Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113
yosh yigitlar, yana Badr g‘azotiga qatnasha olmay, o‘kinib qolgan kishilar aytdilarkim: 
— YO Rasululloh, bizlar shunday kun kelgaymu, deb kutmoqda edik. Bu kunni bizga 
Xudo yetkazdi. Bizni dushman qarshisiga chiqarur bo‘lsangiz, tilagimiz shuldur. Agar 
shahardin tashqari chiqmas ersak, bizdin qo‘rqib chiqmadilar, deb dushmanlarimizning 
ko‘ngli ko‘tarilgay. 
Buning ustiga hazrati Hamza aytdi: 
— YO Rasululloh, sizga Qur’on yuborgan Alloh haqqi, dushmanlar bilan shahar 
tashqarisida qilich chopishmaguncha, butkul taom yemagayman. 
Yana ansor sahobalardan Nu’mon ibn Molik: 
— YO Rasululloh, bizni jannatdin mahrum qilmagaysiz, Xudo haqqi, men Allohdin talab 
qilaman, ushbu kunda shahid bo‘lib, jannatga kirgayman, — dedi. 
Shuning bilan ko‘pchilik askarlar, bahodir yosh yigitlar ushbu tomonda bo‘lib, shahardin 
tashqari chiqmoqni talab qildilar. Alarning ko‘ngillariga qarab, Rasululloh ham qabul 
qildilar. Hijratning uchinchi yili, shavvol oyidan o‘n kun o‘tgandin keyin, juma kunida bu 
voqea boshlandi. Rasululloh bilan juma namozini o‘tadilar. O‘qigan xutbalarida urush 
to‘g‘risida va’z so‘zladilar: 
— Ey mo‘minlar, dushman qarshisida kim sabr qilsa, u zafar topgay, urush maydonida 
kim chidamlik ko‘rsatsa, ul g‘alaba qozongay. Dushmanni yengmoq uchun eng birinchi 
shart chinlik-chidamlik bilan dushmanga qarshi turmoqdur. Agar bulardin ayrilmas 
ekansiz, Alloh yordami siz bilan bo‘lur, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh qurollanish uchun uylariga kirdilar. Qo‘shqavat sovut kiyib, qilich 
osindilar. Boshlariga dubulg‘a kiyib, orqalariga qalqon tashladilar. Buni ko‘rib yoshi ulug‘ 
sahobalar shahardin tashqari chiqmoqqa qiziqishib turgan yosh sahobalarni malomat 
qilgani turdi: «Rasulullohni o‘z erki ixtiyorisiz shahardin tashqariga chiqib, dushmanni 
qarshilamoqqa siz majbur qildingiz, hali ham bo‘lsa, Rasulullohni qaytargaysiz. O‘z 
erkicha ish yurgazgay. Nima narsani bizga buyurur ersalar, bizlar shuni qilgaymiz» 
dedilar. Shu orada Rasululloh uylaridan chiqdilar. YOsh sahobalar: 
— YO Rasululloh, bizlar ixtiyorimizni tashladik, qaysi ishni buyursangiz, shuni qilishga 
tayyormiz, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Payg‘ambar bo‘lgan kishiga g‘azot niyati bilan taqqan qurol-yarog‘ni, ul ishni qilmay 
turib yechib qo‘ymoqlik loyiq bo‘lmagay. Endigi so‘z shuki, biz bilan dushmanimiz 
orasida, Alloh nima hukm qilgan bo‘lsa, ani ko‘rgaymiz, — dedilar. 
Shuning bilan so‘z kesilib, ish boshlandi. Rasululloh ra’ylarini to‘sgan kishilar o‘kindilar. 
Tug‘-bayroqlar bog‘landi. Muhojirlar tug‘ini Mus’ab ibn Umayrga topshirdilar. Ansorlardan 
Hazrajlar tug‘ini Hubob ibn Munzirga, Avslarning tug‘ini Usayd ibn Xuzayrga berdilar. 
Arablar odatlaricha, tug‘ ko‘targan kishi shu bayroqqa qarashlik qabilaga boshliq bo‘lib 
tanilur edi. Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz mingga yaqin askar bilan Madinadan 
chiqdilar. Shu chog‘da yana bir tomondan kelayotgan qalin askar qorasi ko‘rindi. Alarni 
ko‘rib Rasululloh: «Bular kimdur?» deb so‘radilar. Ular esa, Abdulloh ibn Ubayning 
tarafdorlari, yordam uchun chiqqan yahudiylar edi. Mushriklar uchun kofirlardan yordam 
so‘ramaymiz, deb Payg‘ambarimiz alarni qabul qilmadilar. Chunki alarning chin 
ko‘ngillari bilan yordam berishlariga ishona olmas edilar. Ko‘p joyda ulardin xiyonatlar 
ko‘rib, ishonishlari yo‘qolgan edi. 
So‘ngra askarni ko‘rik qilib, ko‘zdin o‘tkazdilar. Askar ichida yoshlari o‘n beshdan 
o‘zmagan birmuncha bolalar bor bo‘lib, ularni qaytardilar. Ular ichida Rofe’ ibn Xudayj, 
Samura ibn Jundub nomlik ikki bola bor edi. Rofe’ning onasi kelib: «YO Rasululloh, 
o‘g‘lim Rofe’ o‘q otishga usta, uning merganligi bordur. Dushmanga qarshi ish ko‘rsata 
bilur» degandin keyin unga ijozat qildilar. Buni onglab, Samura ibn Jundub otasi qoshiga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish