FARVA IBN AMRUL-JUZOMIY ELCHISI
Bu kishi ersa Rum podshosi Qaysar tarafidan Shom o‘lkasidagi arablar ustiga qo‘yilgan
ulug‘ amirlarning birisi edi.
Rasulullohni ko‘rmasdan turib iymon keltirib, buni bildirish uchun elchi yubormish edi.
Bir ot, bir xachir, bir eshak, yana oltin ziynatlik liboslar qo‘shib Rasulullohga hadya
yubordi. Bu xabarni Rum podshosi Qaysar eshitishi bilan g‘azabi kelib uni keltirib
zindonga solishlarini buyurdi. Ani tutib Qaysarga olib keldilar. Qaysar:
— Agar Muhammad dinidan qaytur ersang, yana o‘z yurtingga podsho qilurman, — deb
aytdi.
Anda ul:
— O‘zing bilursan, Iso payg‘ambar Injilda bashorat bergan oxirzamon payg‘ambari shul
kishi erur. Bu ishda hech shubha yo‘qdur. Baqosiz dunYo davlatiga aldanib, Rasululloh
nomalarini qabul qilmading. Men ersam oxirat ishini ortiq ko‘rdim. To‘rt kunlik dunYo
davlatiga qiziqib dinimdan ajramasman, — dedi.
Shu bilan Qaysar uni zindonga solishga buyurdi. Bir qancha vaqt zindonda yotgandan
so‘ngra qarasalar, yana dinidan hech qaytgudek holi yo‘qdur. Boshqalarga ibrat bo‘lgan
deb oxiri uni dorga osib, shahid qildilar, raziyallohu anhu.
BANI HORIS QABILASINING ELCHILARI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Validni Hars qabilasiga yubordilar va
alarga avval ularni dinga da’vat etib, qabul qilmasalar jihod qilmoqliklarini buyurdilar.
Bular ersa Najrondagi nasoro arablariga yaqin yerda turishar edi. Hazrati Xolid bu joyga
keldi ersa, qabila ichiga jarchilar tarqatdi. Ular turib:
— Ey odamlar, Islom diniga kiringlarkim, mol-jonlaring salomat qolib, oxiratinglar obod
bo‘lgay,— deb qichqirdilar.
Alar ham qabul qilishib, to‘p-to‘pi bilan Islom diniga kirgali turishdi. Hazrati Xolid boshliq
butun askarlar qabila ichiga taralib, alarga Qur’on o‘qitib, Islom dinining asoslarini
o‘rgatdilar. Bu voqeani bayon qilib Hazrati Xolid Rasulullohga xat yozdi ersa, shundoq
javob keldi: «Islomga kirgan qabilalardan vakillar olib, o‘zi ham tezlikda qaytgay».
Buyruq kelishi bilan qabila elchilarini olib, hammalari Madinaga keldilar.
Bular ichida qabila kattalaridan Qays ibn Husayn, Yazid ibn Abdulmudon, Yazid ibn
Mujmul va boshqa bir necha mashhur raislaridan bor edi. Bular bilan ko‘rishgandan
so‘ngra o‘z ixtiyorlaricha dinga kirganlari uchun ularga rozilik bildirdilar. Ular ham
Allohga ko‘p hamdu sano aytishdi.
Bu qabila ersa Islomdan ilgari johiliyat zamonida qaysi qabila bilan urush qilsalar, u
qabilani yengar edilar. Bu ish arablar ichida mashhur edi. Rasululloh ulardan shuni
so‘rab:
— Qabila urushlarida doim sizlar yengar edinglar, buning sababi nimadur? — dedilar.
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |