundoq ishlarda bek soqlik qilgaylar. 
Shuning bilan yo‘l yurib, Rasululloh Madinaga salomat keldilar. Uhuddan qaytib, bu 
g‘azotga chiqqanlariga besh kun bo‘lgan edi. Shu kelgan kunlari Quraysh kofirlarining 
josuslaridan Muoviya ibn Mug‘ira degan kishi qo‘lga tushdi. Voqeasi shundoq edikim, 
Uhud urushi tugab, Quraysh qo‘shini Makkaga qaytgandin so‘ngra bu kishi o‘z erkicha 
ulardan ajrab qolib, yashirin ravishda Madina ichiga kirdi. To‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga 
kelib eshik qoqdi. Aning ayoli Payg‘ambarimiz qizlari Ummu Gulsum erdi.  
«Bu kimdir?» deb so‘ragach, Muoviya: «Usmonning yaqin qarindoshi erurman, andin bir 
tuya olgan edim, shuning aqchasini bermak uchun keldim, chaqirib bergil», dedi. Shu 
orada xiyol o‘tmay, Hazrati Usmon kelib qolib, ko‘rdikim, dushman kishisi o‘tiribdi. Urush 
o‘tganiga bir kun bo‘lmagan, ikki orada qancha qon to‘kilgan, shundoq kuyuk ustida 
buning kelganini ko‘rib, Hazrati Usmon qattiq cho‘chidi. Chunki bu kishi uning yaqin 
qarindoshi edi, arab odaticha qarindoshini dushmandan saqlayolmaslik eng og‘ir ayb 
ishlardin sanalur edi. Shuning uchun hazrat Usmon ani ko‘rganida: 
— Meni ham halok qilding, yana o‘zingni ham halok qilding, — dedi.  
Anda ul: 
— Bu yerda sendin o‘zga yaqinroq mening qarindoshim yo‘qdur, sendin panoh tilab 
keldim, endi meni o‘z omoningga olgaysan, — dedi.  
So‘ngra Hazrati Usmon uyining bir chetiga kirgizib qo‘yib, Rasulullohdin bu kishiga omon 
olgani ketdi. Shu orada Rasululloh eshitdilarkim, Muoviya ibn Mug‘ira josuslik bilan 
Madinada yuribdur. Ani tezlikda topmoqqa buyurdilar. So‘roqlagan kishilari izini topib, 
to‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga kirdilar. U qo‘rqqanidan uyda yashiringan edi. Uni uyda 
ko‘rmagach, Ummu Gulsum uning yotgan joyini ko‘rsatib, imlab qo‘ydi. Shu yerdan tutib 
uni Rasululloh huzurlariga keltirdilar. Darhol o‘limga hukm qildilar. Buni ko‘rib Hazrati 
Usmon: 
— YO Rasulalloh, sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Alloh oti bilan qasam 
qilurmankim, shu hozirda, bu kishi uchun omon so‘rab kelgan edim. YO Rasululloh 
buning qonini menga bag‘ishlang, — dedi.  
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Senga buni bag‘ishladim, ammo sharti shuldurkim, bu kishi uch kundan ortiq 
Madinada turmasun. Agar shu shart buzulur ersa, Xudo haqi, omon yo‘qdur,— dedilar. 
Bundin so‘ngra Quraysh qo‘shinining oldini to‘sib, Hamroul Asad safariga chiqdilar. 
Qarasalar, bu safardin qaytib kelgunlaricha bo‘lgan voqeani Qurayshga yetkazmoq 
uchun, qilgan shartining buzilishiga qaramay, so‘z tinglab Madinada yurgan ekan. 
To‘rtinchi kuni Rasulullohning kelayotgan xabarini onglab, darrov qochib, yo‘lga chiqdi. 
Bu ishni Rasululloh onglagach, uning ortidan tutib kelmoq uchun ikki kishini buyurdilar. 
Biri Ammor ibn YOsir, ikkinchisi Zayd ibn Horisa edi. «Albatta, uni shundoq joyda 
bundoq ish ustida topgaysizlar», dedilar. Rasululloh qanday joyni aytgan bo‘lsalar, naq 
o‘shal joyda tutilib, o‘ldirildi. Bu safarda musulmonlardin ikki kishi shahid bergan 
bo‘lsalar ham, kofirlardin bu kishi o‘ldirilib, qasoslari qaytdi. Mana shu yilda Hazrati 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish