www.ziyouz.com kutubxonasi
145
hammalari tashqariga chiqishib, Rasulullohni ko‘rmagach, hayronlikda qoldilar. Shu
orada Madina tomonidan kelayotgan bir odam Rasulullohning Madinaga ketayotganlarini
yo‘lda ko‘rdim, deb xabar berdi. Buni onglashib, sahobalar chopganlaricha Rasulullohga
yetdilar. So‘ngra aytdilarkim:
— Siz bir ishga shoshilgandek bo‘lib u joydin chiqib, qaytib kirmadingiz. Bizlar xabarsiz
qolib, sizdan ko‘p tashvishlandik, buning sababi nima ekanini bilmadik? — dedilar.
Anda Rasululloh:
— Yahudlar meni o‘ldirish uchun qasd qilmish edilar. Bu haqda Jabroil alayhissalom
vahiy keltirib, menga bildirdilar, shu uchun alardin saqlanib qaytib kirmadim, — dedilar.
Shunday qilib, yahudlarning qilgan xiyonatlari ma’lum bo‘ldi. O‘rtada tuzilgan ilgarigi
ahdnoma shartlarini o‘zlari buzdilar. Rasulullohga qilgan xiyonatlarini yuzaga chiqardilar.
Bu xiyonatlari hammaga ma’lum bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Muhammad ibn Salamani ularga yuborib, bir necha kun ichida xoinlar arab tuprog‘idan
chiqib ketsunlar, deb amr qildilar. Bu farmon borgandin keyin boshlariga qiyomat kelib
ichlariga g‘ulg‘ula tushdi. Bu ishga sabab bo‘luvchilarni yomonlab, alarga ta’na
aytishdilar. Islom ahliga qazigan chuqurlariga o‘zlari yiqildilar. YOpiq turgan ofat eshigini
o‘zlari ochganlikdan uni yopish uchun Rasulullohga uzr aytmoqqa tillari yo‘q edi. Mana
shunday bo‘lgach, nochor qolishib, joy-jo‘shlarini, bog‘-bo‘stonlarini tashlashib
ketmoqchi bo‘ldilar. Mana shu chog‘da bularning do‘stlari — Madina munofiqlaridan
yashirincha xabar keldikim: «Biz sizlar bilan birgadurmiz. Agar Muhammad bilan urushar
bo‘lsangiz, yordamga tayyordurmiz», deb yahudlarga va’da qildilar. Bularning so‘ziga
ishonishib, ko‘chishni kechiktirdilar.
Buni ko‘rib Rasululloh urush jamalg‘usini qilishga buyurdilar va yetarlik askar yig‘ildi.
Tug‘ bayroqlar bog‘lanib, bosh tug‘ni Hazrati Aliga berdilar. Madina shahriga ibn Ummu
Maktumni voliy qilib, so‘ngra dushman ustiga yurish qildilar. Bu xabar yahudlarga
eshitilgach, qarshi chiqib urusholmay, qo‘rqqanlaridan qochib qo‘rg‘onlariga kirishdi.
Rasululloh olti kecha-kunduz qo‘rg‘onni qamal qildilar. Shungachalik yordamga va’da
bergan Madina munofiqlaridan xabar bo‘lmagach, alardin umidlari uzilib, boshqa yo‘l
topisha olmaganlaridan keyin, Rasulullohga elchi yuborib:
— Urush qurollarimizni butunlay topshiraylik, har bir oilaga o‘zimiz xohlaganimizcha bir
tuya yuk mol olaylik, jonimizga omonlik berilsin, shu bilan arab tuprog‘idan chiqib
ketaylik, — dedilar.
Rasululloh bunga rozilik bildirdilar. So‘z shunga to‘xtalgandin so‘ngra, yahudlardin bir
qanchalari Xaybarga ko‘chishib, qolganlari esa Shom tuprog‘idagi Azru’ot degan joyga
ketishdi. Bulardin qolgan butun mol-dunyolari xazinaga olindi. Rasululloh bu g‘animat
mollardin faqir miskinlarga, yetim bolalarga, tul xotunlarga nasiba chiqarib, alarga
ulashib berdilar. O‘rtada qon to‘kilib, urush bo‘lmaganlikdan askarlarga bu moldin
berilmadi. Chunki bu voqeada o‘lja tushgan mollarni ba’zi sahobalar Islomdin ilgarigi
arablar odatlaricha bo‘lishib olmoqni istadilar.
Mana shu chog‘da tushgan Hashr surasidagi oyatlarning hukmiga qarab, Rasululloh bu
mollarni xazinaga olib, shariat buyurgan o‘rniga berdilar. Shu kundan boshlab, urushda
olingan o‘lja mollarini bo‘lish usuli arab odatlaricha bo‘lmay, balki Qur’on hukmiga
bog‘landi. Shunday bo‘lib, bu safarda urush-talash bo‘lmasdin, bularning sharridan
musulmonlarni Xudo qutqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |