www.ziyouz.com kutubxonasi
87
xarom, degan oylar bo‘lur. Qur’oni karimda necha o‘rinda keltirilmishdur. Harom tuprog‘i
ersa, Alloh izni bilan, bu qutlug‘ uy yasalgandin buyon buning hurmati o‘z tarafidan
saqlanib keldi. YOlg‘iz insonlar emas, hayvonlar tomonidan ham bu uyga adabsizlik
ko‘rsatuvchilarga samoviy jazolar berildi. Hadis, tarix kitoblari bu so‘zlar bilan
to‘lgandur. Buning haqligi Fil surasidagi voqeadan ham ma’lum, u har bir musulmonga
ochiq dalildur. Bu to‘g‘rida kerakli so‘zlarni keng yo‘sinda tarixiy bayonlari bilan o‘z o‘rni
kelganda, yana ham ochiqroq qilib ayturmiz, inshaalloh! Mana endi, yuqorida Abdulloh
ibn Jahshning: «Karvonlar Haramga kirsa, bizdan qutulur, agar shu kecha alarga hujum
qilsak, rajab oyining hurmatini buzgan bo‘lib, arablar oldida ta’naga qolurmiz» degan
so‘zlarining sababi shu edi.
Shundoq qilib, sahobalar bu karvonga hujum qilish yoki qilmasga ikki yoqlama bo‘lib
turishib, oxiri hujum qildilar. Shu kuni rajab oyining tuganchisi edi. Sahobalardin Vahb
ibn Abdulloh dushmanlardin Amr ibn Hazramiyni qoraga olib, o‘q otdi. Jon yeriga tekkan
ekan, shu orada jon berdi. Usmon ibn Abdulloh, Hakam ibn Kayson — bu ikki kishini asir
oldilar. Buni ko‘rib, dushman to‘pi buzildi. Boshqalari Navfal ibn Abdulloh karvonni
tashlab qochdi. Endi, dushman tomonidan ortiqcha qarshilik ko‘rilmagach, Abdulloh ibn
Jahsh va uning yo‘ldoshlari butun karvonga ega bo‘ldilar. Qo‘lga tushgan o‘lja mollarini
yuklashib, yuqorigi ikki asir birlikda, salomat Madinaga keldilar. Islom dini chiqqandin
beri musulmonlarning dushmanlardan dastlabki tushirgan o‘lja mollari shu edi. Bu
kishilar Madinaga kelganlaridan keyin, bular ustidan so‘z tarqaldi. Butun arablar ichida
«ashhurul xurum» atalgan to‘rt oy ichida urushib, qon to‘kmaklik harom bo‘lganligidan,
rajab oyining oxirgi kuni bu voqea bo‘lganligi ma’lum bo‘lib, butun xalq tomonidan qattiq
ta’naga qoldilar. Ayniqsa, madinalik yahudlar, ularning yashirin do‘stlari— munofiqlar bu
ish ustida ko‘p shovqin ko‘tardilar. Alam o‘tgan Quraysh mushriklari bo‘lsa, butun
arablarga jar chaqirib, faryod qilgani turdilar. Buning ustiga, Rasululloh tarafidan: «Men
bularni urushga amr qilmagan edim», degan so‘z eshitildi. Bu so‘z chiqqandin keyin
boshqa sahobalar tomonidan ham alar haqida qattiq-quruq so‘zlar aytilgani turdi. Bu
kelgan o‘lja mollardin Rasululloh o‘zlariga biror narsa ayirmadilar. Yoki boshqalarga
taqsim ham qilib bermadilar. Rasulullohning bundoq muomala qilganlarini ko‘rishib, bu
ishni qilgan, undan ajr-savob kutishib turgan Abdulloh ibn Jahsh, uning yo‘ldoshlari
sakkiz sahobaning boshlariga g‘am tog‘i ag‘darildi. Bu qilgan ishlariga qattiq o‘kinib, ko‘p
pushaymon bo‘ldilar. Hijolatdin bosh ko‘tarolmay, ma’yusliklari nihoyatiga yetdi. Mana
shu chog‘da mehribon Allohning marhamati bilan oyat nozil bo‘lib, ular xijolatdin
chiqdilar:
Yas aizvnaka anishshahril haromi qitalin fiyh. Qul qitamun fiyhi kabir. Va soddun an
sabilillaahi va kufrun bihi val masjidil haromi va ixroju ahlihi minhu akbaru indalloh. Val
fitnatu akbaru minal qatl.
Alloh taolo Payg‘ambarimizga aytadi: «Yuqorigi hurmatlik to‘rt oy ichida urushmoq, qon
to‘kmoq, hukmini kishilar sendin so‘raydilar. Sen alarga aytgil, bu oylarda urushmoq
ulug‘ gunohdur, ammo Alloh yo‘lidan qaytarmoq, Allohga inkor qilmoq, Masjidul
Haromga kirishdan mo‘minlarni to‘smoq, shu yerlik kishilarni o‘z vatanlaridan bezdirib,
qochishga majbur qilmoq, mana shu ishlar Alloh oldida undan ham ulug‘roq gunohdur.
Haq dinga kirgan mo‘minlarni turlik fitnalar bilan dindan chiqarmoq — kishi o‘ldirgandin
ham yomonroq gunohdur. Ya’ni, sizlarning Rajab oyida urush qilib, ulardin bir kishi
o‘ldirganinglarni ulug‘ gunoh ko‘rurlar. Haqiqatda esa o‘zlarining yuqorida qilgan ishlari
Xudo oldida eng ulug‘ gunoh hisoblanadur. Shunday bo‘lgach, ularning sizlarga ta’na
qilishga hech yo‘llari yo‘qdur», — degan mazmundagi oyat nozil bo‘lgandin keyin, ul
sakkiz sahobaning boshlaridin hijolat ko‘tarilib, ko‘ngillaridagi g‘am-qayg‘ulari tarqaldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bulardin rozi bo‘lib, keltirgan g‘animat
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |