www.ziyouz.com kutubxonasi
127
qutilur edi»— dedilar.
So‘ngra bu xotun egiz bir tosh ustiga chiqib turib, borliq tovushi bilan qichqirib, she’r
o‘qidi. O‘qigan she’rida Badr urushida amir Hamza tarafidan o‘ldirilgan otasi Utba, aka-
ukalari Shayba, Valid va bosh-qa o‘ldirilganlarni yod qildi. Alarning qasoslari uchun
tengdoshlaridan boshga-bosh, jonga-jon olganlarini bildirdi. Amir Hamzaning jigarini
chaynab ahdiga vafo qilganlarini aytib maqtandi. «Muhammaddin o‘chimni oldim,
dushmanlarimning qonlariga qondim. Endi armonim qolmadi» deb qattiq baqirib, so‘ngra
tosh ustidan tushdi. Bundin keyin bu xotunning eri Abu Sufyon tosh ustiga chiqdi. Borliq
tovushi bilan un solib aytdikim:
«Insonlar aro urush albatta navbatlikdur, kechmushda qayg‘urgan bo‘lsak ham, bugungi
kun biz uchun suyunchlikdur. Badr urushi sizlarining foydanglar uchun bo‘lmish edi.
Uxud urushi bizning qasosimizni qaytardi. Badr urushida biz yutqazgan bo‘lsak ham,
Uhud urushida bizning yutug‘imiz ulug‘dur». Abu Sufyon bu so‘zlarni maqtanchiqlik bilan
aytgandin keyin «I’la Hubal, i’la Hubal» deb qattiq qichqirdi. Ya’ni, «Ey Hubal, bundin
ham martabangni yuqori ko‘tar», deb maqtandi.
O‘shal zamondagi arablarning Ka’ba toshlariga osib qo‘ygan uch yuz oltmish butlari bor
edi. Quraysh qabilasi ushbu Hubal otliq o‘z butlarini barcha butlar ulug‘i deb ishonur edi.
Anda Rasululloh Abu Sufyon so‘zini eshitib:
— Ey Umar, buning so‘ziga javob aytgil, — dedilar.
«Allohu a’lo va ajallu la savoa qatlana fil jannati va qatlakum fin nar», ya’ni «Alloh
ulug‘dur, o‘rtamizda tenglik yo‘qdur. Bu urushda bizdin o‘lganlar jannatga kirgaylar,
ammo sizlardin o‘lganlar ersa, tamuqqa (do‘zaxga) tushgaylar». Hazrati Umar Abu
Sufyonga shul javobni qaytardi. Anda Abu Sufyon ani onglab:
— Bizning Uzzo nomlik butimiz bor, sizlarda yo‘qdur» — dedi.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Alloh mavlana, vala mavlalakum, ya’ni, «Allohdek ulug‘ egamiz bordur, sizlarning
undoq ulug‘ eganglar yo‘qdur — dedilar.
Har ikki tomondin bu so‘zlar o‘tgandin so‘ngra, Abu Sufyon hazrati Umarni atab chaqirdi.
Rasululloh: «Ey Umar, aning oldiga borgil, holiga boqib javob aytgil» deb u bilan
so‘zlashmakka ruxsat qildilar. Hazrati Umar uning qoshiga keldi esa:
— Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur,
uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.
Hazrati Umar:
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar
— dedi.
Anda Abu Sufyon:
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur
— dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn
Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan
edi. Bu so‘zning bayoni yuqorida o‘tmishdur.
Ikkinchi bir rivoyatda Abu Sufyon musulmonlarga qarab: «Muhammad tirik bormu?» deb
uch marotaba baqirdi. Rasululloh: «Indamanglar» dedilar. Bu tomondin hech qandoq
javob qaytarilmagach: «Qahofa o‘g‘li Abu Bakr tirik bormu, Hattob o‘g‘li Umar bormu?»
deb har birlarini uch qaytadan chaqirdi. Bunga ham musulmonlar javob qaytarmasdin
sukut qildilar. So‘ngra Abu Sufyon o‘z askariga qarab: «Sizlarga bashorat bo‘lgaykim, bu
chaqirilmish kishilaring o‘ldirilmishdir, bular ichida javob qaytargudek kishilar
qolmabdur», dedi. Hazrati Umar bu so‘zni anglab chidab turolmay: «Ey Xudo dushmani,
sen aytgan odamlarning barilari tirikdurlar, sening qo‘rqqan kunlaring bu yaqinlarda
yana oldingga kelgusidur», dedi. So‘ngra Abu Sufyon qichqirib nido qildikim: «Bu so‘qish
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |