www.ziyouz.com kutubxonasi
129
yaxshilik qildi» deb duo qildilar.
Buning keyinida ikki qizi qolib, merosiga ega bo‘lgan edi, hazrati Abu Bakr Siddiq
xalifalik vaqtida bir kuni shu ikki qizning birisi xalifa oldiga keldi. Darhol hazrati Abu Bakr
yelkasidan ridosini olib qiz ostiga soldi. Shu chog‘da eshikdan Hazrati Umar kirib: «Bu
kimning qizi?» deb so‘radi. Anda hazrat Abu Bakr «Mendin-sendin yaxshiroq kishining
qizidur», dedilar. Buni onglab Hazrati Umar: «Ey Rasulullohning xalifasi, u qandoq kishi
bo‘lgay» dedi. Hazrat Abu Bakr aytdi: «Rojulun tabavva’a maq’adahu minal jannati va
baqiytu ana va anta hazihi bintu Sa’d ibn Rabi’», ya’ni, «Ul shundoq odamdurki,
jannatda tayyorlangan joydan o‘rin oldi. Sen bilan biz bu joyda qoldik, endi bu qiz ersa,
shu maqomni topgan Sa’d ibn Rabi’ qizidur».
Rasululloh amakilari amir Hamzani o‘zlari izlab: «buni ko‘rgan kishi bormu?» deb
so‘raganlarida, bir kishi turib: «YO Rasululloh, anavi ko‘ringan qo‘ram toshlar oldida
«ana asadulloh, ana asadurasulilloh», ya’ni «Men Allohning asrlonidurman,
payg‘ambarining yo‘lbarsidurman», deb na’ra tortib, qilich chopib yurganini ko‘rgan
edim», dedi. Rasululloh ul joyga kelib ko‘rdilarkim, shu joyda yiqilib, shahid bo‘lmishdur.
Ko‘zlari o‘yilgan, quloq-burunlari kesilgan, qorinlari yorilib, ichak-chavaqlari chuvalgan,
qisqasi bu muborak tanga ko‘z qarab, chidab turolmaslik darajada dushmanlar tarafidan
vahshiyliklar qilingan edi. Rasululloh bu holni ko‘rib, qattiq xafalanib qayg‘urdilar.
Muborak yuz-ko‘zlari yoshga to‘ldi. So‘ngra aytdilar:
— Ey amakim, Alloh seni rahmat qilsin, yaxshi ishlarga yovuq (yaqin), yomon ishlardan
yiroq eding. Sening mehribonligingdan qarindoshlaring qoniq edilar. Ey Allohning arsloni,
bizning qarshimizga kelgan g‘amu qayg‘ularin qaytarur eding, — deb muborak
ko‘zlaridan yosh to‘kdilar.
Hazrati Ibn Ma’sud aytdi: Rasululloh hazrati Hamzaga qattiq yig‘ladilar, undan boshqa
hech kimga bundoq yig‘lamagan edilar».
Rasululloh aytdilar:
— Birodarim Jabroil menga dedikim: — «Etti qat osmon farishtalari hazrati Hamzani
«Asadulloh» deb ataydilar». Butun osmonlarda shu nom ila tanilmishdur.
So‘ngra Rasululloh hazrati Zubayrga buyurdilarkim: — Hazrati Hamzaning qiz qarindoshi
Safiyani yo‘ldin qaytargaysan, chunki inisining bundoq og‘ir o‘ldirilganligini ko‘rib
qolmasun.
Safiya Rasulullohning ammalari bo‘lib, hazrati Zubayr Safiyaning o‘g‘lidur. Xotinlarning
bir tuqqan qarindoshlariga mehribonligi boshqalardan ortiqroq bo‘lur. Shuning uchun bu
holda ko‘rsa, aning g‘amginligi aqliga g‘alaba qilmasin, deb unga ko‘zi tushmasligini
maslahat ko‘rdilar. Hazrati Zubayr Rasulullohning amrlari bilan onasi Safiyani qaytarmoq
uchun yo‘lini to‘sdi.
Anda Safiya:
— Ey o‘g‘lim, mening yo‘limni to‘smagil, qarindoshim Hamzaga dushmanlarning qilgan
ishlarini onglagandurman. Xudo yo‘lida, payg‘ambar oldida ko‘rilgan har qandoq og‘ir
musibatlarga rozidurman, inshaalloh! Bu ishga sabr qilib, Allohdin ajr kutarmen, — dedi.
Bu so‘zni Rasulullohga yetkazgandin keyin, Safiyaga ruxsat qildilar.
Uhud shahidlarining qonlik liboslari kafanlari bo‘ldi. Rasululloh amrlari bilan Uhud tog‘ida
barchalari dafn qilindilar. Lekin, ikki odam, uch odam bir qabrga qo‘yilgan edi. Chunki
o‘limdan qolgan musulmonlarning ko‘pchiligi yarador va qattiq charchashgan edilar. Har
shahid uchun ayrim qabr qazimoq ul kunlarda oson emas edi. Shahidlar sayidi hazrati
Hamza o‘z jiyanlari Abdulloh ibn Jahsh bilan ikkovlari bir qabrga qo‘yildilar.
Rivoyatda kelibdurkim, ushbu Uhud urushida Abdulloh ibn Jahshning chopib turgan
qilichlari o‘rtadan sinib, ikkiga bo‘linib ketdi, yugurganicha Rasululloh oldilariga kelgan
edi: «Ol buni», deb qo‘liga bir qurigan xurmo shoxini berdilar. Buni qo‘liga olishi bilan
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |